Fosforning vodorodli va kislorodli birikmalari Fosforning vodorodli birikmalarini vodorod fosfinlar deyiladi. Bular monofosfin- PH3(gaz), difosfin- P2H4(suyuqlik) va polifosfin- P12H6 (qattiq)lardir.
Monofosfin (yoki fosfin) sarimsoq hidli, zaharli gaz. Ammiakdan farq qilib, suvda oz eriydi va u bilan reaksiyaga kirishmaydi. Metall fosfidlar suv va kislotalar ta'sir ettirib olinadi. Fosfin kuchli kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, fosfanit PH4tuzlarini hosil qiladi. Bu tuzlar qizdirilganda suyuqlikka aylanmasdan bug’lanib, parchalanadi:
PH3 + HClO4 = PH4ClO4, PH3 + HJ = PH4J, PH4J t↦PH3 + HJ Fosfin juda oson yonadi: 2PH3+4O2 = P2O5+3H2O Difosfin P2H4 rangsiz suyuqlik, kuchli qaytaruvchi, havoda o’zo’zidan alangalanib ketadi: 2P2H4 +7O2 = 2P2O5 +4H2O Fosfor kislorod bilan bir necha hil oksidlarni hosil qildadi, ulardan muhimlari fosfor (III)-oksid va fosfor (V)-oksiddir. Fosforni asta - sekin yoki kislorod yetishmaganda oksidlansa fosfor (III)-oksid-P2O3, aniqrog’i P4O6 hosil bo’ladi. P2O3- mumsimon kristall modda bo’lib, tc=240C, tq=1750C.
P4 +3O2 = P4O6 P4O6- sovuq suvda gidrolizlanib, fosfit kislotani, issiq suvda esa, fosfat kislotani hosil qiladi:
P4O6 +6H2O = 4H3PO3 - sovuq suvda;
P4O6 +6H2O=3H3PO4 +РH3 - issiq suvda.
Havoda qizdirilganda fosfor (V)- oksidga aylanadi:
P4O6 +2O2 = P4O10 Fosfor (V)-oksid P4O10 (yoki P2O5) oq gigroskopik kukun. Fosforni mo’l havo yoki kislorodda yondirish orqali olinadi:
P4 +5O2 =P4O10 P4O10- 360oC da suyuqlanmay bug’lanadi. Oz miqdordagi suv bilan P4O10 metafosfat, ko’p miqdordagi suv bilan esa, ortofosfat kislotani hosil qiladi:
P4O10+2H2O = 4HPO3 - metafosfat kislota.
P4O10+3H2O=3HPO4 +H3PO4 P4O10 turli moddalar tarkibidagi bog’langan vodorod va kislorodni suv holida tortib oladi:
4HNO3 +P4O10 =2HPO3 +2N2O5 2H2SO4 +P4O10 =2HPO3 +2SO3 P2O5 suv bilan shiddatli birikib, reaksiya sharoitiga qarab har hil fosfor kislotalarni hosil qiladi:
P2O5 + H2O = 2HPO3 metafosfat kislota tc = 40 ºC P2O5 + 2H2O 18-22 ºC H4P2O7 pirofosfat kislota tc = 61 ºC P2O5 + 3H2O → 2H3PO4 ortofosfat kislota tc = 42 ºC HPO3- suvda yaxshi eriydigan, zaharli kislota;
H3PO4- havoda tursa suyuqlanib ketadigan kristall modda; H4P2O7- yumshoq shishasimon massa, suvda eriydi.
Bu kislotalar orasida eng ahamiyatlisi ortofosfat (oddiy qilib aytganda fosfat) kislotadir, chunki uning tuzlari mineral o’g’it sifatida keng ishlatiladi. Fosfat kislota o’rta kuchli, uch negizli kislota bo’lgani uchun digidrofosfatlarni, gidrofosfatlarni va fosfatlar hosil qiladi:
H3PO4↔ H+ + H2PO-4 digidrofosfat ion
H2PO-4 ↔ H+ + HPO4-2 gidrofosfat ion
HPO4-2 ↔H+ + PO4-3 fosfat ion
Laboratoriya sharoitida fosfat kislota fosforni 32% li nitrat kislota bilan oksidlab olinadi:
3P+5HNO3+2H2O = 3H3PO4+5NO↑
Sanoatda esa ikki hil usulda: ekstraksiya va termik usullarda olinadi. Ekstraksiya usulida maydalangan kalsiy fosfatga sulfat kislota bilan ishlov beriladi:
Ca3(PO4 )2+3H2SO4 = 2H3PO4+3CaSO4 ↓
Kalsiy sulfat cho’kmaga tushadi, kislota esa eritmada qoladi. Bunday kislota o’g’itlar ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Termik usulda quyidagi reaksiyalar orqali fosfat kislota olinadi:
2Ca(PO4 )2 +10C +6SiO3 = 4P +6CaSiO3 +10CO ↑
4P + 5O2 = 2P2O5 P2O5 + 3H2O = 2H3PO4 Bu usulda toza, konsentrlangan fosfat kislota olinadi. Fosfat kislota kislotalarga xos kimyoviy xossalarni namoyon etadi. Barcha digidrofosfatlar, ammoniy va ishqoriy metallarning fosfatlari va gidrofosfatlari suvda yaxshi eriydi. Qolgan fosfatlar va gidrofosfatlar suvda kam eriydi. Ba'zi bir digidro, gidrofosfatlarni va fosfatlarni olinishi:
NH4OH +H3PO4 = NH4H2PO4 +H2O 2NH4OH +H3PO4 =(NH4 )2HPO4 +2H2O 3NH4OH +H3PO4 =(NH4 )3PO4 +3H2O NaOH +H3PO4 = NaH2PO4+H2O 2NaOH +H3PO4 = Na2HPO4 +2H2O 3NaOH +H3PO4 = Na3PO4 +3H2O Ishqoriy metallarning fosfatlari va gidrofosfatlari gidrolizlanadi. Masalan:
Na3PO4 +H2O↔NaOH+Na2HPO4 PO43- +H2O↔OH- +HPO42-
Na2HPO4 +H2O↔NaOH+NaH2PO4 HPO42- +H2O↔OH- +H2PO4-
Digidrofosfatlar, gidrofosfatlar harorat ta'siridan parchalanadi, fosfatlar esa pachalanmaydi. Masalan:
NaH2PO4 t↦H2O+NaPO3 2Na2HPO4 t↦Na4P2O7 +H2O Ortofosfat kislotani tuzlari qishloq xo’jaligida o’g’it sifatida ishlatiladi. Mineral o’g’itlar mavzusida to’liq to’xtalamiz. Fosfor- xujayralar protoplazmasi tarkibiga, xromosoma, viruslar va fermentlar tarkibiga kiradi. O’simlik va hayvon organizmida fosfor bo’ladi hamda fosfor hayot va tafakkur elementi deb yuritiladi. Insonning kundalik fosforga bo’lgan extiyoji 2 ga teng bo’lib, u ovqat hisobidan to’liq qoplanadi.
7. Fosforli o’g’itlar O’simliklardan yuqori hosil olishning eng muhim omillaridan biri fosforli o’g’itlardan unumli foydalanishdir. Lekin fosforning tuproqdagi barcha birikmalaridan o’simliklar foydalana olmaydi. Ular suvda eriydigan bo’lishi kerak. Fosforli o’g’itlar asosan fosforitlardan olinadi. O’zbekistonda fosforitlar konidagi Morakash turiga mansub zarra donador fosforitlarning zahirasi taxminan 100 mln. tonnani tashkil etadi. Qizilqum fosforit kombinati qurilmoqda. Unda 2,7 mln.tonna fosforit olinadi. Eng muhim fosforli o’g’itlar quyidagilar: fosforit talqoni, oddiy superfosfat, qo’sh superfosfat, ammoniylangan superfosfat, pretsipitat, ammofos, suyak talqoni, nitrofosfat va nitrofoskalarni tashkil etadi:
Fosforit talqoni yoki appatit– Ca3(PO4)2. Uning tarkibida 16-35% P2O5 bo’lib, suvda yomon eriydi. Fosforit mineralini maydalab olinadi.
O ddiy superfosfat- Ca(H2PO4)2 CaSO4, tarkibida 14-20 % P2O5 bo’ladi. Fosforitga sulfat kislota ta'sir ettirib olinadi:
Ca3(PO4)2 + 2H2SO4 + 4H2O ↦Ca(H2PO4)2 + 2CaSO4 * 2H2O Qo’sh superfosfat-Ca(H2PO4)2, tarkibida 35% gacha P2O5, bo’ladi.
Maydalangan fosforitga konsentrlangan fosfat kislota ta'sir ettirib olinadi:
Ca3(PO4 )2 +4H3PO4 =3Ca(H2PO4 )2 P retsipitat- CaHPO4 2H2O, tarkibida 30-35% P2O5 bo’ladi, suvda eriydi. Fosfat kislotani kalsiy gidroksid eritmasi bilan neytrallash orqali olinadi: H3PO4 +Ca(OH)2 =CaHPO4 *2H2O
Suyak talqoni- Ca3(PO4)2. Uy hayvonlari suyaklarini qayta ishlab olinadi.
Ammofos- NH4H2PO4, tarkibida 35-50% P2O5 bo’ladi. Suvda eriydi. Fosfat kislotani ammiak bilan neytrallanganda ammofos va diammofoslar
NH3 +H3PO4 = NH4H2PO4 hosil bo’ladi: 2NH3 +H3PO4 =(NH4 )2HPO4 N itrofosfat- CaHPO4 ·Ca(NO3)2, tarkibida 14-27 % P2O5 va 21-24% azot bo’ladi. Xlorappatitga nitrat kislota ta'siridan olinadi:
Ca3(PO4 )2 *CaCl2 +2HNO3 =CaHPO4 *Ca(NO3 )2 Nitrofoska- (NH4)2HPO4·KNO3, tarkibida 10% P2O5, 11% K2O va 11% azot bo’ladi, suvda eriydi. Fosforit minerali, nitrat kislotavakaliy xloridni aralashtirib olinadi. Respublikamizda fosforli o’g’itlar asosan “Ammofos-Maksam”, “Samarqandkimyo”, “Samarqand NPK”, “Qo’qon superfosfat” va “Elektrokimyo” zavodlarida ishlab chiqarilmoqda.
Pretsipitat ishlab chiqarish. Pretsipitat ohak (ohaktosh) ning fosfat kislotasi bilan tahsirlashish mahsulotidir. Tsitratli eruvchan dikalg’tsiyfosfat CaHPO4*2H2O dan iborat fosforli o’g’it pretsipitat deyiladi. «Pretsipitat» so’zi nemischa ‘räzi’itierung – cho’ktirish mahnosini anglatadi. Texnik pretsipitat turli darajada boshqa tuzlar: temir va alyuminiy fosfatlari, gips, kalg’tsiy ftoridlari va karbonatlari va boshqalar bilan ifloslangan bo’ladi. Texnik pretsipitatdagi P2O5(tsit.) miqdori 40% gacha yetadi. Ozuqali pretsipitat (dikalg’tsiyfosfat) da 0,4% li HCl da eruvchi P2O5 43-47% gacha yetadi. U amalda gigroskopik emas, yaxshi fizik xossalarga egadir. SHunga qaramay, pretsipitat samarador o’g’it hisoblansada, bu maqsad uchun uni maxsus ishlab chiqarilmaydi, chunki fosfat kislotani qo’shaloq superfosfat olishda ishlatish ancha yaxshi samara beradi, bunda kislota hisobiga fosforitdagi bir qism P2O5 o’g’itga o’tadi, shuning uchun qo’shaloq superfosfatdagi P2O5 ning tannarxi pretsipitatga nisbatan arzon tushadi. O’g’itli pretsipitat suyakni qayta ishlovchi zavodlarda jelatina ishlab chiqarishdagi chiqindi hisoblangan kuchsiz fosfat kislotali eritmalardan olinadi. Pretsipitat ishlab chiqarish jarayonida dastlab, ohak yoki ohaktosh fosfat kislotada eritiladi va bunda monokalg’tsiyfosfat hosil bo’ladi.
Ca(OH)2 + 2H3PO4 = Ca(H2PO4)2 + 2H2O
So’ngra fosfat kislotaning neytrallanib borishi natijasida monokalg’tsiyfosfat inkongruent parchalanadi va dikalg’tsiyfosfat cho’kmasi ajralib chiqadi: Ca(H2PO4)2 + 2H2O = CaHPO4*2H2O + H3RO4 Shuningdek, monokalg’tsiyfosfat ohak yoki ohaktosh bilan ham tahsirlashadi: Ca(OH)2 + Ca(H2PO4)2 + 2H2O = 2[CaHPO4*2H2O]
Dikalg’tsiyfosfatdagi CaO:P2O5 ning nazariy massa nisbati (0,79 ga teng) dan ortiqcha miqdordagi so’ndirilgan ohak qo’shilganda va shunga muvofiq ravishda eritmaning pH qiymati 6,3 dan ortganda dikalg’tsiyfosfatning parchalanishi sodir bo’ladi:
4CaHPO4 = Ca(H2PO4)2 + Ca3(PO4)2 Fosfat kislota tarkibidagi qo’shimchalar ham ohak yoki ohaktosh bilan tahsirlashadi:
H2SO4 + Ca(OH)2 = CaSO4*2H2O
H2SiF6 + 3Ca(OH)2 = 3CaF2 + SiO2 + 4H2O
(Fe,Al)2(SO4)3 + 3Ca(OH)2 + 2N3RO4 + 4H2O = 2(Fe,Al)’O4*2H2O + 3CaSO4*2H2O Temir va alyuminiy fosfatlari, kalg’tsiy ftoridi va silikat kislotadan iborat balchiqli cho’kma pretsipitatning filg’trlanishini qiyinlashtiradi.
Dikalg’tsiyfosfatning pretsipitatlanish jarayoni asosida CaO – P2O5 – H2O sistemasining holat diagrammasi yotadi. CaO – P2O5 – H2O sistemasida 36OS dan quyi xaroratda tsitratli eruvchan dikalg’tsiyfosfat digidrati CaHPO4*2H2O (brushit), yuqori xaroratda esa – suvsiz CaHPO4 (monetit) stabil (turg’un) bo’ladi. Ammo suvsiz tuz eritmadan faqatgina 60OS dan yuqori xaroratdagina ajralib chiqadi, bundan past xaroratda esa metastabil faza sifatida muntazam ravishda CaHPO4 ga aylanib turadigan CaHPO4*2H2O cho’kadi. CaHPO4*2H2O ga nisbatan suvsiz CaHPO4 tarkibida P2O5 ko’p bo’ladi, ammo CaHPO4 jonivor va o’simliklarga yomon o’zlashadi.
20% P2O5 kontsentratsiyali (S’ nuqta) fosfat kislotaning tarkibida 12% SaO tutgan (S nuqta) ohak suti bilan pretsipitatlash va 25% P2O5 kontsentratsiyali (R’ nuqta) kislotani – tarkibida ~22% SaO tutgan (R nuqta) va S:Q nisbati 1,5:1 ga teng bo’lgan ohaktosh suspenziyasi bilan pretsipitatlash sharoiti 40OS dagi SaO – P2O5 – N2O sistemasi diagrammasida ko’rsatilgan (16 – rasm). Pretsipitatlashda sistema tarkibi SSP va RRP biriktiruvchi chiziqlar bo’ylab o’zgaradi.
16 – rasm. Fosfat kislotadan dikalg’tsiy-fosfatni cho’ktirish jarayonining diagrammasi:
40OS dagi CaO – P2O5 – H2O sistemasi izotemasida OE – stabil va ML – metastabil tarmog’i; 60OS dagi CaO – P2O5 – H2SiF6– N2O sistemasida KT – SaNRO4 ning eruvchanlik tarmog’i;
Muvozanatdagi sharoitda kislotani to’yingan eritma hosil bo’lguncha neytrallashdagi – erkin H3PO4 va Ca(H2PO4)2 dan iborat suyuq faza a va a’ nuqtalarda, CaHPO4 ga nisbati bo’yicha to’yingan bo’lishi kerak. Amalda esa to’yinish keyinroq, qattiq fazadagi CaHPO4*2H2O eruvchanligining metastabil tarmog’i ML ga to’g’ri keluvchi b va b’ nuqtalarda yuzaga keladi. Uning kristallanishi uchun metastabil faza bilan to’yingan eritma hosil bo’lishi kerak. Fosfat kislota birinchi vodorod ionlarining to’la neytrallanish, yahni pretsipitatning cho’ktirilishiga sarflanadigan kalg’tsiy oksidning yarim miqdorining erish paytida dikalg’tsiyfosfatning intensiv hosil bo’lishi boshlanadi (S va SP nuqtalar).
60OS dagi CaO – P2O5 – H2SiF6– H2O sistemasini o’rganish shuni ko’rsatadiki, hosil bo’ladigan SaF2 tahsiri natijasida dikalg’tsiyfosfatning eruvchanligi keskin kamayadi.