I bob. Tabiatshunoslik o’qitish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining moddiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish


Tabiatshunoslikni o’qitishning moddiy bazasi



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə9/15
tarix14.06.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#130284
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Хабибуллаева М.

1.5.Tabiatshunoslikni o’qitishning moddiy bazasi
Tabiatshunoslikni o’qitishning moddiy bazasini asosan quyidagilar tashkil etadi:
1. Tabiatshunoslik darslarini jihozlash. 2. Jonli tabiat burchagi. 3. O’lkashunoslik burchagi. 4. Geografiya maydonchasi.
Endi bu tashkil etuvchilarning o’ziga xos xususiyatlariga e'tiborni qaratib, ular nimalardan iborat, ular bilan qanday ishlash kerak kabi masalalarni ko’rib chiqamiz. Tabiatshunoslik darslarini jihozlash.o’quvchilar birinchi sinfdan boshlab tabiatni va tabiat bilan bog’liq holda mehnat faoliyatini ekskursiyalar, predmetli darslar orqali, “O'qish kitobi”-dan tabiatshunoslik mazmunidagi matnlar hamda
“Atrofimizdagi olam” darsligini o’qish jarayonida bevosita kuzatishlar yo’li bilan o’iganadilar.Bu mashg’ulotlarda o’quvchilarning fikrlash faoliyatini tashkil qilishga yordam beruvchi har xil jihozlardan, ko’rgazmali qurollardan oydalaniladi.Ko’rgazmali qurollarga tabiiy yoki haqiqiy obyektlar, ularning mulyaji, surati, rasmi, sxemasi kiradi.o’qitishda diafilm va kinofilmlar, teleko’rsatuvlar va o’qitishning boshqa texnika vositalari muayyan maqsadni ko’zlab qo’llaniladi.
Tabiiy ko’rgazmali qurollar jismlardir. Ular o’iganilayotgan material to’g’risida ancha to’g’ri, haqiqatga yaqin tasavvurlar berib, bolalarda bevosita qabul qilish asosida tabiatshunoslik tushunchalari hosil bo’lishiga imkon yaratadi. Shunga ko’ra sinfda yoki tabiatshunoslik xonasida jonli tabiatni o’rganish uchun har xil xona o’simliklari, shuningdek, turarjoylardagi daraxtlarga xos bo’lgan shoxchalar, barglar, gullar, meva va urug’lar bo’lishi zarur. Tabiatshunoslik darslarida jonli tabiat burchagida o’stirilayotgan o’simliklardan, gerbariy va ekskur-siyalardan olib kelingan o’simliklardan foydalaniladi. Tabiat qo’ynida o’tkaziladigan darslarda va ekskursiyalarda tabiiy sharoitlardagi jonli tabiat obyektlaridan foydalaniladi.
Jonsiz tabiatni o’rganishda ham tabiiy tarqatma material, masalan, har xil rangdagi granit, sluda, kvars, dala shpati, loy, qum, kalsit (bor, marmar, ohaktosh), tuz (o’g’itlash uchun), tosh tuzi va kaliy tuzi, toshko’mir, temir, mis rudalarining namunalari, shuningdek, metallar hamda qotishmalar (temir, cho’yan, po’lat, aluminiy, birinj), tuproq namunalari va boshqalar bo’lishi kerak. Bolalarda bevosita qabul qilish mumkin bo’lmagan tabiat jisnilari va hodisalari to’g’risida aniq va to’g’ri tasavvurlar hosil qilish uchun ko’rgazmali qurollardan keng foydalaniladi. Tabiatshunoslik kursini o’rganish uchun zarur bo’lgan ko’plab ko’rsatuv jihozlari maxsus do’konlarda sotiladLChunonchi 3 - 4- sinflarda tabiatshunoslikni o’iganish uchun “Jonajon o’lka tabiati” turkumidagi jadvallar chop etilgan. Tabiatshunoslik bo’yicha devoriy o’lkashunoslik suratlaridan, shuningdek, zoologiya bo’yicha ham jadvallardan foydalanish mumkin, ular tabiatning o’lkashunoslik obyektlari to’g’risida tasavvur va tushunchalarni shakllantirishga yordam beradi.
Xarita va globus. O’quvchilar 4-sinfda xarita va globus to’g’risida dastlabki tasavvurlami oladilar, shuning uchun sinfda o’zbekiston Respublikasiining tabiiy xaritasi, yarim sharlar tabiiy xaritasi, tabiiy zonalar xaritasi, foydali qazilmalar xaritasi bo’lishi kerak. Shuningdek, atrof joyning shartli belgilariga ega bo’lgan yirik masshtabli plani va o’quvchilar yashayotgan hamda o’qiyotgan shahar yoki qishloqning planidan ham foydalaniladi. O'quv-chilarning sinfda va uyda individual ishlashlariga mo’ljallangan “Bizning vatanimiz” atlasi, shuningdek, 4- sinf uchun kontur kartalar to’plamii keng qo’llaniladi. Sinfdagi ishda diametri 42,5 sm li globusdan, indiviudal ishda esa diametri 15 sm li globusdan foydalaniladi. Proyeksion apparatlar. Proyeksion apparatlarga shishadagi diapozitivlarni namoyish qiladigan proyeksion chiroq, tiniq diapozitivlarni namoyish qiladigan alloskop va fllmoskoplar kiradi. Sanoatimizda maktab proyeksion apparatlar maxsus qo’llanma bilan biiga tayyorlangan. Darsda diapozitivlarni namoyish qilishdan oldin o’qituvchi qo’llanma mazmuni bilan tanishgan va mavjud apparatlar bilan ishlash uslublarini amaliy ravishda egallagan bo'lishi kerak.
Ekran vositalari (diafilmlar, diapozitivlar, slaydlar) mustaqil rolni bajarishi mumkin.Ekran vositalari devoriy suratlar kabi zaruriyatga qarab namoyish qilinadi.Bir darsning o’zida 5-6 kadrdan foydalanish tavsiya qilinadi.Ko’rsatilgan suratlarni o’quvchilarning o’zlari tushuntirishlari kerak. Faqat o’quvchi ko’iganlarini noto’g’ri tushuntirayotganda, mavzudan chetlaganda, muhimlarini ko’rmagandagina o’qituv-chining aralashuviga yo'l qo’yiladi. Tajribalar o’tkazish uchun jihozlar. Tajribalar va laboratoriya mashg’ulotlari uchun (darslarda va yosh tabiatshunoslar to’garagida) maxsus jihozlar: o’lchov asboblari, lupa, laboratoriya uskunalari, idishlar, materiallar, yordamchi asboblar kerak. o’lchov asboblariga har xil suyuqliklarning muayyan hajmini o’lchash uchun menzurkalar, termometrlar va shu kabilar kiradi. Jihozlarni ko’igazmali qurollar do’konlaridan sotib olish mum-kin.Ayrim asboblarni o’quvchilarning o’zlari tayyorlashadi. Laboratoriya uskunalariga laboratoriya shtativlari, uchoyoqlar, spirt lampalari, asbestlangan to’r, probirka qo’yadigan shtativlar, qisqichlar, shuningdek, idishlar (probirkalar, shisha voronkalar, kolbalar), oq shisha pufakchalari, idishlar to’plami, choy stakanlari, lampochkalar va boshqalar kiradi.

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin