I bob. O‘quvchilarni monolog nutqqa o‘rgatish bo‘yicha ish mazmuni va vazifalari



Yüklə 127,67 Kb.
səhifə12/17
tarix07.01.2024
ölçüsü127,67 Kb.
#210168
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
217603-9 O\'qish darslarida qayta hikoyalash turlaridan foydala

O‘rta sinf. Bu sinf o‘quvchilarining nutqi takomillashadi, fikrlashi faollashadi, uncha katta bo‘lmagan hikoya tuza oladilar. Dastlab o‘quvchilar o‘qituvchining savollari yordamida hikoya qilib beradilar. Bu o‘quvchilarning jamoa bo‘lib tuzgan yoki o‘qituvchi va bitta o‘quvchining hamkorlikda tuzgan hikoyasi bo‘lishi mumkin. Mashg‘ulot oxirida o‘qituvchi o‘quvchilarning barcha aytgan fikrlarini umumlashtirib, o‘zi to‘liq hikoya qilib beradi.
So‘ngra o‘quvchilar o‘qituvchining namuna-hikoyasini takrorlaydilar. Bu sinfda o‘qituvchining namuna hikoyasi o‘quvchilarning undan nusxa olishlari uchun beriladi. “Xuddi mendek hikoya qilib bering”, “Yasha, mening hikoyamni eslab qolibsan”, deb o‘qituvchi o‘quvchilarni rag‘batlantiradi, ya’ni ushbu sinfda o‘quvchilardan mavzudan chetga chiqib ketmaslik talab etiladi. Namuna-hikoya ma’lum bir talablarga javob berishi kerak.
O‘rta sinf o‘quvchilarini narsa-buyumlarni tasvirlovchi va voqeali rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzishga o‘rgatish mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘z hikoyasida lug‘atidagi so‘zlardan, sifatdoshlardan, aniqlovchidan, holdan va boshqalardan keng foydalanishga o‘rgatishi kerak. O‘quvchilar rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzishga (bir yoki bir qancha narsa-buyumlarning yoki obyektlarning sifatlari, xususiyatlari, xarakterlari to‘g‘risidagi hikoya) o‘rganib olganlaridan so‘ng voqeaband suratlar bo‘yicha voqeaband hikoyalar tuzishga o‘rgatiladi.
O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida tasviriy xarakterga ega bo‘lgan bog‘langan hikoya tuzadilar. Bu sekin-astalik bilan o‘quvchilarni mustaqil ravishda voqea band hikoyalar tuzishlariga yordam beradi.
Katta sinfda rasmga qarab hikoya tuzishning hamma turlaridan foydalaniladi:

  • narsa-buyumlarni tasvirlovchi va voqeaband rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzish;

  • peyzajli va natyumortli rasmlar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzish;

  • rasmlar seriyalari – to‘plamlari bo‘yicha, masalan, “Bizning yer maydonchamiz qishda va yozda”) hikoya tuzish.

Rasmlar to‘plami bo‘yicha hikoya tuzish malakasini takomillashtirishda quyidagi usullar yordam beradi:

  • jamoa bo‘lib hikoya tuzish – avval boshlanishini o‘qituvchi tuzadi, o‘quvchilar tugallashadi;

  • bir o‘quvchi boshlaydi, boshqasi davom ettiradi.

Quyida misol tariqasida bog‘lanishli nutqni rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulot ishlanmasini keltiramiz. Bu mashg‘ulotda nutqning turli vazifalari hal etiladi.

Yüklə 127,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin