I BOB. QADIMGI DUNYO XALQLARINING JISMONIY TARBIYASI 1.1 Ibtidoiy jamoa tuzumida jismoniy tarbiyaning shakllanishi Jismoniy madaniyatning kelib chiqishi haqidagi masala jismoniy madaniyat tarixining eng muhim muammolaridan biri bo‘lib, prinsipial metodologik ahamiyatiga egadir. Bu masalani ko‘pgina burjuda olimlari xal etishga urinib ko‘rdilar. Ularning tadqiqotlari bu muammoni o‘rganish borasida ma’lum rol o‘ynaydi. Biroq ular bu muammoni o‘z sinf manfaatlari nuqtai nazaridan hal etib, tarixni buzib ko‘satdilar, soxtalashtiradilar. Leturno, Espinas, Gross, Byuxer, Shiller, Spenser va boshqa chet el olimlari jismoniy mashqlar hayvonlarining o‘yinida kelib chiqqan, degan nazariyani olg‘a suradilar. Freyd va uning izdoshlari, o‘yin shaxsning to‘la qimmatiga ega bo‘lmaganligidan dalolat beradi, deb isbotlashga o‘rinib ko‘radilar, chunki o‘yinda go‘ya insonning turmush qiyinchiliqlaridan hayolat olamiga ketishiga o‘rinishi ifodalanar emish. Jismoniy madaniyat va diniy marosimlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi burjua nazariyalari ham xuddi shu ta’limotga asoslanadi. Qator chet ellik tadqiqotchilar-Byuxer, Nering, Maksimov, Shternberg va boshqalar, hayvonlarning ko‘lga o‘rgatilishi va umuman, mehnat ibtidoiy o‘yin va raqslardan kelib chiqqan deb ta’kidlaganlar. Ularning fikrlariga ko‘ra “o‘yin mehnatdan kattadir” yoki “ mehnat bu o‘yinni bolasidir” deganlar. Rus olimi G.V. Plexanov ibtidoiy o‘yinlar jismoniy mashqlar biologik faktorlardan emas, balki odamlarning mehnat foliyatidan kelib chiqqanligini ilmiy jihatdan isbotlab berdi. Ayrim kishi hayotida o‘yin mehnatdan oldin bo‘lsa ham, umuman, jamiyatda esa u faqat mehnatni aks ettiradi. U “mehnat o‘yinda kattadir”, “o‘yin bu mehnat bolasidir” – degan edi. Odamlarning toshni maydalashga va yorishga hamda yog‘ochdan oddiy qurollar yasashga o‘rganishlari uchun necha yuz ming yillar kerak bo‘ladi.1 Ishlab chiqarish foliyatida bu aslida tabiat ehson qilgan narsalarni yig‘ish davri edi. Yovvoiy hayvon ovi Xalq tasodifi harakterga ega edi. Bu davrda jismoniy madaniyatning biron nisbatni mustaqil elementlarining borligi haqida ishi ham bo‘lishi mumkin emas edi. Kishilar uchun kerakli jismoniy sifatlar, malaka va qobilyatlar ularning bevosita mehnat foliyati jarayonida xosil qilinar edi. Faqat yoshlar o‘sha vaqtlarda mavjud bo‘lgan oddiy mehnat qurollarini qanday yasash va ishlashni hamda yovvoyi hayvonlardan qanday saqlash kerakligini katta yoshdagi kishilardan ma’lum darajada o‘rganar edilar.
I shlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi keyinchalqk irg‘itiladigan turli qurollarning takomillashuviga olib keldi. Turli mustahkam va o‘tkir uchli еngil nayzalarning, so‘ngra esa o‘q va yoyning paydo bo‘lishi ovchiliq kishini ng asosiy kasbiga aylantirdi. Buning natijasida ovqat topish uchun sarflanadigan vaqt ancha qisqardi. O‘sha davrdagi kishilarning qazilmalar davrida topilgan manzilgoxlari odamning ancha yaxshiroq hayot kechira boshlaganidan va o‘z extiyojlarini qondirish uchun ancha katta imqonyatlarga ega bo‘lganidan dalolat beradi. Chunonchi, o‘sha davrdagi odamda yosh avlodning madaniyatlash imqoniyati tug‘ildi; Bunda jismoniy madaniyat asosiy rol o‘ynadi. Odamlarining bir yerga yig‘ilish va tasodifiy ov yo‘li bilan ovqat topish hamda birlashgan dastlabki jamoasi ham mustahkam ijtimoiy tuzum emas edi. Shuning uchun ham kishilar jamoasining boshlang‘ich, ijtimoiy shaklini “ijtimoiy poda” deb atalardi.
Xo‘jalikning idrok qilishining yangi shakllari paydo bo‘lishi bilan qiskiliq jamiyatini uyushtirish ishlari ancha mustahkamlana bordi. Onalik urug‘chiliq jamoasi paydo bo‘ldi, uning a’zolari birgalikda qilinadigan doimiy jamoa mehnat va qon-qarindoshlik bilan boshlangan edi. Jamoalarining paydo bo‘lishi va taraqqiyot etishi bilan asta-sekin madaniyat sohasida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Endi odam o‘ziga doimiy turar joy quradi, kiyim-kechak paydo bo‘ladi, tasviriy san’at bunyod etiladi. Qo‘shiq, o‘yin va raqslar ijro etiladigan turli bayramlar keng tarqaldi. Jismoniy madaniyat elementlarining paydo bo‘lishi ham xuddi shu davrga to‘g‘ri keladi. Bevosita mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina musobaqa o‘yinlari mustaqil tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi va ulardan urug‘ jamoaning turli yoshdagi guruhlari foydalana boshlaydi. Mehnatning jins va yoshga qarab tibbiy ravishda bo‘linishi endigina tug‘ilib kelayotgan ibtidoiy jismoniy madaniyatda ham o‘z ifodasini topdi. Jismoniy madaniyatning yanada rivojlanishida ibtidoiy san’at ham katta rol o‘ynaydi. San’at kishilarning fikr va to‘yg‘ularini boyitdi, ularning ma’naviy dunyosini taqomilashtirdi. O‘yin va raqslarda taqdirlanadigan mehnat va mudofa harakteridagi ko‘pgina harakatlar endi bevosita mehnat predmetiga yo‘naltirilgan edi. Bu harakatlar jismoniy mashqlar sifatida nisbatan mustaqillik kasb etdi. Jismoniy mashqlarning musobaqa o‘yinlari shaklida vujidga kelishi ibtidoiy jamiyat kishini tarbiyalashda tubdan o‘zgarish yasadi. Odamlar hayotiga, ayniqsa mehnat foliyatiga tayyorlashining yangi vositasiga ega bo‘ladilar. Jahonga mashhur rus etnografi va sayohatchisi N. MikluxaMaqlay, masalan, papuaslarning ota-onalari o‘z bolalarini mehnatga juda barvaqt o‘rgatganliklarini shu maqsadda o‘yinlaridan ham foydalanganlarini hikoya qiladi. “O‘g‘il bolalarning o‘yini” deb yozgan edi. Mikluxa-Maqlay – tayoqlarni nayzaga o‘xshatib irg‘itishdan, kamalak otishdan iborat edi; ular bu o‘yinlarda salgina yutuqqa erishishlari bilan ularni amaliyotga etadilar. Men soatlab dengiz bo‘yida, o‘tirib, yoy o‘qini biror baliqqa tegizishga harakat qilgan juda kichkina o‘g‘il bolalarni ko‘rganman. Qiz bolalar bilan ham huddi shunday hol yuz beradi, chunki ular ho‘jalik ishlari bilan juda erta shug‘ullana boshlaydilar va o‘z onalarning noibalariga aylanadilar. Quyidagi misol, fakt ham ibtidoiy musobaqa o‘yinlarining mehnatni ifodalab, qisklarni mehnatga tayyorlaydigan eng muhim vositalaridan biri bo‘lganini ko‘rsatadi. Etnogarflarning ta’kidlashicha, XIX asrning va 60-yillardayoq Avstraliyaning bir qancha qabilalarida ovga chiqish oldidan yirtqich hayvonning shaklini qumga chizib, o‘nga nayza otish rasm bo‘lgan; Bunda har bir ovchi o‘z nayzasini mumkin qadar aniqroq va kuchliroq otishiga harakat qilgan. Bu yerda mashq va musobaqaning ayrim elementlari qo‘shilgan. Shunday qilib, odamlar nayza otishni mashq qilish bilan o‘zlarining mehnat malakalari va mahoratlarini takomilashtirib borganlar. O‘sha vaqtda mehnat va o‘yin bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan va diniy aqidalar bilan bog‘langan. Kishilik o‘yinlari odamlarning dahshatli tabiat kuchlariga qarshi kurashda birgalikda harakat qilishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Urug‘lik tuzumi onalik urug‘chiliq tuzumi (matriarxat) va otalik urug‘chiliq tuzumi (patriaraxat)ga bo‘lingan. Bu urug‘chiliq tuzumining har bir o‘ziga xos taraqqiyot va jismoniy madaniyat hususiyatlariga ega bo‘lgan. Onalik urug‘chiliq tuzumining gullab-yashnagan davrida o‘yin uchun mahsus tayyorlangan narsalar (jundan qilingan koptok, shar, nayzabozlik tayoqlari, uchi tuntoq nayzalar, o‘yinchoq, paloxmon, o‘yinchoq yoy, bosh egri, hassa va boshqa narsalar) paydo bo‘lgan. Yoshlarni, masalan, nayza, tayoq, suyil irg‘itishga yoydan otishga o‘rgatish ibtidoiy jismoniy madaniyat tarkibiga kirib, uning eng muhum tarkibiy qismini tashkil etgan. Yoy otishga va bumerang irg‘itishga o‘rgatish ayniqsa murakkab bo‘lgan. Onalik urug‘chiliq davrida bir qancha o‘yin asboblari ham ixtiro etilgan edi. Masalan: indeeslarda otalik urug‘chiligi davriga (ularni еvropaliklar kashf etgan davrda) o‘tish bosqichidayoq ichi kovak va yaxlit kauchoqli koptoklar, mahsus chana (“taboggan”) lar bor edi; ular bu koptok va chanalardan faqat xojaliklardagina emas, balki musobaqalarda ham foydalanganlar. Kolumb davridayoq еvropaliklar indeeslarning koptoklari – Kostilyaliklari (Ispaniya) ning koptoklaridan yaxshi ekanligini tan olishga majbur bo‘lgan edilar. Indeeslar tomonidan rezina koptokni kashf etilishi ko‘pgina boshqa Yevropa xalqlarida ham koptok o‘yinning yanada ravnoq topishida muhum rol o‘ynadi. Ibtidoiy odamlarga suyakdan qilingan changilar, qongilar koptok bilan o‘ynashga mo‘ljalangan raketkalar ma’lum bo‘lgan. Onalik urug‘chiligi sharaoitida asl mehnat va mudofaa faoliyatida ayollar erkaklar bilan bab-baravar qatnashar edi. Mavjud etnografik materallardan ma’lum bo‘lishicha o‘sha vaqtlarda mushtlashish, kurashish, yugurish, tayoqbozlik, nayza irg‘itish, yoy otish yuzasida va boshqa shu kabi sohalarda ayollarning maxsus musobaqasi, ayollar bilan erkaklar musobaqasi o‘tqazilar edi. Ba’zi bir ma’lumolarga qaraganda, ayollarning Bunday mashqlari masalan; skiflarda, o‘zbek xalqining qadimiy ajdodlarida, shuningdek patriarxat tuzumi sharoitidagi ayrim boshqa uruglar orasida saqlanib qolgan. Ibtidoiy jamoa jismoniy tabiya sohasida o‘z a’zolari zimmasiga ma’lum majburiyatlar yukladi. Yosh qiz va yigitlar xayotda kerak bo‘ladigan epchiliq, chidamliliq, chaqqonlik, jasurlik va qatiyatlik kabi qobilyatlarga ega bo‘lishi lozim edi. Ba’zi qabilalarda masalan, baroro va qonella (sharqiy Brazilya)larda yigitlar ma’lum sinovlardan o‘tmagunlaricha hatto uylanishlari ham mumkin emas edilar. Kurash va yugurish eng asosiy sinovlardan edi. Brazilya tadqiqotchilaridan bari Bo‘shan, bu badan mashqlarining qiyinligi shundaki, yugurayotgan kishi yelkasida og‘ir bir yog‘och bo‘lagini ko‘tarib borishi va yugurib borib, nishonga tegizishi lozim, deb yozgan edi. Meksikalik indeeslarda yugurish musobaqasi 20 kmlik masofani aylanib o‘tishdan iborat edi. Etnograf Sobel indeeslarning qaragumar qabilasidagi ayollardan ba’zilarining ancha katta masofani erkaqlar bilan aniq bir vaqtda yugurib o‘tganligini ko‘zatgan. Sharqiy Afrikadagi ko‘pgina ibtidoiy qabilalarda langar cho‘p bilan sakrash va yugurib kelib balandlikka sakrash musobaqalari ham bo‘lganligi ma’lum. Chunonchi vatusi qabilasida yugurib kelib balandlikka sakrash va langarcho‘p bilan sakrash turli bayramlar vaqtidagi oddiy xodisa bo‘lgan.