1.2. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ta’limiy-tarbiyaviy vazifalari hamda metodikasi O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta‘lim konsepsiyasiga ko‘ra
bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida o‘zaro bir-biriga bog‘liq ta‘limiy-
tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi.
Aqliy tarbiyadagi asosiy vazifasi - bolalarda notirik tabiat, o‘simliklar,
hayvonlar haqida ma‘lumot berish, ularning tabiat vokeahodisalarini yetarlicha idrok
eta olishlariga imkon berish.
Aqliy tarbiyaning ajralmas qismi - sensor madaniyatdir. U analizatorlarni
takomillashtirish, bolalarda keyingi umumlashmalar uchun asos bo‘ladigan hissiy
tajribani mustahkamlash, tabiatshunoslikka oid. dastlabki tushunchalarni
shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Bolalarning tabiat haqidagi bilimlarni egallashlari ularning bilish qobiliyatlari -
sensor apparati, mantiqiy fikrlashi, diqqat, nutq, kuzatuvchanlik, bilishga qiziqishi
kabilar bilan mustahkam bog‘langan bo‘lishi kerak. Fikrlashni rivojlantirish va ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish uchun bolalarning tabiat narsa-hodisalari bilan
tanishtirish, ularni kuzatilayotgan narsa-hodisalarni tushunishga o‘rgatish va ular
orasidagi aloka va munosabatlarni anglashlariga olib kelish kerak. Anglash
jarayonidagi tabiat hodisalari orasidagi sababiy aloqalar va munosabatlar fikrlashni
rivojlantiradi.
Bola o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit va tabiatning muayyan xossalarini:
havoning issiq-sovuqligini terisi bilan, suyuqliklarning ta‘mini tili bilan, havodagi
hidni burni bilan, tabiatdagi xilma-xil obyektlarning rangini ko‘zi bilan, tovushlarni
qulog‘i bilan sezib, ya‘ni mazkur xossalar bolaning besh turli sezgisiga ta‘sir etib, shu
a‘zolarda joylashgan asab hujayralari orqali bosh miyasiga borib yetib, natijada
miyada tabiatning ayrim xossalari to‘g‘risida bilim paydo bo‘ladi, ularning
ko‘rinishlari, qiyofalari, tasvirlari, manzaralari vujudga keladi.
Bolalarda bilishga qiziqishni tarbiyalash ham muhimdir. Bolalarga hayvonlar
va o‘simliklarni qanday kuzatishni ko‘rsatish, ularning diqqatini ularning tashqi
ko‘rinishi, harakatiga qaratish orqali tarbiyachi ularda nafaqat tabiat haqida
bilimlarni, balki ularga mas‘uliyatli munosabatni shakllantiradi. Faqatgina har doim bolaning yoshini hisobga olish va uning diqqatini mazkur narsa va hodisadagi nimaga
qaratishni bilish zarur. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida axloqiy, jismoniy,
mehnat va estetik tarbiyani amalga oshirish zarur.
Bolaning axloqiy rivojlanishida unda Ona tabiatga muhabbat va tiriklikka
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish asosiy o‘rin tutadi. Bolalarga bu borada eng yaqin
yo‘l ular o‘sib o‘lg‘ayotgan joydir. Maktabgacha ta‘lim muassasasida hayvonlar va
o‘simliklarning mavjud bo‘lsa, bolalar ularni kuzatadi va bokadi, tarbiyachiga
yordamlashadi. Natijada ularda tabiatga ehtiyotkorona munosabat, mehnatni sevish
va mehnat qilishga odatlanish, topshirilgan ishga mas‘uliyat o‘z-o‘zidan shakllanadi.
Bolalarda mehnatsevarlik, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash
uchun ularni o‘simliklarni sugorish va hayvonlarni ovqatlantirishning oddiy usullarini
o‘rgatish zarur. Eng muhimi, bolalarning o‘zlari bajarayotgan ish jarayoni va
natijalaridan zavq olishlariga erishish lozim. Mehnatsevarlik sifatini shakllantirish
uchun bolalarni kattalarning tabiatdagi mehnati bilan tanishtirish, ularning faoliyatiga
hurmatni tarbiyalash zarur. Bolalarning tabiatda bo‘lishi va mehnatidan ularning
jismoniy rivojlanishi va salomatliklarini mustahkamlash uchun foydalanish muhim
ahamiyatga ega.
Tabiat bolalarni estetik tarbiyalashning asosiy vositalaridan biridir. Tabiatning
go‘zalligi hatto eng kichik bolalarni ham o‘ziga rom qilmasdan qolmaydi. Ularni
tabiatni bilish jarayonida e‘tiborlarini o‘rmonning shovqinlari, qushlarning sayrashi,
barglarning shakli va rangi, gullarning hidlari, hayvonlarning harakatlariga qaratish
kerak. Buning muhim jihati bola kelajakda o‘z hayotida dunyoning barcha va
xilmaxil go‘zalliklarini idrok eta olishiga sharoit yaratishdir.
Tabiat vositasida tarbiya berish umumiy tarbiyaning bir qismi bo‘lib, u o‘z oldiga
bolalarning yosh xususiyatlarini, bilish jarayonlari, qobiliyatlarini yaxshi bilgan holda
tarbiya berishnn vazifa qilib qo‘yadi. Maktabgacha tarbiya ishida uning ko‘p qirralari
borki, bu pedagogika fani qonuniyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan juda keng
ijtimoiy hodisadir.
Biz bolalarni tabiat bilan tanishtirar ekanmiz. avvalo. pedagogika fanining
asoschilarini aytib o’tgan fikrlarga asoslanamiz. G‘arbning ilg‘or pedagoglaridan
Kominskiy: “Bolalarga beriladigan bilim hayotiylikka va ko‘rgazmalilikka asoslanishi
kerak” - degan edi. Bolalarga tabiat orqali beriladigan bilimlar turlicha metod va
usullar bilan olib boriladi va ekskursiya, sayr, ta’limiy o‘yinlar orqali mustahkamlanib
chuqurlashtiriladi.
Dasturning tabiat bilan tanishtirish bulimiga materiallar quyidagi printsiplar
asosida tanlanadi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirsh printsiplari:
-Ko‘rgazmalilik printsipi
-Entsiklopedik printsipi
-Moslikprintsip
-Ilmiylik printsipi
O‘lkashunoslik printsipi .
Bolalar yoshiga mos jonli va jonsiz tabiat haqida oddiy tushunchalar berish
bolalarga beriladigan bilimlar oddiy bo‘lishi bilan birga ilmiy aniq bo‘lishi kerak.
Masalan: o‘simlikning yorug‘likka, suvga, issiqlikka bo‘lgan ehtiyoji.
Bolalarga beriladigan bilimlarning barchasi ko‘rgazma asosida berilishi shart. O‘z o‘lkasi tabiati haqida chuqur bilim berish. Tabiatshunoslikning barcha sohalari
(botanika, zoologiya, astronomiya) haqida bilim berish. Yuqorida aytib o’tilgan printsiplar bir-biri bilan bog‘liq xolda olib boriladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ilmiylilik printsipiga rioya qilinadi. Beriladigan tabiat haqidagi bilimlar ilmiy bo‘lishi bilan birga bolalar tushunadigan bo‘lishi zarur.
Masalan: Erta bahorda kunlar isiydi. Kunlar isigani sababli daraxtlar kurtak
chiqaradi. Osmon ko‘m-ko‘k tus oldi biz endi boqcha yer maydonchasiga ekin ekishimiz mumkin.
Mana shunday oddiy misollar orqali bolalar aniq va ilmiy asosda tushunchalarga ega bo‘ladilar. Ilmiy printsipi bolalar yoshiga mos bo‘lsagina samarali natija beradi. Bu haqda Y.A.Komenskiy shunday degan: Oddiydan - murakkabga, yaqindan- uzoqqa, tanishdan-notanishga tomon borish kerak. Bu printsiplar dasturdagi tabiat bilan tanishtirish bo‘limida o’z aksini topgan. Biz bolalarni tabiat bilan tanishtirishda bevosita o’zlariga yaqin bo‘lgan, atroflarini o‘rab turgan tabiat bilan tanishtirishdan boshlaymiz. Bolalarga avval bog‘chadagi daraxtlar so‘ngra o‘rmondagi daraxtlar haqida bilim beramiz. Demak, biz yaqindan-uzoqqa tomon degan qoidaga rioya qilishimiz zarur.
Biz bolalarga bilim berishda ularning avvalgi bilimlariga tayanamiz. Shundagina ular yangi bilimni chuqur o‘zlashtirib oladilar. Bolalarga beriladigan bilim ilmiy, bolalar yoshiga mos bo‘lmasa, ular ko‘rgazmasiz bo‘lsa, bolalar yaxshi tushunmaydilar.
Y.A.Komenskiy shunday degan: "Avval sezgilarda bo‘lmagan narsa, intellektda
ham bo‘lmaydi". Shundan kelib chiqib hissiy tajribani bilish va o‘rganish asosida quyidagi ko‘rgazmalilik printsipini asoslab berdi. Ko‘rgazmalilik faqat buyum, hodisalarni ko’rib idrok etish emas, balki ularni hamma sezgi organlarini jalb qilgan holda idrok qilishdan iborat. Bu didaktikaning oltin qoidasi hisoblanadi. Agar biror bir predmetni bir necha sezgi organlari bilan idrok qilish mumkin bo‘lsa, shu narsani idrok qilish uchun bir yo‘la bir necha sezgi organlarini ishga solish lozim. Agar o‘rganilayotgan predmetni ko‘rish imkoni b‘lmasa. ularning sur’atlari yoki modellariga murojaat qilish lozim. Demak, ko‘rgazmalilik bolalarni abstrakt tushunchalarini real anglashga olib keladi.
Bolalar osmon jismlarini astronomiyadan, o’zi tug‘ilib o‘sgan shahar, qishloq, voha, daryo, tog‘larning nomlarini geografiyadan; o’simliklar nomlari. ularning o‘ziga xos xususiyatlarini botanikadan bilib boradilar.
Tabiatshunoslik bilimlarini oddiydan - murakkabga tizimli ravishda yaqindan -
ya’ni o‘z o‘lkasi tabiatidan boshlab uzoq ya’ni boshqa o‘lka tabiatini tanish. o‘rganish
asosida amalga oshiriladi. O‘z o‘lkasi tabiati bilan tanishish bevositasi bolani tevarak -
atrofdagi, bog‘chasidagi yer maydonchasidagi o‘simliklar, gullar, ko‘chatlar, daryo va
ko‘l nomlari, tog‘lar, yo‘lda uchraydigan maysalar nomi, hayvonot olami, ya’ni bola
kundalik hayoti davomida duch keladigan jonli va jonsiz tabiat bilan tanishishdan
boshlash zarur. Shu tizim asosida ish tashkil etilsa, o‘zga o‘lkaning tabiati bilan
tanishish yengil, oson kechadi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi bog‘cha sharoitida xilma-xil bo‘lib
bunda bolalarning xususiyatlari, tabiat haqidagi tushunchasi hisobga olinib, elementar
tushunchalardan tortib, bolalarga mos eng murakkab tabiat haqidagi tushunchalarni
va tabiatda bo‘ladigan voqea-hodisalarni bilib olishga o‘rgatadi. Maktabgacha tarbiya
muassasalarida bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasining ana shunday o‘ziga
xos shakllari bilan chegaralanmasdan, mavjud o‘zgartirish, yangi ish shakllarini ishlab
chiqish, hayot tajribalarini umumlashtirib har bir tarbiyachi o‘zining yashaydigan muhiti, sharoitiga mos usullarni topib amalda qo‘llashlari kerak. Har bir tarbiyachi ijodiy izlanuvchan, kuzatuvchan, tabiatdan ilhom oladigan, hayotda dadil qadam
tashlaydigan bo‘lmog‘i kerak Bugungi talaba - ertangi mutaxassis. Shunday ekan
hozirgi talabalarga qoyilayotgan talab yanada kattadir. Chunki hayotimiz doimo
rivojlanishda, fan-texnika, ta’lim-tarbiya sohasida yangi-yangi qirralar ochilmoqda.