Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari fani darsliklari va ularga qo’
Milliy g‘oya darsi va unga qo‘yiladigan talablar.
Milliy g‘oya bajaradigan muhim funksiya tarbiyaviy funksiyadir. Milliy g‘oyaning bu funksiyasi globallashuv jarayonlari tezlashib borayotgan hozirgi kunlarda yana ham dolzarbroq ahamiyat kasb etadi.
Shuning uchun ham milliy g‘oya fanlariga katta talabalar qo‘yiladi. O‘quvchi va talabalar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish ta'lim tizimida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning markazida turadi. Bu maqsadga erishish yo‘lida ta'lim-tarbiyaning turli usul va vositalaridan foydalanilmoqda.
Har bir pedagog o‘qituvchi ushbu darslarni rolli o‘yin, xizmat o‘yinlari singari shakllaridan hamda dars jarayonida badiiy asarlardan parchalar keltirish, she'rlarni ifodali o‘qish, sahna asarlaridan parchalar ijro etish kabi usullardan foydalanishi lozim.
Milliy g‘oya darslarining asosiy vazifalari – yoshlarni tarbiyalash, ular ongiga milliy qadriyatlarni, xalqimiz orzu-umid, intilish va maqsadlarini, demakki, milliy istiqlol g‘oyasini singdirish hisoblanadi.
Huquqshunos fanining o`qituvchisi o`zining pеdagogik faoliyati davrida davlatning asosiy qonuni, Prеzidеnt asarlari va huquq manbalaridan foydalanishni o`zi uchun odat qilib olishi shart, chunki bunday yo`nalishdagi ma'lumot va xabarlar har qanday o`quvchi va tinglovchi diqqatini o`ziga tortadi.
O`zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi qonunchilikning asosiy nеgizi, davlat organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar faoliyatining asosiy maqsadi va yo`nalishini bеlgilab bеradi. U oliy yuridik kuchga ega bo`lib, qolgan har qanday qonun hujjatlar Konstitutsiya normalirga mos bo`lishi, uning talablariga zid kеlmasligi shart.
«Huquqshunoslik», «Konstitutsiyaviy huquq», «Inson huquqlari» singari darslar mavzulari o`rgatilganda Konstitutsiyaning eng avvalo muqaddima qismidan foydalanish va ana shu tamoyillarni o`quvchilariga singdirish lozim. Bu еrda o`qituvchi «Milliy davlatchilik haqida» kitobdan qiziqarli suhbat qilishi mumkin. Masalan, kitobda o`zbеk milliy davlatchilik tarixi taraqqiyot bosqichlari, o`troq xalq hayoti bilan chambarchas bog`liqligi kеng tahlil qilganligan. O`zbеkiston Milliy davlatchiligi g`oyasi aynan, mustaqillik yillarida rivojlantirildi. Bu o`rinda «Tеmur tuzuklari» ning o`zbеk tilida chop etilishi, «Amir Tеmurning O`rta Osiyo tarixida tutgan o`rni» asarining nashrdan chiqarilishi qilingan samarali ishlardan hisoblanadi. Dars o`tishda bulardan foydalanish mumkin.
Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iktisodiy munosabatlar, halq ta`limi tizimida bo`layotgan o`zgarishlar “Ta`lim to`g`risida”gi Oonunda hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko`rsatib o`tilganidek xar bir maktab o`qituvchisi yoki kasb-xunar kolleji o`qituvchisi oldiga muxim vazifa qo`yilmokda. Bu vazifalar ta`lim uchun xos bo`g`inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo`g`inlar xilma-xil o`quv fanlari dasturlarida, o`quv rejalarida, darsliklarda ta`limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni xosil qilishi mumkin.
Davlat ta`lim sandartlarining aniq o`quv fani bo`yicha emas, balki ta`lim soxalari bo`yicha ishlab chiqilishi o`quv fanlarini variativ tanlash asosida o`quv-metodik majmualar (dastur, o`quv rejasi, darsliklar)ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, o`quv fanlararo bog`lanish va bilimlarini muvofiqlashtirish tamoyili asosida o`quv fanlarining ichki bog`liqligi va fanlararo aloqasini ta`minlashga xizmat qiladi.
Ma`naviyat asoslari o`qituvchisining metodik tayyorgarligi deyilganda biz buni ilmiy dunyoqarash asosida fanlarni o`qitish metodikasini umumiy pedagogik-psixologik va ijtimoiy tayyorgarlik bilan uzviy bog`lanishda tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga ma`naviyat asoslari fani soxasida ma`lum bilim va o`quvlarni egallash va bolalarni o`qitish orqali tarbiyalashni o`zlashtirishi kiradi.
Metodik tayyorgarlik maktab o`qituvchisi yoki kasb-xunar kolleji o`qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo`lib, uniig ta`limiy-tarbiyaviy faoliyatidan ajralgan xolda qaralishi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, ma`naviyat asoslari fanini o`qitish birinchi bosqichdir, ya`ni bolalarni navbatdagi ma`naviyat asoslari kursini o`zlashtirishga tayyorlash bosqichidir. Ma`naviyat asoslari ta`limning bu ikki jixati (aspekti) (ma`naviyat asoslari ta`limning tarkibiy qismi va metodik tayyorgarligi) metodikada o`zining munosib aksini topishi lozim.
Ma`naviyat asoslari fani ta`lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy va amaliy bilimlar tizimi asosidagina xal etishi mumkin. Bu ilmiy
dunyokarash, psixologiya, pedagogika, didaktika, falsafa, Demokrtaik jamiyat kurish, ma`naviyat asoslari fanini o`qitish nazariyasini (ma`naviyat
asoslarini didaktikasi) o`z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy bilimlarning o`zi etarli emas. O`qitishning ma`lum mazmuni va o`qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta`sirlanadigan u yoki bu o`quv yo`nalishi uchun eng yaroqli usullarini va qo`llay bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o`zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni xal etishni bilishi zarur.
Ayni shu ma`naviyat asoslari fanini o`qitishda o`quvchilarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli maktab o`qituvchisi yoki kasb-xunar kolleji o`qituvchisi uchun o`quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish ayniksa muhimdir. Kelgusidagi amaliy faoliyat uchun xususiy, amaliy, seminar, ishlarida ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasida bajariladigan ishlar orkali egallanadi.
Nazariy bilimlarni amaliy mashg`ulotlarga tayyorlanishda va mashg`ulotlarning o`zida o`qitish amaliyotida foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli-tuman metodik masalalar xal etilishi lozim.
Metodik masalalar xar bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda ular bir qiymatli echimga ega emas. O`qituvchi darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o`quv vaziyat uchun eng yaroqli echimining tez topa olishi uchun bu sohada etarlicha keng tayyorgarlikka ega bo`lish talab etiladi. Keltirilgan masalalar darsda iloji boricha turli usullar bilan xal etilishi lozim.
Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasi o`qitish vositasi sifatida mavjud didaktik, pedagogik maxorat, mantiq ilmi va ma`naviyat asoslari nuqtai nazaridan mazmunan etarli emasligi tufayli mustaqil ravishda foydalaniladi va o`rganilgan materialni faqat mustaxkamlash vositasi sifatida foydalaniladi.
Milliy istiklol g`oyalarini, xuquqiy madaniyatni shakllantirish, milliy mafkurani targ`ib kilish ma`naviyat asoslarini shakllanishida ta`limning markaziy vazifasi bo`lib kelgan va shundoq bo`lib qoladi.
Zamonaviy ta`limning o`zi nimadan iborat bo`lishi kerak? O`quvchi yoki talaba qanday bilimga ega bo`lishi lozim? O`quvchilarga qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatlarimiz, urf odatlarimizni o`rgatishimiz, chukur anglatishimiz kerak?” degan savollar ma`naviyat asoslari fani oldidagi asosiy masalalardan biri bo`lib kelmoqda. I.A.Karimov bizda “Har kanday o`quv bosqichiga aniq talablar standart darajasida rasmiylashtirilmagan” ligini alohida ta`kidlab, ta`lim jarayonining barcha bosqichlari uchun ana shunday talablar ishlab chiqish zarurligini ilk bor asoslab berdi.
So`ngi yillarda mamlakatimizda maktabda ma`naviyat asoslarini o`qitish ayniqsa kasb-xunar kollejlari tizimida o`z ko`lami va ahamiyati jixatidan nihoyatda katta bo`lgan o`zgarishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda.
Maktab ta`limi oldiga tamomila yangi maqsadlarning qo`yilishi ma`naviyat asoslarini o`qitish mazmunining tubdan o`zgarishiga olib kelmoqda. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish kursi mazmunida xam, darslik va qo`llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo`lishini talab qiladi.
Bugungi ijtimoiy-iktisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor munosabatlarining raqobatlashuvi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Ta`lim to`g`risida"gi Qonun talablari ma`naviyat asoslarini o`qitish metodikasiga o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmadi.
Ma`naviyat (arabcha, ma`nolar majmui) so`zining lug`aviy ma`nosi juda keng bo`lib ma`nolarni jumladan “fanlarni bilish” demakdir. Ma`naviyat asoslari fanining o`rganadigan ob`ekti insonlarning davlatga jamiyatda, bir-birlariga bo`lgan munosabatlaridan iborat.
Ma`naviyat asoslarini kursining maqsadi o`quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan xolda ma`naviy bilimlar tizimini berishdan iboratdir. Bu bilimlar tizimi ma`lum usullar (metodika) orqali o`quvchilarga etkaziladi.
“Metodika” grekcha so`z bo`lib “metod” degani “yo`l” demakdir.
Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasi ijtimoiy gumanitar fanlari tizimiga kiruvchi o`qitish metodikasining mustaqil fan tarmog`i bo`lib, jamiyat tomonidan qo`yilgan o`qitish maqsadlariga muvofiq ma`naviyat asoslarini o`qitish qonuniyatlarini ma`naviyat asoslarini rivojining ma`lum bosqichida tadbiq qiladi. O`qitishda yangi maqsadlarning qo`yilishi ma`naviyat asoslarini o`qitish mazmunining tubdan o`zgarishiga olib keldi.
O`quvchilariga ma`naviyat asoslari fani samarali ta`lim berilishi uchun bo`lajak o`qituvchi uchun ishlab chiqarish ma`naviyat asoslarini o`qitish metodikasi egallab, chuqur o`zlashtirib olmog`i zarur.
Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
1. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish va undan ko`zda tutilgan maqsadni asoslash(nima uchun ma`naviyat asoslarini o`qitiladi, o`rgatiladi).
2. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasi mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o`rgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini o`quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o`rganishda izchillik ta`minlanadi, o`quv ishlariga o`quv mashg`ulotlari beradigan yuklama bartaraf kilinadi, ta`limning mazmuni o`quvchilarning aniq bilim va bilish imkoniyatlariga mos keladi.
3. O`qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o`qitish kerak, ya`ni, o`quvchilar xozirgi kunda zarur bo`lgan ijtimoiy – gumanitar bilimlarni, malaka, ko`nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o`quv ishlari metodikasi kanday bo`lishi kerak?
4. O`qitish vositalari - darsliklar, didaktik materiallar, ko`rsatmali, qo`llanmalar va o`quv-texnik vositalaridan foydalanish (nima yordamida o`qitish).
5. Ta`limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish. (darsni va ta`limning darsdan tashqari shakllarini tashkil etish).
Quyidagi jadvaldan buni aniq tasavvur qilish mumkin:
O`qitish maqsadlari
O`qitish mazmuni
O`qitish shakllari
O`qitish metodlari
O`qitish vositalari
O`qitishning maqsadi mazmuni metodlari vositalari va shakllari metodik jixatlarining asosiy tarkiblari murakkab bo`lib, ularni belgilash o`qituvchi mahoratiga bog`liqdir. Bu jarayon amaliy imkoniyatlar bilan kengroq bog`lansa, ko`proq samara berishi mumkin.
Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, ma`naviyat asoslarini faniga yaqin bo`lgan milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasi, tarix, shaxs va jamiyat, falsafa, siyosatshunoslik fanlari ijtimoiy-gumanitar fanlarga o`xshab dialektikaning umumiy qonuniyatlariga, bilish nazariyasiga va umum e`tirof etgan metodologiyaga tayanadi.