Darsni tayyorlash va o‘tkazish. Zamonaviy darsga quyilayotgan yuksak talablar o‘qituvchini har bir darsga juda va puxta o‘ylab tayyorlanishga majbur qiladi.
Har bir alohida darsga tayyorlanishda o‘qituvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi: mavzuni aniqlaydi va dars vazifalarini konkretlash-tiradi;
O‘quv materiali mazmunini ajratadi va uni didaktik jihatdan ishlab chiqadi(yetakchi tushuncha, qonuniyat, fakt va amaliy ma'lumotlarni ajratadi); ilgari o‘rganilgan bilan bog‘lanishni, mazmunni joylashtirish mantiqini nazarda tutadi;
O‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatlari xarakterini aniqlaydi, ya'ni qanday ko‘nikma va malakalar shakllanishini, reproduktiv va izlanish faoliyati, mustaqil ish va o‘qituvchining roli o‘rtasidagi nisbat qanday bo‘lishini o‘ylab quyadi. Shu shakllarni ishlab chiqadi, dars qismlarini ajratadi.
O‘qitish metodlari: masala, mashq, muammoli savollar, topshiriqlarni tanlaydi va aniqlaydi. Butun dars jarayonini rejalashtiradi.
Seminar mashg‘ulotlari, o‘quv ekskursiyalari.
Seminar mashg‘ulotlari asosan oliy o‘quv yurtlarida ko‘proq foydalaniladigan dars shakllaridan biri bo‘lib, bunda ko‘proq talabalarning bilimini nazorat qilish, tekshirish va baholash jarayonlari olib boriladi.
I.BOB.O'qituvchining darsga tayyorgarligi funktsiyalari va bosqichlari. Dars mazmuni va turini aniqlash, adabiyotlar ko'lami, darsni metodik jihozlash.
Milliy g‘oya fanlarini faqat sinf va auditoriyalarda emas, joylarda o‘tkazish ham ijobiy natija beradi. Masalan hozirgi kunda milliy g‘oya va ma'naviyat targ‘iboti borasida muzeylarning roli katta.
Ma'ruza haqida tushuncha va uning asosiy vazifalari.
Ma'ruza – o‘quv materiallarini og‘zaki bayon qilish usuli.Odatdabuusul video, ko‘rgazma namoyish qilish bilan olibboriladi. Ma'ruza katta xajmdagi o‘quv materiallariga nisbatanuzoq vaqt davomida monolog bayon etish. Ma'ruza-kirish, bayon, xulosadan iborat bo‘lishi kerak. Tinglovchilarni qiziqtirish uchun kirish qismiga puxta tayyorgarlik ko‘rish lozim. Ma'ruzaning kirish qismi vaqtida tinglovchilar tomonidan olinadigan dastlabki ma'lumot miyani ma'ruza davomida beriladigan axborotni qabul qilib olishga tayyorlaydi, Ma'ruzachi bildiradigan barcha fikrlar ishtirokchi tomonidan faqat o‘zlashtirilib kolmay, balki yana ijodiy tarzda qayta ishlashi hamda o‘z qarashi bo‘lib qolishi kerak.