1.4. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiatshunoslik haqida tasavvur va tushunchalarni shakllantirish Tabiatshunoslik darslarining asosiy maqsadi, o’quvchilarni tabiatni kuzatishga o’rgatish, ularda mehnat ko’nikmalari va tabiatga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat. Ana shu muhim talablarni bajarish, avvalo, tabiat haqidagi tasavvur va tushun-chalarni shakllantirishdan boshlanadi. Maktab dasturi talablari asosida darslar samaradorligini oshi-rish, avvalo, o’quvchilarning mustaqil kuzatishlarini to’g’ri tashkil qila olishdadir. O’quvchilarda u yoki bu tushunchani shakllantirishda narsalar to’g’risida aniq tasavvurlar hosil qilish, o’rganilayotgan materialni atrof-muhit bilan bog’lash, hissiy idrok muhim ahamiyatga ega, ya'ni tabiatshunoslik fanlarini o’rganish jarayonida olgan bilimlari asosida real borliq bilan ongli ravishda munosabat o’rnatishlari lozim. Shuning uchun fanga qiziqtirishning turli yo’llarini qo’llash, o’quv jihozlari vositasida olam va real tabiatni umumlashtirib, bir-biriga bog’lab tushuntirish lozim. Tabiatshunoslik dasturi biologik, geografik, shuningdek, tabiatda kechadigan fizik, kimyoviy jarayonlarga oid elementar tushunchalarning o’zlashtirilishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik darslarida eng muhim tushunchalarni ajratib tushuntirish ilmiy dunyoqarashning shakllanishini ta'minlaydi. Tabiatshunoslik tushunchalari umumiy muhim belgilari bilan birlashtirilgan obyektlar, hodisalar, jismlarning butun guruhi to’g’risidagi umumlashgan bilimlardir.Chunonchi, “O'simliklar” tushunchasiga barcha o’simliklar uchun umumiy bo’lgan muhit belgilari bilan bir guruhga birlashtirilgan har xil narsalar kiradi.Ularning hammasi o’sadi, rivojlanadi, nafas oladi, ko’payadi, ya'ni tirik organizm hisoblanadi.Tushunchalarni tasavvurlardan farq qila bilish kerak.Tasavvur sezgi organlar faoliyatining, xotiraning yoki tasavvur qilishning mahsulidir.Tushuncha tafakkur mahsuloti hisoblanadi. Tushunchalar qabul qilinadigan va tasavvur etiladigan narsalar ustida fikr yuritish natijasida vujudga keladi. Masalan, qushni tasavvur qilish uchun unga qarash kifoya. O’sha qush to’g’risida tushuncha hosil qilish uchun esa aniq bilimlar va ularni tizimlashtirish bo’yicha fikrlash kerak bo’ladi. Qabul qilish va tasavvurlar ayrim narsalarning qiyofasidir. Tushunchalar esa o’zida butun narsalar sinfiga taalluqli umumlashgan mazmunni aks ettiradi.Masalan, “barg” tushunchasi daraxt, buta, o’t o’simliklarda o’sadigan hamma barglarga taalluqlidir.Tasavvurlar tushunchalarning sezgili asosi hisoblanadi, biroq tasavvurlar bilan tushunchalar o’rtasida keskin chegara yo’q.Tasavvurlar narsalarning muhim xususiyatlarini tobora ko’proq aks ettirib borishi bilan umumlashadi hamda tushunchalarga aylanadi.Ayni vaqtda tushuncha o’z-o’zidan vujudga kelmaydi.U yoki bu narsa yoxud tabiat obyektlari to’g’risida tasavvurlarning bo’lishi ular to’g’risidagi tushunchadan dalolat bermaydi. Tushuncha ko’pgina ayrim hodisalarning muhim belgilarini umum-lashishi sifatida hosil bo’ladi.1-2- sinflarda o’quvchilar “Atrofimizdagi olam” fanidan umumiy tabiatshunoslik tushunchalarini oladilar.Kelgusi sinflarda ular tajribalar o’tkazish, kuzatishlar, ekskursiyalar, amaliy ishlar vaqtida tabiat to’g’risida aniq tushunchalarga ega bo’ladilar.
Umumiy tushunchalarni shakllantirishda o’qituvchi: 1) obyektlarni maqsadga yo’nalgan holda qabul qilib olinishini tashkil etishi;
2) tabiat jismlari va hodisalari to’g’risidagi har bir yangi tu-shunchani tahlil qilishi va barcha narsalarda, ilgari o’zlash-tirilganlarda takrorlanadigan muhim belgilarni ajratishi;
3) ikkinchi darajali, uncha muhim bo’lmagan barcha belgilarni mavhumlashtirish, buning uchun uncha muhim bo’lmagan turlanadigan belgili, lekin muhim belgilarini saqlagan (masalan, lola va binafsha, boychechak va lola) narsalardan foydalanishi lozim. Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishda har xil fikrlash operatsiyalaridan, ya'ni tahlil, sintez, taqqoslash, mavhum-lashtirish, konkretlashtirish, umumiylashtirish kabilardan foyda-lanishga alohida ahamiyat berish kerak. Tabiatshunoslik kursida tushunchalar umumiylashtirish va mavhumlashtirishning darajasi bo’yicha har xildir. Ularning asosiy ta'riflari:
1) mazmuni;
2) hajmi;
3) shu tushunchaning boshqa tushunchalar bilan bog’lanishi va munosabatidir.
Yakka tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish.Yakka tushunchalar boshqa narsalar, hodisalarga xos bo’lgan yakka belgilardir.Agar umumiy tushunchalar atamalar bilan mustah-kamlansa, yakka tushuncha nom yoki shaxsiy ism bilan ifodalanadi, chunki uning nomida boshqa obyekt bo’lmaydi.O’quvchilar e'tiborini obyektning umumiy tushuncha bilan bog’lanishiga qaratmoq, ya'ni obyektning yakka xususiyatini ta'kidlamoq zarur; agar u geografik obyekt bo’lsa, unda obyektga fazoviy xarakteristika berish, ya'ni joylashgan o’rnini xaritadan aniqlash kerak.
Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishda umumiy bo’lmagan tushunchalardan umumiyroq bo’lgan tushunchalarga kelish bo’yicha o’tkaziladigan mashqlar katta ahamiyatga ega. Masalan, tur doirasidagi “bo'ri”, “tulki”, “yo'lbars”, “sher” tushunchalari avlod doirasidagi “yirtqichlar” tushunchasiga kiradi. Bunda farq ettiruvchi xususiyatlar (tur belgilari): junlarining rangi, tana tuzilishi, harakatlanish xususiyatlari shu hayvonlarning tashqi ko’rinishidayoq ma'lum bo’ladi. Ularning avlod doirasidagi umumiy belgisi boshqa hayvonning go’shti bilan oziqlanish qobiliyatidir.o’quvchilarni avlod doirasidagi belgilarni tur doirasidagi belgilardan farqlashga o’rgatish uchun har bir tushuncha aniq ifodalangan va aniq belgilarni o’zida saqlagan bo’lishi kerak. Masalan, “na'matak, siren, ligustrumlar - buta”, degan ta'rif noto’g’ri, chunki unda aniqlik yo’q. Buning o’rniga “na'matak, siren, ligustrumlar - buta, chunki ularda asosiy poya yo’q, ildizdan esa birdaniga bir nechta novdalar o'sgan”, deyish kerak.