I bob. O'qituvchining darsga tayyorgarligi funktsiyalari va bosqichlari


II.BOB. Darsni tashkil etish kasbiy mahorati



Yüklə 57,46 Kb.
səhifə6/9
tarix18.05.2023
ölçüsü57,46 Kb.
#116498
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari fani darsliklari va ularga qo’

II.BOB. Darsni tashkil etish kasbiy mahorati.

    1. Dars va darsdan tashqari ishlarda o'quvcnilarni tarbiyalashda Milliy g`oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlarini Milliy g`oya, ma’naviyat asoslari va huquq o'qituvchisini faoliyati. Baholash mezonlari.

Davlat o’zining demokratik tamoyillariga asoslangan holda asta-sekin fuqarolik jamiyatiga o‘tishi jarayonida tub ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni boshidan kechiradi. Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari tamoyili, bir tomondan, kadrlar davlat siyosati, ikkinchidan, turmush tarzining ijtimoiy ongga ta'siri bilan bevosita bog‘liq. Fuqarolik jamiyati ta'kidlaganimizdek, huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli, insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, ko‘ppartiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi ta'minlanadigan hamda o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining mavqyei baland bo‘lgan ijtimoiy tuzumdir.
Yangi avlod kadrlariga doir davlat siyosati va uning amaliy ijrosi, eng avvalo, sohani tubdan isloh qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini aniq belgilab olishni taqozo etadi. Bu O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda uning asosida qabul qilingan «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» kabi me'yoriy-huquqiy hujjatlarda o‘zining huquqiy maqomiga ega bo‘ldi.
Bugungi kunda milliy g‘oyani o‘qitish borasida o‘tkazilayotgan islohotlarda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» alohida o‘rin tutadi va unga milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining tarkibiy qismi sifatida qaralmoqda. Zero, demokratik va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayoni ham shuni taqozo etadi. Birinchi Prezident I.A.Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asarida ta'lim tizimiga doir ko‘rsatmalar, ya'ni kadrlar tayyorlash bo‘yicha berilgan ijtimoiy buyurtma «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonun bilan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da rivojlantirilib, mantiqiy uzviy yaxlitlikning bir butun mushtarak mundarijasini ifoda etib, ta'lim sohasidagi davlat siyosatida ham u o‘z ifodasini topdi. Ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur qonun va dasturda fuqarolar, yoshlar, jumladan, bakalavr va magistrlarga ta'lim-tarbiya berish, ularni kasb-hunarga o‘rgatishning huquqiy asoslari, kadrlar tayyorlash milliy modelini ruyobga chiqarishning asosiy tamoyillari belgilab berildi. «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonunning 3-moddasida ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari mustahkamlandi: 1) ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; 2) ta'limning uzluksizligi va izchilligi; 3) davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; 4) ta'lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; 5) bilimli bo‘lishni va iste'dodni rag‘batlantirish; 6) ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish2.
Davlat ta'limi standartlari va ularning maqsad-vazifalari
Bozor munosabatlariga asoslangan erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri jamiyatni erkinlashtirish va modernizasiyalash jarayonida har bir shaxs ongida milliy, ma'naviy va mafkuraviy qadriyatlarni tarbiyalash davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifadir.
Mustaqillik tufayli milliy mafkuramizning ijtimoiy-iqtisodiy
Ta'lim mazmunini belgilashda «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», ta'limga aloqador davlat hujjatlari va eng muhimi, davlat ehtiyoji va xususiy ehtiyoj, ya'ni davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan qo‘yilgan maqsad metodologik asos, ma'lum buyurtma hisoblanadi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasiga, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning 3-qismi 3.2; 3.3; 3.3.1; 3.3.2; 3.3.3 -bandlariga ko’ra idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat'iy nazar ta'lim muassasalarining barcha turlari uchun majburiy bo‘lgan davlat ta'lim standartlari (DTS) belgilanadi.
Davlat ta'lim standartlari - kadrlar tayyorlash sifatiga, ta'lim mazmuniga qo‘yiladigan talablarni; ta'lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarlicha darajasini hamda ta'lim muassasalarini bitiruvchilarga qo‘yiladigan malakaviy talablarni; o‘quv yuklamasining earur hajmini; ta'lim muassasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini belgilaydi.
Xar bir o‘quv fani uchun o‘quv dasturi tuziladi. O‘quv dasturi o‘quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. O‘quv dasturi xar bir o‘quv fanining o‘qitish uchun ajratilgan bilim xajmi, tizimi va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishini aniklab beradigan davlat xujjatidir.
O‘quv dasturi quyidagi bir qator qoidalarga amal qilgan xolda to‘ziladi.
1.Dasturning qat'iyligi. O‘quv dasturlari jamiyatimiz taraqqiyotining har bir boskichida fan, texnika, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy munosabatlar soxasida erishilgan darajani aks ettirishi lozim. Bu, ular xar yili kurib chiqilishi kerak, degan gap emas, aksincha, hamma o‘quv fanlariga oid dasturlarning bir necha yillar mobaynida kat'iy bo‘lishiga erishmok darkor. Dasturning kat'iyligi kat'iy dasturlar ishlab chikish uchun katta ahamiyatga egaki, bu darsliklar uzok yashashi va o‘quv jarayonida o‘zok foydalanishi kerak.
Dasturga borlikni anik, haqqoniy aks ettirgan, ilmiy jihatdan tekshirilgan ishonchli materiallar kiritiladi.
Ilmiy bilimlarning tobora rivojlanib borishi va uni ishlab chiqarishda tadbik etilishiga doir ma'lumotlar maktab o‘quv fanlarga ham o‘zgarishlar kiritishga olib

kelganidek, o‘quv dasturidagi ayrim eskirgan masalalar o‘quv fanlaridan chikarib tashlanadi.
3.O‘quv materiallari mazmunini to‘g‘ri tanlash. Fan materiallarini tanlashda unda isbotlar, misollar, mantiqiy umumlashma va xulosalarning to‘g‘ri uygunlashuviga alohida e'tibor beriladi. Aniq misollar bo‘lmasa o‘rganilayotgan hodisalarni nazariy jihatdan tushunish mumkin emas.
4.Nazariyaning amaliyot bilan birligi qoidasi. O‘quv dasturida nazariyaning amaliyot bilan birligi qoidasi, birinchi navbatda, eng avvalo, ilmiy bilimlarning turmushda, ishlab chiqarish amaliyotida tutgan urni kursatib beriladi. Ilmiy bilim kunikma va malakalarning o‘zaro mustahkam bog‘liq bo‘lishi hamda ta'lim jarayonidagi nazariy ma'lumotlarning amalda qo‘llanib borish jarayonida o‘z aksini topadi.
5.O‘quv dasturlarida tarixiylik qoidasi. O‘quv dasturlari tarixiylik qoidasiga asoslangan xolda to‘ziladi. Bunda o‘quv fanlarining xarakteri nazarda tutiladi. Masalan, tarix fanini o‘qitishda tarixiy voqyealar izchillik va xronologik tarzda bayon etilsa, matematika, informatika, fizika va boshka qator fanlarni o‘qitishda fan olamidagi ma'lum bir ilmiy xodisa, qoida va qonunlarning paydo bo‘lishi, uning kelajak istikboliga oid ma'lumotlar berib utiladi.
6.Dastur ikki usul bilan: ketma-ket (muntazam) va konsentrik (markazlashgan) tarzda joylashtirilishi mumkin.
Ketma-ket joylashtirilganda o‘quv materialining har biri keyingi qismi avvalgi qismining davomi bo‘ladi, har bir qismdagi materialning mazmuni uning mazkur oliy sinf o‘quvchilariga tushunarli bo‘lishini hisobga olgan holda to‘la yoritiladi.
Ta'lim mazmunining oydinlashtirilishida o’quv adabiyotlarining roli katta. Ular o’quvchilar egallashi kerak bo’lgan bilim, ko’nikmalarning asosiy manbai bo’lib xizmat qiladi.
O’quv adabiyotlari - muayyan ta'lim turi (yo’nalishi yoki mutaxassisligi) o‘quv rejasida qayd etilgan fanlar bo‘yicha tegishli o‘quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o‘zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan (shu jumladan, xorijiy tarjimalar) manba bo‘lib, ikki xil shaklda tayyorlanadi:

  • An'anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlar - ta'lim oluvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari, ma'lumotlar hajmi, shriftlari, qog‘oz sifati, muqova turi va boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda qog‘ozda chop etiladigan manba;



Yüklə 57,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin