I bob. Tabiat bilan tanishish-bolani kamolotga yetkazishdagi bir jarayon


I BOB. TABIAT BILAN TANISHISH-BOLANI KAMOLOTGA



Yüklə 71,72 Kb.
səhifə2/5
tarix02.06.2023
ölçüsü71,72 Kb.
#124068
1   2   3   4   5
Maktabgacha bolaning rivojlanishida tabiat

I BOB. TABIAT BILAN TANISHISH-BOLANI KAMOLOTGA
YETKAZISHDAGI BIR JARAYON
1.1.Bolaning tabiat bilan tanishishga qiziqish davri
Ma’lumki, tabiat insoniyat uchun bebaho qadriyatdir. Tabiat, tug‘ilish,
yashash, o‘sish, faoliyat maydoni hisoblanadi. Inson tabiat bilan birga yashaydi,
usadi, rivojlanadi. Insoniyat tabiatga ta’sir etibgina qolmasdan, unga bevosita bog‘liq
hamdir. Tabiatga bog‘liq omillar texnika, iqtisodiy ekologik munosabatlarini ham
belgilaydi. Ana shu holat kishilarning tabiat, atrof-muhitga bo‘lgan munosabatlarni
muvofiqlashtirish zarurligini taqozo etadi. Bolalarni ilk yoshidan hayvonot olami
bilan tanishtirish orqali ularga mehr uyg‘otish, jonsiz va jonli tabiatni muhofaza qilish ekologik tarbiyaning dastlabki elementlaridan biri sifatida tadqiq etilishi lozim
bo‘lgan muammodir. Ayniqsa, bu yo ̳nalish maxsus o‘rganilmaganligi, hozirgi kunda
esa davlat va jamiyatning barkamol shaxsga bo‘lgan ehtiyojining kuchayganligi
dolzarb ekanligidan dalolat beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolarni tabiat bilan tanishtirish orqali etetik, aqliy,
axloqiy jihatdan tarbiyalash, jismoniy rivojlantirish barcha zamonlarda ham o ̳ta
dolzarb muammolardan hisoblangan.
Tabiat bilan tanishish insonni ma’naviy kamolotga yetkazuvchi jarayon bo‘lib,
uni barcha salbiy xatolardan saqlaydi. Natijada uning xulqiy go‘zalligi ortadi. Shu
sababdan ham tabiat bilan tanishtirish orqali ta’lim-tarbiya jarayoni uzoq tarixga ega.
Shu nuqtai nazardan O‘rta Osiyo xalqlari tabiatni muhofaza qilish sohasida boy
an‘anaga ega.
Tabiatni asrab-avaylash, ardoqlash insonning burchi ekanligi haqidagi
ta’limotlar Turoni Turkistondan yetishib chiqqan buyuk olimlarning ta’limotlarida
o‘z ifodasini topgan. Allomalar o‘z davrida tabiatdan foydalanish, ular bilan bog ‘liq
bo‘lgan voqea, hodisalar haqida boy ma’lumotlarni yozib qoldirganlar. Tabiatga
mehr, yuksak axloq – odobini tarbiyalash lozimligini o‘z asarida bayon etganlar.
O‘rta asrlarda tabiat haqidagi tushunchalar Yevropa mamlakatlarida deyarli
rivojlanmadi. G‘arbiy Yevropada fan tushkunlikka tushgan bir davrda O‘rta Osiyo
olimlari uni rivojlantirdilar. O‘rta asrlarda O‘rta Osiyo olimlari hali ekologiya fani
umuman yo‘q bulgan davrda tabiat, undagi muvozanat, tabiatni e’zozlash haqida
qimmatli fikrlarni aytganlar. Buyuk alloma, ensiklopedik olim Muhammad al-
Xorazmiy (783-847) bir risolasida shunday yozadi: "Bilginki, dunyoning- ko‘zlari
yoshlansa. uning boshiga g‘am kulfat tushgan bo‘ladi. Odamlar, daryodan
mehringizni darig ‘tutmang". Demak tabiat va uning mahsuli inson uchun ekan,
undan oqilona va odilona foydalanish kerak. Yerga, suvga, hayvonlarga bo‘lgan
munosabatlarimizni yaxshilashimiz bilangina ona tabiatimizni asrab qolishimiz
mumkin. Hayvonlar na‘rasiga to‘la o‘rmonlarni, parrandayu darrandalar makoni
to‘qayzorlarni, zilol ko‘llarni va o‘tloqlarni qayta tiklashning imkoni bor.
Bu ishlarga faqat insongina qodirdir. Zero, shoir aytganidek: "Mulki jahon
ichra xoqon ham uning o‘zi ya’ni inson, demak tabiatni ham u saqlab qola oladi".
O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muxammad Muso al
- Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar
tabiat fanining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shganlar. Ular hali ekologiya fani
dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Mana shunday
zabardast buyuk allomalarimizdan Muhammad Muso al-Xorazmiy, o‘zining "Kitob
surat al - arz" asarini Abu Nasr Farobiy (870-810) "Al - hajmi va al - mikdor", "Kitob
almabodi al - inson" asarlarini Abu Rayhon Beruniy "Saydana", "Minerologiya"
asarlarini Abu Ali ibn Sino, u "Kitob al - shifo", "Tadbir ul - manzil" kabi asarlarini
yozganlar.
Hadisi sharifimizdagi tabiat, tabiatni avaylab asrash, uni ko‘paytirish, parvarish
qilishga oid bandlari bilan ham tanishib. uni chuqur tahlil qilinadi.
Ilm - fan, ma’rifat - madaniyat asrlar davomila insoniyat olamida so‘nmas
mash’al bo‘lib, yoritib kelgan.. Bizga ma’lum bo‘lmagan tarix zarvaraqlari qatida
pinhona yotgan qadriyatlarimiz, noyob qo‘lyozma asarlarimiz, qadimiy
yodgorliklarimiz istiqlol sharofati bilan tadqiqotchi olimlarimiz tomonidan teran
o‘rganilmoqda. Tarix - insonning barkamollik, taraqqiyot yo‘li. Moziyini bilmaslik
o‘zini anglamaslikdir. O‘zini anglagan xalqgina buyuk kishilarning nomlarini
e’zozlab, ruhi poklarini doimo yod etadi. Agar biz o‘tmish tariximizga, nazar
tashlasak, yashab ijod etgan pedagoglarimiz o‘zlari ijod etgan davrlardayoq bolaning
har tomonlama o‘sishida, ma’naviy ozuqa beradigan tabiatning noz-ne’matlari uning
mo‘jizalaridir. deb ta‘kidlab o‘tganlar.
Tarix zarvaraqlarida o‘zlarining o‘chmas, unutilmas nomlarini qoldirgan buyuk
pedagoglar bola tarbiyasida tabiatning ahamiyati. uning bola ruhiyatiga qanday ta’sir
qilishi haqida ilmiy fikrlarini aytib o‘tganlar.
Ushbu mavzuni o‘rganishda biz G‘arb pedagoglaridan: Y.A.Komenskiy,
J.J.Russo, I.G.Pestolotsii kabi olimlarning bola tarbiyasida tabiatning tutgan o‘rni
haqidagi ilmiy asarlari bilan tanishamiz.
Rus pedagoglaridan K.D.Ushinskiyning, "Inson tarbiya predmeti sifatida" asari
bilan tanishamiz.
Ushinskiy "Meni pedagogikada varvar hisoblasangiz ham, lekin men o‘z hayot
tajribamda shunday xulosaga keldim. Go‘zal tabiat yosh qalbga shunday katta
tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadiki, hatto pedagogikaning ta’siri ham u bilan
raqobatlashishga ojizdir", -degan edi.
Bizga ma’lumki, bola dunyoga kelar ekan ilk yoshligidan boshlab tabiat bilan
muloqotda bo‘ladi. Bu haqda buyuk pedagog olimlarimiz o‘zlari yashab o‘tgan
davrda, bolaning har tomonlama o‘sishida ma’naviy ozuqa beradigan tabiatning noz-
ne’matidir deb, ta’kidlab o‘tganlar. Biz hozirda o‘tmishdagi pedagoglarimizning dono fikrlari va ilmiy asarlariga suyanganmiz o‘zimizning pedagogik faoliyatimizda
foydalanamiz.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati. Tabiatga muhabbat - juda
keng qamrovli va murakkab his-tuyg‘udir. U yuksak ruhiy va aqliy qatlamlarni o‘z
ichiga oladigan murakkab bir butunlikni tashkil etadi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga doir tadqiqot
ishlarini olib borgan M. Umarovaning fikricha, bu hissiyotni tarbiyalashni
bolalikning erta yoshidan boshlash muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Har bir
bolada o‘zi yashab turgan mahalliy o‘lka va O‘zbekiston tabiatiga muhabbat bilan
qarash, unga ko‘ngil qo‘yish ishtiyoqi o‘sib boradi. Bolalikda tug‘ilgan bu tuyg‘u
maktab yillarida rivojlanib, boyib boradi.
Ana shuning uchun ham P.Yusupova o‘zining «Formirovaniye nachal
materialisticheskogo miroponimaniya u starshix doshkolnikov v protsesse
oznakomleniya ix s rasteniyami v usloviyax Uzbekistana» deb nomlangan tadqiqot
ishida metodist olim A.V.Zaporojetsning kuyidagi fikrini o‘rinli keltiradi: "...
maktabgacha yosh didaktikasini shunday yo‘lga qo‘yish kerakki, bolalar tevarak-
atrofdagi buyumlarning tashqi jihatlari bilangina emas, balki ular orasidagi eng oddiy
boglanishlar, kuzatilayotgan hodisalarning eng yaqin sabablari, o‘zgarish va
rivojlanishlaridagi ayrim xususiyatlar bilan ham tanishsinlar, bunday material
saviyaga mos bo‘libgina qolmay, maktabgacha yoshdagi bola uchun qiziqarli
hamdir". Bola ana shu bog‘lanishlarni anglash orqali tabiat qonunlarini bilib boradi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish - bu ularda tabiatga to‘g‘ri munosabatni
tarbiyalash va hissiy tajribaga asoslangan, atrof-muhit haqidagi real bilimlarni
anglashning ta‘limiy vositasi.
Kuzatishlarning tasdiqlashicha, bolalarning atrof-muhitdagi faoliyati asosan
o‘z-o‘zidan, kutilmagan tarzda kechadi va buni ulardagi tabiatga bo‘lgan bunday
munosabatning asosiy sababi deb hisoblash to‘g‘ri bo‘ladi. Oila, mahalla, bir so‘z bilan aytganda, tevarakdagilarning, ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasasi
tarbiyachilarining pedagogik ta’siri bilan bunday nojoiz faoliyat tuzatib boriladi.
Mana shuning uchun ham maktabgacha yoshdayoq bolalarning tabiat haqida
ishonarli ma’lumotlarni egallashlari juda muhim.
Bolalar tabiat hodisalarini to‘g‘ri idrok etishlari uchun ularning tabiatni idrok etish jarayonini yo‘naltirish zarur. Bolalarni tabiatga oshno etmasdan va maktabgacha ta‘lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya ishlarida undan keng foydalanmasdan, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama - aqliy, estetik, axloqiy, jismoniy jihatdan tarbiyalash vazifasini muvafaqqiyatli hal etib bo‘lmaydi.


Yüklə 71,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin