I bob. Qadimgi dunyo xalqlarining jismoniy tarbiyasi


Impеratorlik davrida jismoniy tarbiya



Yüklə 262,77 Kb.
səhifə7/7
tarix25.08.2022
ölçüsü262,77 Kb.
#63270
1   2   3   4   5   6   7
15. Qadimgi dunyo xalqlarining jismoniy tarbiyasi

Impеratorlik davrida jismoniy tarbiya
Impеratorlik davrining boshlariga kеlib (eramizdan avvalgi I asrning dastlabki yillarida) bayramlar jami bo’lib yiliga 66 kun o’tkazilar edi. Eramizning II asri o’rtalarida ular uchun endi 135 kun, IV asri yarmida 175 kun ajratilar edi.
Tsirk o’yinlari ko’lamining yanada kеngayib borishi bilan bir qatorda (asosan qo’sh qildirakli aravalarda chopish) gladiatorlik janglari xam qoyat katta ko’lamda rivojlanadi. Gladiatorlik o’yinlari o’tkazish uchun maxsus inshootlardan eng kattasi eramizning I asrida qurilgan Kolizеy amfitеatri edi.
Musobaqa o’yinlari quldorlarni jismoniy jixatdan tayyorlashning eng muxim vositalaridan biri edi. Musobaqa o’yinlari barcha quldorlik davlatlarida o’tkazilar edi. Umumyunon olimpiya o’yinlari qoyat darajada ravnaq topdi. Musobaqa o’yinlari quldorlarni jipslashtirar va ularning jangovar qudratini, o’z sinfiy imtiyozlarini ximoya qilish uchun tayyorgarlik darajasini namoyish etuvchi o’ziga xos ko’rigi xisoblanar edi. qadimgi Rimdagi jismoniy tarbiya quldorlik tuzimining tushkunligi va chirishi davridagi quldorlar jismoniy tarbiyasining klassik namunasidir.
Qadimgi Rossiya hamda chet el mamlakatlarida jismoniy tarbiya 
Eradan awalgi IV—III asrlarda shimoliy rus xalqi mehnat va turmushda chang'idan ko'p foydalangan. Sibir va Uzoq Sharq xalqlari yugurish, nayza uloqtirish, boltani mo'ljalga otish, eshkak eshish, ayiq o'yinlari va jismoniy harakatlaming boshqa turlari bilan mashg'ul bo'lishgan.
Qadimgi slavyanlaming jismoniy mashqlari va turli xil o'yinlari alohida ajralib tuigan. Sharqiy slavyan xalqlari quldorlik tuzumini deyarli boshdan kechirmaganlar. Ular chor- vachilik, yer haydash, ovchilik, mayda hunarmandchilik bilan shug'ullanganlar.
Qadimgi slavyanlarda qizlami onalar, o'g'il bolalami esa otalar taibiyalashgan. Har bir o'g'il bolaning jangchi bo'lishi uchun tayyorlanishi ko'zda tutilgan. Tarbiya ikki yoshdan boshlanib, bola to'rt yoshga yetganda, uni otga o'tqazganlar. 10 yoshga to'lgan bolalar qilichbozlik qilib, barcha hunarlami yaxshi egallagan.
Slavyanlar Volga, Dnepr daryolari va Qora dengizda suzish, eshkak eshishni yaxshi o'iganishgan. Sharqiy slavyan xalqlar o'zlarining an’analari va marosimlarida «Ayiq jangi»,
«Ho‘kiz bilan olishuv», «Ovda» kabi o'yinlarni ijro etishdi.
Ta’kidlash lozimki, Rossiyaning madaniyat hamda jismoniy tarbiyasi davrlar o'tishi bilan rivojlangan. Bu Oktabr to‘ntarishidan keyin (1917) ham bevosita Rossiyada va mustamlaka mamlakatlarida (Kavkaz, Markaziy Osiyo, Boltiq bo‘yi va h.k.) davom ettirildi. Rossiya Federatsiyasi va sobiq SSSRning jismoniy tarbiya va sport tarixi bir hisoblanadi. Shuning uchun Rossiya Federatsiyasi va sobiq SSSR jismoniy taibiya va sport tarixi birgalikda ifoda etildi.
Pedagogikaga doir adabiyotlarda jismoniy tarbiya ma- salalari. Rus davlatining taraqqiy etishi va mustahkamlanishi bilimning turli sohalariga doir adabiyotlaiga ijtimoiy ehtiyoj tug‘dirdi. Tabiatshunoslik, meditsina va pedagogikaga oid har xil kitoblar chiqa boshladi.
Yoshlar jismoniy tarbiyasiga salbiy munosabatda bo‘lgan ruhoniylar bu masalaga doir adabiyotlaming Rusda tarqa- tishiga xalaqit berardi. Shunday boiishiga qaramasdan, XVII asr oxirlarida jismoniy tarbiya masalalari haqida- ham to‘xtalib o‘tilgan pedagogik asarlar paydo bo‘ladi. Ularning orasida eng yirigi olim, monax Yepifaniy Slavineskiyning (1676-yilda vafot etgan) «Bolalar odatlarini tarkib toptirish» nomli kitobi edi. Muallif o'zining bu kitobida «Domos- troy»da (Turmush qoidalari va bolalar tarbiyasi to‘g‘risida maslahatlar to'plami) bayon qilingan tarbiya g'oyalaridan tubdan farq qiluvchi yangi insonparvar pedagogika g'oyalarini ilgari surdi. Slavineskiyning asari bolalar shaxsiga hurmat bilan sug'orilgan edi. U bolalar tarbiyasiga, harakatli o'yinlarga alohida e’tibor berdi. Slavineskiy harakatli o'yinlarga faqat bir ermak deb qaramadi, balki ulami sog'liqni mustahkam- lash va ma’naviy jihatdan kamol toptirish vositasi deb hisobladi.
Yepifaniy Slavineskiy Rusda birinchi bo'lib o'yinlami bolalar tarbiyasida qo'llash uchun kerakli va keraksiz guruhlaiga ajratib, ulami toifalashga intildi. U to'p o'yini, yugurish va har xil sakrash o'yinlarini birinchi guruh o'yinlariga; pul yut- ish va yutqizish bilan bog'liq bo'lgan oshiq va qarta o'yinlarini, shuningdek, firibgarlik, shuhratparastlik va boshqa nuqsonlarning ildiz otishiga sabab bo‘ladigan o'yinlarni ikkinchi guruh o‘yinlariga kiritdi. Slavineskiy «O'yinni nima bezaydi?» degan savolga shunday javob beradi: «Barqarorlik, haqiqiy quvonch, jonlilik va tafakkur kuchi o'yinni bezaydi. Odamlar aytganidek, o‘yinda ko'zbo'yamachilik va ayyorlik bilan emas, balki halollik va to'g'rilik bilan g‘alaba qilish kerak». Uning xatosi shuki, suzish va kurashni sog'liq uchun zararli deb hisobladi.
Xulosa qilib aytganda, Rossiya xalqlaming jismoniy tarbiyasi eng qadimgi vaqtlardan boshlab to XVIII asiga qadar ular hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlari ta’siri ostida taraqqiy etdi. Vatanimiz hududidagi ilk quldorlik davlatlarida jismoniy tarbiya bilan quldorlaigina shug‘ullanar edilar. Qullar esa jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning har qanday imkoniyatlaridan mahrum etilgan edilar. Erkin dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi, quldorlar qo'shinga olinuvchi aholigina o'zini jismoniy jihatdan o‘stirish va harbiy tayyor- garlik ko‘rish maqsadida jismoniy mashqlar va o'yinlardan foydalanar edi.
Avlod-ajdodlarimiz bo‘lmish sharqiy slavyanlarda jismoniy tarbiya o‘ziga xos mustaqil yo‘l bilan taraqqiy etdi. Slavyanlar o‘z ijtimoiy taraqqiyotlarida quldorlik tuzumini chetlab o'tdilar. Shuning uchun ham ularning jismoniy tarbiyasiga qadimgi quldorlik jamiyati ta’sir etmadi. Slavyanlar jismoniy tarbiyasining taraqqiyoti quldorlik davlatlaridagi jismoniy tarbiya taraqqiyotiga qaraganda harbiy ishlar ta’sirida emas, balki ko'proq mehnat faoliyati ta’sirida sodir bo'lardi. Slavyanlarda jismoniy taibiya umumxalq xarakterida edi. Jismoniy mashqlar va o'yinlaming har xil turlari yuksak jismoniy va irodaviy sifatlar, harbiy-amaliy ko'nikma va malakalami tarkib toptirishga yordam berdi.
Kiyev Rusida jismoniy taibiya o'z tarixining ilk davriarida mehnat va haibiy faoliyat orqali tarkib topgan qadimiy mustaqil negiz va an’analar asosida taraqqiy etdi. Jismoniy taibiya feodal aslzodalar uchun haibiy tayyoigarlik vositalaridan biri bo'ldi va uning keng xalq ommasi ustidan o'z hokimiyatini mustahkam- lashi uchun xizmat qildi. Vaqt o'tishi bilan feodallar jismoniy
tarbiyada foydalanadigan xalq jismoniy mashqlari turlari boigan sari hukmron sinf ehtiyojlariga moslasha boidi. Buning natijasida feodallar jismoniy tarbiyasi xalq jismoniy taibiyasidan ajraUb qoldi va sinfiy xarakter kasb etdi.
Jismoniy tarbiya markazlashgan Rus davlatida, ayniqsa, sezilarli taraqqiy etdi. Biroq feodal zulm, xalq ommasining shafqatsizlik bilan ekspluatatsiya qilinganligi sababli jismoniy jihatdan taraqqiy etish imkoniyatlari chegaralanib qolgan edi. Feodallar va rus podshohlari hukmron sinf jismoniy tarbiyasiga g‘amxo‘rlik qildilar va mehnatkashlar jismoniy tarbi- yasini taraqqiy ettirishga yordam bermadilar. XVII asming ikkinchi yarmida rus podshohlari xalq jismoniy mashqlari va o'yinlarini hatto taqiqlab qo'ydilar. Cherkov dehqonlar va quyi tabaqadagi shahar aholisi o'rtasida jismoniy mashqlar va o'yinlaming rasm bo'lishiga qattiq qarshilik ko'rsatdi.


XULOSA
Eng avalo shuni ta'kidlash lozimki, xususiy mulk- chilikning rivojlanishi, ishlab chiqarishning taraqqiy etishi va ilk davlatlarning paydo bo'lishini tarixchilar eramizdan awalgi IV—III asrlarda boshlagan deb ko'rsatadilar. Bu davrlarda yirik davlatlar asosan qadimgi Sharqda, Gretsiya va Rimda bunyod etildi.
Qadimgi Sharq hududidagi Xitoy, Misr, Eron, Assuriya kabi davlatlardagi jismoniy tarbiya vositalarining xijgja-xilligi haqida haykallar qurilish yodgorliklaridagi devony suratlar, turli madaniy ashyolar, qo'lyozmalar guvohlik beradi.
Jismoniy madaniyatning ilk izlari, namunalari, O'rta yer dengizi atrofida, eradan awalgi IV asrlarda vujudga kelgan davlatlarda (Mesopotamiya) ko'proq uchraydi. Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakllari harbiy faoliyatlarda o'z ifodasini topgan. Bunda, asosan, meiganlik (kamon-yoy), bel ushlashib kurashish, mushtlashish, g'ildirakli aravalarda poyga qilish san'ati va meiganlik kabi faoliyatlar muhim o'rinni egallaydi.
Tarixchilar, tadqiqotchilarning e'tirof etishicha, greklar Olimpiya bayramlarini o'z xudosi Zevsga bag'ishlab o'tkaz- gan bo'lsalar, parfiyenlar, skiflar, eroniylar, rimliklar, arablar o'z o'yin va an'analarini messopotamiyaliklardan o'rgan- ganlar.
Hindlar va eroniylar hayotida ham turli tuman jismoniy mashqlar va o'yinlar vujudga kelgan. Ular tarkibida otda (tuyada, xachir va h.k.) yurish va ov qilish, qilichbozlik, aravachalarda poyga, kamondan o'q otish, to'plar va tayoqlar bilan o'ynash keng rivojlangan.
Qadimgi Eronda maxsus tashkil qilingan maktablarda zodagon yoshlarni tarbiyalash tizimi mavjud bo'lgan. Bunda
yuqorida tilga olingan mashqlarni (nayza sanchish, qilich ishlatish, otdan ag'darish) o'igatish dastur asosida olib boril- gan.
Qadimgi Misrda harbiy aslzodalarni harbiy-jismoniy ji- hatdan maxsus tayyorlash uchun kurash, qilchbozlik, ka-' mondan o'q otish, nayza uloqtirish kabi mashqlardan foy- dalanishgan. Buni eramizdan awalgi XVIII—XII asrlarda Beni Gossan degan joydagi fir'avnlar qabristonidan topilgan yodgorliklarda tasvirlangan 400dan ortiq jismoniy mashqlar va o'yinlarni asoslab beradi.
Misr davlatida dinlarning ko'pligi tufayli ularning xu- dolariga hamda urf-odatlariga bag'ishlangan ko'pgina bay- ramlar, an'anaviy xalq musobaqalari o'yinlar va raqslar bilan birga qo'shib olib borilgan. Keyinchalik ulardan ko'proq ideologik (g'oyaviy) maqsadda foydalanilgan.
Hukmron doiralar xalq o'yinlari va jismoniy mashqlardan o'z kamoloti va manfaatlari yo'lida foydalanganlar.
Qadimgi Sharq davlatlarida quldorlik tuzumi davrida ozod dehqonlar, kasb-hunar egalari, savdo-tijorat xodimlari orasida rasm bo'lgan xalq jismoniy tarbiyasi shakllari va xalq mashqlarining turlari quldorlar tomonidan o'z obro'yi hamda hukmronligini kuchaytirish maqsadida o'zlashtirilgan va ulardan keng foydalanilgan.
Rim davlatining vujudga kelishi eradan awalgi 754-yilga to'g'ri keladi. O'zining dastlabki 3 asri (eradan awalgi VIII— VI), shohlar davri mobaynida Rim jamiyati urug'chilik tu- zumi va patriarxal quldorlik munosabatlaming rivojlanish bosqichini o'tagan.
Rim podsholari davrida turh xil marosimlan suvoriylar, labirintlar (chalkash yo'liar) da musobaqa o'tkazishgan, ular «troyan o'yinlari» deb tarixda tilga olinadi. Bu o'yinlar aso­san rimlik patrisiylar zodagonlar uchun ahamiyatli bo'lgan. Qo'sh g'ildirakli aravada poyga, turh xil harbiy raqslar, nayza uloq-tirish, kurash va boshqa mashqlar ham keng tarqalgan. Bu quldorlik jamiyati tuzumining harbiy-jismoniy faoliyatida muhim o'rin egallagan. Shu sababdan ham, jismoniy tarbiya tizimi quldorlar harbiy qudratini mustahkamlash vazifasini o'tagan.
Rim respublika sifatida mavjud bo'lib, haibiy-siyosiy tizim tarkib topgan. Shu tufayli hokimiyat harbiy xizmat faoliyatidagi kishilar qo'lida bo'lgan. Har bir fuqaro harbiy xizmatni o'tashi - majburiy ravishda o'zini haibiylik faoli- yatiga tayyorlashi zarur edi. Shuning uchun maxsus tarbiya muassasalari tashkil etilgan.

ADABIYOTLAR RO`YXATI
1.Jismoniy tarbiya va olimpia harakati tarixi Toshkent 2017. L.A.Djalilov
2.jismoniy tarbiya 2011 toshkent T.S.Usmonxo'jaev
3.Jismoniy tarbiya va sport Xamidulla Saliyev 2019 fan va texnalogiya
4.Jismoniy madaniyat nazariyasi va tarixi O'tkir Salimov 2020. Surxon nashr
5.Jismoniy tarbiya T.S Usmonxo'jayev 2011 toshkent
6.Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati R.S.Salomov toshkent 2014


Yüklə 262,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin