I.2. Tabiatshunoslik o`qitishda pedagogik texnologiyalarni qo`llashning ahamiyati Hozirgi davr ta`lim nazariyasida pedagogik texnologiya tushunchasiga keng urg`u berilmoqda.
Pedagogika adabiyotlarda “tenologiya”, “pedagogik texnologiya” terminiga har xil ta`riflar mavjud. Bu ta`riflar har bir muallifning pedagogik texnologiyaga o`ziga xos yondashuvi asosida vujudga kelmoqda. Pedagogika texnologiya fan sifatida ham, shuningdek, ta`lim jarayonida qo`llaniladigan prinsiplar, yo`l va usullar sifatida ham shakillanib kelmoqda.
“Texnologiya» so`zi yunoncha so`z olingan bo`lib, ikki so`z birikmasidan iborat, ya`ni «techno» va «logos» so`zlaridan iborat. Uning ma`nosi quyidagicha: «techno» (texno) moxirlik, ustalik, uddaburonlik tushunchalari. «logos» esa bilim, tushuncha, fikr, operatsiyalar, ishlar yoki jarayonlarni bajarish usullari, qonuniyatlari, vositalari va navbati to`g`risidagi ma`lumotlar majmui.
Ta`lim samaradorligini oshirishga texnologik yondoshuv AQSH da o`ttiz yillar muqaddam shakllangan edi.
Bu yo`nalishning psixologiyadagi eng muxim qoidasi organizmning qo`zg`atkichi (stimulyatsiya) bilan unga javobi o`rtasidagi aloqani bir ma`noligining so`zsiz tan olinishidir. Bu ta`lim jarayonini tajriba-sinov tarzida o`rganishga ham, bu jarayonni boshqarishga ham bir xilda daxldordir. Bir organzmda sodir bo`layotgan ichki jarayonlar to`g`risida (shu jumladan, psixik jarayonlar to`g`risida ham) tashqi ko`zatiladigan harakatlarni taxlil qilmay turib hech narsa bila olmasligimiz shubxasiz dalil ekanligidan kelib chiqsak, bixevioristlar qo`zg`atkich bilan cheklanadi. Bu cheklanish bixeviorizm ahamiyatini kamaytiradi, chunki har qanday nazariya bevosita ko`zatishdan yashiringan u yoki bu qonuniyatlarni bilishni nazarda tutadi.
Yaqin o`tmishda bixeviarizm mafkuraviy sabablarga ko`ra burjuazil faniga kiritilgan edi va shu sababdan inkor etilardi. Masalan, 1954 yilda M.Rozental va P.Yudin taxriri ostida chiqqan «qisqacha falsafiy lug`at»da bunday deyiladi: «Bixeviorizm (inglizcha xulq-atvor) AQSH zamonaviy burjda psixologiyasida hukmronlik qiluvchi reaksion oqimlardan biri». Aytib o`tamiz, bu lug`atda quyidagi «durdona» ham bor: «Kibernetika» - yunoncha so`z bo`lib, «yo`naltiruvchi», «boshqaruvchi» degan ma`nolarni anglatadi.
AQSH da ikkinchi jahon urushdan so`ng paydo bo`lgan, boshqa kapitalistik mamlakatlarda ham keng tarqalgan reaksion, qalbaki fan» . To`g`ri, yillar o`tishi bilan bixeviorizm to`g`risida aytilgan gaplar ohangi jiddiy o`zgardi. Masalan, A.V.Petrovskiy va M.G.Yaroshevskiy taxriri ostida chiqqan (1990) «Psixologiya» lug`atida «Bixeviorizm g`oyalari tilshunoslik, antropologiya, sotsiologiya, semiotikaga ta`sir ko`rsatdi va kibernetika manbalaridan biriga aylandi. Bixevioristlar xulq-atvorni o`rganishning empirik va matematik metodlarini ishlab chiqishga, bir qator psixologik muammolarning kuyilishiga muxim hissa qo`shdi. Bixeviorizmning psixologiya ilmiy iboralarini rivojlantirishdagi asosiy ahamiyati harakat (ta`sir) tushunchasini ishlab chiqarilishidadir. Oldingi nuqtai nazarlarda faqat ichki harakat yoki jarayon deb qaralgan bo`lsa, bixeviorizm unga tashqi, tan (badan) aks ta`sirini ham kiritib, psixologiya soxasini kengaytirdi.
AQSH da «bixeviorist» (xulq atvor bo`yicha mutaxassis, testolog)-juda nufo`zli, yuqori haq to`lanadigan kasb hisoblanadi. J.Uotson, E.Toriayk, S.Tressi, B.Skinnerni pedagogik texnologiyaga zamin tayyorlagan dasturlashtirilgan ta`limning «otasi» deyishadi.
Bixeviorizm haqida I.T.Podlasuy muhim fikr bildirgan. Uning fikricha, bixeviorizmni «g`ayriilmiy» g`arbiy pedagogik oqim sifatidagi tasavvur rus o`qituvchilari ongida qattiq o`tirib qolgan. Bu ajablanarli emas, chunki ilmdagi g`oyachilar yarim asr davomida o`zlarining beo`xshov sinfiy qarashlari bilan, sotsializm g`oyalariga sodiq kishilarni shakllantirish nuqtai nazari bilan kurashdilar. Bixeviorizmning ishonchi muayyan xayotdagi xolati bo`yicha qarashi o`rnatilgan g`oyaga mos kelmas edi. Bixevioristlar ham bu soxada yanglishganlar. Keyinchalik, ilm-fan egallagan cho`qqilardan nazar solinganda, ularning nazariyalarida qarama-qarshiliklarni aniqladi. Shunga qaramay kishi xulq-atvorining ahamiyati va rag`batlanishdagi o`rnini aniqlashda bixeviorizmlar to`g`ri fikrda edilar. Bir talay amerikalik pedagog olimlarning o`z imkoniyatlarini bixeviorizm orqali kengaytirganliklari va buyuk natijalarga erishganligi fikrimizning dalili bo`lib xizmat qiladi.
Bixevioristik ta`limotning asosini «rag`bat-hatti-harakat» iborasi tashkil etadi. Soddaroq qilib aytganda kishi xulq-atvori rag`batlantiruvchi ta`sirdan kelib chiqadi. Bixeviorizm g`oyalarining keng tashvikotchisi D.Uotson doimo shu narsani ta`kidlagan: «To`g`ri qo`llanilgan rag`batlantirish va uni ijobiy qo`llab-quvvatlash kishi xulq-atvorini o`zgartirishda va xatto shaxsni shakllantirishda beqiyos imkoniyatlarni ochib beradi». Yana uning yozishicha: «Har joydagi asosiy maqsadim-rag`batlantirish vositalari va ularni keltirib chiqarish haqidagi aniq bilimlarimni kengaytirishdir».
Katta Sovet Ensiklopediyasi buyurtmasi asosida tayyorlangan «Bixeviorizm» maqolasida D.Uotson ta`rifni mukammallashtirdi: «Bixeviorizmning asosiy vazifasi rag`batlantirishga javoban kishi hatti-harakatini ko`zatib natijalarni jamlash va oqibat natijada bixeviorist har bir vaziyatda kishining aniq rag`batga qanday hatti-harakat bilan javob berishini avvaldan bashorat qilishidir».
Minglab pedagog va o`qituvchilarimiz ta`lim –tarbiya jarayonidan so`ng o`z o`quvchilaridan kutadigan hatti-harakat xulq-atvorni tashhis va bashorat qilish bilan mashg`ul bo`ladilar.
Bu borada yuqori natija va samaraga ega emasligimiz ma`lum.
Amerika pedagogikasi bixevioristik rag`batlash va quvvatlash nazariyasini qabul qilgan. U ta`lim jarayonida egallangan bilim, ko`nikma, fikrlash tarzi, baholash, xulq kabi hatti-harakatlar majmuasini namoyish etishni oldingi qatorga olib chiqdi. Masalan: matndagi ataylab yo`l qo`yilgan xatoni o`qib chiqib, xech bo`lmaganda 90 foiz aniqlikda topish;
- o`quvchilar uch xonalik o`rta son ustida bexato amallar bajara olishni namoyon etadilar;
- «Gamlet» ni o`qib chiqib, uning qisqa mazmunini yozma ravishda ifoda qiladilar;
- o`quvchi xayvonlarning atrof-muxitga qanday moslasha borishini tasvirlab beradi;
- kutubxonada mustaqil ishlab o`quvchi o`z guruxida ma`lum mavzu bo`yicha ma`ruza qila oladi;
-qurbaqaning ichki a`zolarini jarrohlik yo`li bilan aniqlaydi.
Bixeviorizmni inkor etilishi Amerika va sobiq sovet pedagogikasi o`rtasida ta`lim nazariyasiga turlicha yondashuvlarga sabab bo`ldi. Rossiya pedagogika qomusida (1993) aytib o`tilganidek “zamonaviy ingliz Amerika pedagogikasida «didaktika» atamasi ishlatilmaydi, ta`lim nazariyasi esa asosan pedagogik psixologiyaga taaluqli asarlarda ishlab chiqiladi va bayon qilinadi”. Amerika pedagogik psixologiyasi didaktikaning ko`pgina aqliy va onglilik qoidalaridan farq qilib eksperimental psixologiyaning aniq uslublariga asoslanadi va shuning uchun amaliyotga keng yo`l beradi. Aytish lozimki, keyingi o`n yilliklarda o`qitishda bunday ikki nazariy yondashuvlarning bir-birini boyitishi kuzatilmoqda
Bixevioristlarning asarlari testologiyaning qaror topishiga olib keldi.
Testologiya ham avvalgi qattiq ma`muriy-buyruqbozlik tizimida xuddi pedagogik texnologiya kabi «burjuaziya» fani doirasiga kiritilgan edi. Mustaqil O`zbekiston MDX mamlakatlarida birinchi bo`lib jahon pedagogika faniga «darcha» ochdi va olimlar uchun chet el fanining amalda o`zini oqlagan natijalarini tanlab olish va O`zbekiston an`analari va tajribasini nazarda tutib, foydalanish imkoniyatlarini yaratdi.
1992 yilning mart oyida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan oliy o`quv yurtlariga talabalarni qabul qilishni test asosida o`tkazish joriy qilindi. Bu ilgarilari foydalanishi ta`qiqlangan yoki cheklangan pedagogik test sinovlarining ta`lim tizimiga keng joriy qilinishiga asos soldi.
Oliy va o`rta maxsus maktab muammolari institutda oliy o`quv yurtlari o`qituvchilariga pedagogik texnologiyani o`zlashtirishlarida yordam berishga mo`ljallangan ta`lim sifati va pedagogik texnologiyalar bo`limi ishlab turibdi.
Hozirgi kunda ta`lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llashga bo`lgan qiziqish, e`tibori kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo`lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an`anaviy ta`limda o`quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o`rgatilgan bo`lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarni o`zlari qidirib topishlariga, mustaqil o`rganib, taxlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o`zlari keltirib chiqarishlariga o`rgatadi.
O`qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo`naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta`lim jarayonida o`quvchi asosiy figuraga aylanadi.
Innovatsiya (inglizcha innovation)-yangilik kiritish,yangilik.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o`qituvchi va o`quvchi faoliyatiga yangilik, o`zgartirishlar kiritish bo`lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to`liq foydalaniladi. Interfaol metodlar bu jamoa bo`lib fikrlash deb yuritiladi, ya`ni pedagogik ta`sir etish usullari bo`lib ta`lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o`ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o`quvchilarning birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ularga quyidagilar kiradi:
- o`quvchining dars davomida befarq bo`lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish, izlanishga majbu etishi;
- o`quvchilarni o`quv jarayonida bilimga bo`lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo`lishini ta`minlash;
- o`quvchining bilimga bo`lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan xolda kuchaytirish;
- pedagog va o`quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi. Pedagogik texnologiyalar masalalari, muammolarini o`rganayotgan o`qituvchilar, ilmiy- tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya-bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog`lik, hamda o`qitish jarayonida qo`llanishi zarur bo`lgan TSO, kompyuter, masofali o`qish yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Ammo, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi – bu o`qituvchi va o`quvchi belgilagan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog`lik, ya`ni o`qitish jarayonida, maqsad bo`yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo`llaniladigan har bir ta`lim texnologiyasi o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o`quv jarayonida o`quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, izlansalar, taxlil eta olsalar, o`zlari xulosa qila olsalar, o`zlariga, sinfdoshlariga baxo bera olsalar, o`qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, ana shu, o`qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o`quv predmetining o`ziga xos texnologiyasi bor, ya`ni o`quv jarayonidagi pedagogik texnologiya –bu yakka tartibdagi jarayon bo`lib, u o`quvchining extiyojidan kelib chiqqan xolda bir maqsadga yo`naltirilgan, oldindan loyixalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
O`qituvchi va o`quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunga o`quvchilarning bilim saviyasi, gurux harakteri, sharoitga qarab – ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun balkim, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo`lar, bular o`qituvchi va o`quvchiga bog`liq.
Shu bilan bir qatorda o`qitish jarayonini oldindan loyixalashtirish zarur, bu jarayonda o`qituvchi o`quv predmetining o`ziga xos tomonini, joy va sharoitni, TSO ni, eng asosiysi o`quvchining imkoniyati va extiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishni hisobga olishi kerak, shundagina kerakli kafolatlangan natijaga erishishi mumkin. Qisqacha qilib aytganda, o`quvchini ta`limning markaziga olib chiqish kerak.
O`qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit xolatda ko`ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo`lajak dars jarayonini loyixalashtirib olish kerak.
Bunda o`qituvchiga u tomonidan bo`lajak darsni texnologik haritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik haritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o`qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o`quvchilarning imkoniyati va extiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Bunday texnologik haritani tuzish oson emas, chunki buning uchun o`qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogika va axborot texnologiyalaridan xabardor bo`lishi, shuningdek, juda ko`p metodlar, usullarni bilishi kerak bo`ladi. Har bir darsni rang-barang, qiziqarli bo`lishi avvaldan puxta o`ylab tuzilgan darsning loyixalashtirilgan texnologik haritasiga bog`liq.
Darsning texnologik haritasini qay ko`rinishda yoki shaklda tuzish, bu o`qituvchining tajribasi, qo`ygan maqsadi va ixtiyoriga bog`liq. Texnologik harta qanday tuzilgan bo`lmasin, unda dars jarayoni yaxlit xolda aks etgan bo`lishi, hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to`liq o`z ifodasini topgan bo`lishi kerak. Texnologik haritani tuzishi o`qituvchining darsni kengaytirilgan konspektini yozishdan xalos etadi, chunki bunday haritada dars jarayonining barcha qirralari o`z aksini topadi.
O`qituvchi tomonidan o`zi o`qiyotgan fanning har bir mavzusi, har bir dars mashg`uloti bo`yicha tuzilgan texnologik harita unga fanni, predmetni yaxlit xolda tasavvur etib yondashishga, tushunishga, yaxlit o`quv jarayonining boshlanishi, maqsadidan tortib, erishiladigan natijasigacha ko`ra olishiga yordam beradi. Ayniqsa, texnologik haritani o`quvchining imkoniyati, extiyojidan kelib chiqqan xolda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta`limning markaziga olib chiqishga olib keladi. Bu esa o`qitishning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. O`qitish jarayonida o`quvchilarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo`llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshishi, ma`suliyatni sezish qobiliyatlarini kuchaytiradi.
Bunday natijaga erishish amaliyotda o`quv jarayonida texnologiyalarni qo`llashni takozo etadi.
Har qanday pedagogik texnologiya ta`limning yangi mazmunni shakllantiruvchi ta`lim tamoyillariga asoslangan bo`lib, u o`quvchi shaxsini tarbiyalashga yo`naltirilmog`i kerak. Ta`lim jarayonining faol subyektlari pedagog va o`quvchilar bo`lib, ularning hamkorlikdagi faoliyatlari muayyan mavzu bo`yicha kam kuch va vaqt sarflangan xolda bilimlarni chuqur o`zlashtirish imkonini beruvchi jarayonning umumiy moxiyatini tavsiflaydi. O`qituvchining faol, samarali faoliyat ko`rsatishiga yo`naltirilgan ta`lim jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda, ta`limning pedagogiyasi ta`lim oluvchilarga nisbatan yo`naltirilgan bo`lib, ularning shaxsiy, shuningdek o`qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan xolda, o`quv materiallarini o`zlashtirishga qaratiladi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi o`quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta`lim maqsadiga erishini ta`minlashdan iboratdir.
Pedagogik texnologiyani tanlash dars va mashg`ulotda qaysi darajadagi bilim va ko`nikmalarni o`zlashtirishni nazarda tutilganligiga bog`liqdir.
Ta`lim jarayonning didaktik tarkibi quyidagi pedagogik texnologiyalarni ajratish imkonini beradi: muayyan o`quv-tarbiya maqsadlarini bajarishga sabab bo`luvchi omillarni yaratishga asoslangan pedagogik texnologiya, faoliyat kursatishga asoslangan pedagogik texnologiya. Ta`lim-tarbiya jarayoni butun mashg`ulot davomida o`quvchi faolliga va qiziquvchanligini muntazam ravishda uyg`otib borish maqsadini ko`zda tutadi. O`quv omillarini yaratishga asoslangan pedagogik texnologiya o`quvchilarni tezkorlik bilan o`quv faoliyatiga jalb qilish imkonini beradi.
Aks xolda, zaif, yetarli darajada tushunarli bo`lmagan yoki aniq natijani ko`zlanmagan topshiriqlar mashg`ulotning samarasiz yakunlanishga olib keladi.
Bunday xolatlar ko`p xollarda o`qituvchining o`quvchiga nisbatan salbiy munosabatda bo`lishiga olib keladi.
Bu xol o`quvchinng ortiqcha hissiyotlarga berilishi, o`quv faoliyatiga undovchi rag`batning pasayishi, o`qishdan bezishi hamda o`quv predmeti va o`qituvchiga nisbatan salbiy munosabatda bo`lishiga sabab bo`ladi.
O`qituvchi va o`quvchi orasidagi munosabat insonparvarlik mezoni asosida tashkil etilib, noxush hissiyotlarni bartaraf etishga yo`naltirmog`i lozim. O`qituvchi bilan talaba orasidagi munosabat. Hozirda kompyuterli o`qitish texnologiyasi qatorida masofali o`qitish texnologiyasini yo`lga qo`yish dolzarb masalalardan biri bo`lib kelmoqda. Ammo, ayni vaqtda Respublikamizning birorta oliy o`quv yurtida masofali o`qitishning zamonaviy texnologiyalari va usullarini o`zlashtirgan pedagog kadrlar tayyorlash yo`lga qo`yilgani yo`q.
Ayrim xorijiy mamlakatlarda masofali o`qitish tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlashga aloxida e`tibor qaratilmokda. Masalan: “E-Learning” va “On-line teaching” mutaxassisligi bo`yicha magistrlar tayyorlash dasturi oxirgi yillarda yo`lga qo`yilgan.
Xo`sh, masofali ta`lim o`qituvchisi kim?
Birinchi galda, masofali ta`lim o`qituvchisi masofali texnologiyalarni qo`llash orqali ta`lim beruvchi o`qituvchidir.
U masofali o`qitishning barcha texnologiyalarini-Internet-texnologiya va Keys-texnologiyadan boshlab,barcha TV va radio eshittirish texnologiyalarida ish yuritishni biladigan o`qituvchidir.
Masofali ta`lim o`qituvchining pedagog sifatida shakllanishida muxim omil bo`ladi va uning imkoniyatlarini oshiradi, xususan, u quyidagilarga namoyon bo`ladi:
- mutaxassis uyda turib ishning asosiy qismini bajaradi, o`quvchi bilan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali bog`lanadi. Bu usul telekompyuting deyilib, ayni vaqtda G`arbda o`ta ommalashgan.
- ta`lim oluvchilarning turli guruxlari bilan ishlash imkonini beradi;
-maqbul ishlash rejimini tanlash imkonini beradi (vaqt, shartlari va texnik vositalarni ishlatish bo`yicha);
-ta`lim oluvchilar doirasining kengaytirish imkoniyati yaratiladi.;
Boshka o`quv jarayonidagi kabi,masofali ta`limda ham e`tibor markazida o`quvchi turadi. O`quvchilar bu jarayonda ham o`qituvchilar bilan qat`iy muloqatda bo`ladilar.
Bugungi kunning o`qituvchisi masofali ta`lim tizimida dars o`tishi uchun quyidagi malaka va bilimlarga ega bo`lishlari lozim;
-shaxsiy kompyuterlar va ularning qo`shimcha qurilmalarida ishlash prinsiplarini bilish;
-zamonaviy dasturiy vositalarda ish yuritish, xususan, hech bo`lmaganda MS Word matn muharriri, MS Power Point taqdimot yaratish dasturi va MS Office va boshqa standart dasturlarda ishlashni bilish;
- internet tarmog`ida ishlashni asosiy prinsiplarini bilish, xususan, MS Exploren va MS Ontlook Express norma dasturida ishlash;
-yangi informatsion texnologiya vositalaridan ta`lim jarayonida foydalanib o`tish muammolari bo`yicha yaratilgan ilmiy va metodik adabiyotlarni bilish;
-o`quv jarayonini boshqarish uchun kompyuter qo`llash imkoniyatlarini tushunish;
-dasturiy ta`minotni didaktik imkoniyatlari nuqtai-nazaridan taxlil qila bilish.
Umumiy o`rta ta`lim maktablari – sinflarida 1986 yilga qadar tabiatshunoslik aloxida predmet sifatida o`tilmas edi. Faqatgina kuzatish va ekskursiyalar vaqtida, shuningdek, «O`qish kitobiga» kiritilgan matnlar orqali tabiatshunoslik materiali bilan tanishar edilar. Endilikda 1-sinflarda o`z joyidagi tabiat obyektlarini o`lkashunoslik yo`nalishida ko`zatishlarga asoslangan «Atrofimizdagi olam» darslari utiladi.
2-sinfda o`quvchilar atrof olam bilan tanishini davom ettiradilar. «Atrofimizdagi olam» darslarining ikkinchi yil ukitishning vazifasi birinchi sinfda belgilangan yo`nalishlarni o`quvchilarning yoshiga bog`liq psixologiyasidan kelib chikib rivojlantirishdir.
Har bir mavzuni ochib berishda bolalarning Vatan, jonajon tabiat, ijtimoiy xayot to`g`risidagi tasavvurlari kengayadi. O`quvchilarda uyda, maktabda va boshka jamoat joylarida to`g`ri yurish turish o`quvchilar o`quvchilari hamda ko`nikmalarini shakllantirishda, tabiatdagi muxim o`zaro alokaalokalarni aniklashda tabiatga muxabbat va muruvvatli munosabatda bo`lishni shakllantirishga e`tibor qaratiladi.
Tabiat-bitmas-tuganmas xazina. Uning jonli va jonsiz tabiati, turli-tuman o`simliklari dunyosi, xayvonot olami yosh avlodni to`g`ri o`sib, shakllanishida, tabiatda bo`ladigan voqea -xodisalarning sir-asrorini o`rganib yetishida katta manba bo`lib xizmat qiladi. Bolalar qiziquvchan bo`ladi. Ular atrof-muxitdagi jonli va jonsiz tabiatga tabiiy xodisa va jarayonlarga qiziqadilar. Bolalarning ongini o`stirishda, qobiliyatlarini rivojlantirishda, bilim to`plash imkonini, shaxsiy tajribasini oshirishda, kuzatuvchanlik, taxlil qilish, mantiqiy fikrlash xususiyatlarini shakllantirishda tabiatning o`rni beqiyosdir.
Tevarak-atrofimizdagi voqea-xodisalarni, jismlarni, jonli va jonsiz tabiatni bog`cha yoshidan boshlab o`rganitish kerak. Chunki, tabait go`zalliklarini ko`rib, his eta olgan, uni seva olgan, tabiatda sodir bo`ladigan voqea-xodisalar xaqida to`g`ri tushunchalarga ega bo`lgan yosh avlod kelgusida tabiat bilan oqilona munosabatda bo`la oladi, tabiatdagi boyliklarni muxofaza eta oladi.
Bu fan o`quvchilarning shaxsiy tajribasini boyitadi, atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiat va undagi sodir bulayotgan jarayon va xodisalar to`g`risida bilimlar to`plash imkonini beradi.
Ushbu fan o`quvchilarning bilimga bo`lgan qiziqishlarini, qobiliyatlarini: ko`rgan narsa va xodisalarni kuzatish va analiz qilish, to`g`ri xulosa chiqarish va umumlashtirish malakasini rivojlantirib borishga har tomonlama yordam berish kerak. Tabiatshunoslik darslarida o`quvchilar, umumiy ta`lim nuqtai - nazaridan olganda qimmatli bo`lgan bir qancha malaka va ko`nikmalarni egallashlari kerak.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida «Tabiatshunoslik» fani 3- sinfdan o`qitiladi. Tabiatshunoslik darslarini o`tish davomida o`quvchilarning 1-2 sinflik davrlarida «Atrofimizdagi olam» kursidan olgan bilimlari umumlashtiriladi, kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi.
Tabiatshunoslik fani 1-sinfda ham o`tilib, shu sinfda yakunlanadi.Bunda o`quvchilarning 3-sinfda o`zlashtirilgan bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish bilan birga ularni sistemaga solish, ularda fanda o`tiladigan materiallarga doir tasavvur va tushunchalarni izchillik bilan rivojlantirish, amaliy mashg`ulotlarda tajribalar qo`shish va boshqa o`quvlarni shakllantirish va rivojlantirish, tabiatshunoslikni turmush va amaliy faoliyat bilan bog`lanishini ta`minlash, o`quvchilarda tabiatni idrok qilish, tabiatni muxofaza qilish bo`yicha turli xil ishlarga sistemali ravishda jalb qilib borish vazifalari bajariladi: Umumiy qilib olganda bu vazifalar ta`lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi yo`nalishga ega.
Bolalar turli manabaalardan: atrofdagi voqelik, tajribalar, kitoblar, har xil ko`rgazmali qurollardan: ba`zi eng oddiy asbobolar: termometr, gnomon –tayoqchadan: tajribalar qo`yish uchun zarur bo`ladigan eng oddiy laboratoriya anjomlar: probirkalar, kolbalar, spirt lampalari, ximiyaviy stakanlardan foydalana olishlari kerak.
Bundan tashqari o`quvchilar o`zlari tomonidan olib borilgan kuzatuvlarni og`zaki yoki yozma ravishda qayd qilib, umumlashtirib bera olishlari kerak.
Tabiatdagi go`zallik va uyg`unlikni bolalarga ko`rsatishda tabiatshunoslik darslarining o`rni juda kattadir. Ular bolalarda atrof- muxitdagi tabiat boyliklarni asrab–vaylash, unga insonparvarlik nuqtai-nazaridan qarash hissini tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Tabiatshunoslik darslarida o`quvchilar dastlab jonsiz va jonli tabiatni o`rganadilar. Bular o`quvchilarga ekskursiyalar, amaliy mashg`ulotlar orqali tushuntiriladi. O`quvchilar jonli va jonsiz tabiat obyektlarini xossa va xususiyatlarini, shu bilan birga ularning kishilar xayotidagi ahamiyatini o`rganadilar.
O`quvchilar tabiatdagi sabab-oqibat bog`lanishlari va qonuniyatlari to`g`risidagi bilimlarni o`zlashtirib olmasalar ularda ilmiy, dunyoqarash to`la shakllanmaydi. O`quvchilar maktab o`quv tajriba maydonchasida o`simliklarni ekishda ishtirok etadilar va bu jarayonda madaniy o`simliklarning xosildorligi ularni yetishtirishda qo`llaniladigan agrotexnika tadbirlariga bog`liq ekanligini bilib oladilar.
Ob-havoni va turli fenologik xodisalarni kuzatish orqali ham o`quvchilarga sabab-oqibat bog`lanishlarni singdirish mumkin.
Tabiatshunoslik darslari o`quvchilar tafakkurini rivojlantirishda o`z hissasini qo`shadi. Shu maqsadga erishishida maxsus mantiqiy darslardan foydalanish qo`l keladi.
Tabiatshunoslik darslari jonajon o`lkani sevish, uning boyliklarini asrash, muxofaza qilish tushunchalarini shakllantirishda muxim ahamiyatga ega. O`qituvchi o`quvchilarga yashaydigan shaxri, kishlog`i, uning naqadar go`zalligi, undagi korxonalar va ishlab chiqarish tarmoqlarining nechog`li zarurligi va boshqalarni yetkaza olishi kerak. Bu o`quvchilarni oliy maqsadlar, oliyjanob ishlar sari chorlaydi, vatanparvar bo`lishga undaydi.
Insonning go`zallikdan zavqlanish, uni sevish va qadrlash layoqati tug`ma bo`lmaydi. O`z ustida muntazam ishlagan, izlanuvchan o`qituvchi bu layoqatli tabiatshunoslikdan o`tiladigan darslar orqali bemalol uyg`otishi mumkin.
Kishilarning o`ylamasdan qiladigan, tabiatga xalokatli ta`sir ko`rsatadigan faoliyati natijalarini tabiatshunoslik darslarida o`ta moxirlik bilan o`quvchilarga yetkaza bilish ularning tabiatga munosabatda ma`suliyat bilan yondashish, tabiiy ne`matlarni muxofaza qilish, tirik organizmlar to`g`risida kayg`urish, ularga yordam berish zarurligini his qilishlarini tarbiyalaydi.
Bilimlarni egallab borish, mantiqiy fikrlashni muntazam ravishda mashq qilib turish, o`rganilayotgan material yuzasidan xulosa chiqarish, bir fikrga kelish malakasini asta-sekin egallab borish, o`z qarashlarini shakllantirish o`quvchilarning ta`lim olishlari jarayonida bajaradigan og`ir mehnatlari hisoblanadi. Tabiatshunoslik darslari o`quvchilarda mehnat tarbiyasini ayniqsa, aqliy mehnat tarbiyasini shakllantirishda katta o`rin tutadi. Misol uchun doimiy o`tkaziladigan fenologik kuzatishlar aqliy jihatdan ancha zo`r berishi, iroda kuchini talab qiladigan mashaqqatli mehnat hisoblanadi.
O`qituvchi ana shu mehnatning bolalar uchun quvonchli va qiziqarli bo`lishiga erishishi kerak. Aks xolda darsdan kuzlangan maqsadga erishish qiyin kechadi. Zerikarli o`tgan bunday darslardan bolalar bezib qoladilar. Chunki, bu jarayonda aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat chambarchas bog`langan bo`ladi. O`quchilar bu vaqtda belkurak, xaskash, tesha singari mehnat qurollaridan foydalanadilar. Xulosa qilib aytganda tabiatshunoslik darslari o`quvchilarda tabiatga bo`lgan mexrni, ilmiy dunyoqarashni, mehnat tarbiyasini, estetik tarbiyani, vatanparvarlik va boshqa xususiyatlarning shakllantirishda muxim o`rin tutadi.
Darslarni bir qolipda o`tish jarayoni o`quvchilarning ko`pchilik uchun zerikarli hisoblanadi. Ularning darsga bo`lgan qiziqishini susaytiradi.
Natijada darslardan ko`zlangan maqsadga erishib bo`lmaydi.
Tabiatshunoslik darslaridan ko`zlangan maqsadga erishish amaliyotda o`quv jarayonida ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarni qo`llashni taqozo etadi. Ular juda xilma-xildir.Tabiatshunoslik darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish o`quvchilarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrni shakllantirishda, qobiliyatlarini rivojlantirishga, barkamol avlodni voyaga yetkazishda yordam beradi.
Ilg`or pedagogik texnologiyasidan foydalanib o`tilgan darslarda avvalambor o`qituvchi va o`quvchining hamkorlik munosabatlari yo`lga qo`yiladi.O`qituvchining o`quvchilar bilan o`zaro insonparvarlarga, demokratik munosabatda bo`lishi ta`lim va tarbiya ishiga samarali ta`sir ko`rsatadi.
O`qituvchi bilan bolalar munosabatlarini demokratlashtirishda o`qitishning intensiv metodlariga va usullariga (kuzatish, tajriba, amaliy ishlarga), o`quvchilarning xilma-xil ijodiy mashg`ulotlariga katta o`rin beriladi.
Tabiatshunoslikni o`qitishda kuzatish metodidan foydalanish o`quvchilarda kankret faktik bilimlar to`planib, ular xotirasining botib borishiga, solishtirib, qiyoslab ko`rish ko`nikmasi ortib borishiga yordam beradi.
Kuzatuvchanlikni rivojlantirish maqsadida o`qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi o`yinlardan foydalanish mumkin. Masalan, tabiatga qilinadigan ekskursiya oldidan o`qituvchi «Kim sinchkovrok» o`yinining shartlarini tushuntirib beradi. Bolalar yo`lda gaplashmasdan, tevarak-atrofga diqqat bilan qarab borishlari, qanday bo`lmasin biror xildagi obyektlarni ko`rib, ulardan imkoni boricha ko`prog`ini eslab qolishga (o`simliklar, hashoratlar, qushlar va boshqalar), ular qanday sharoitda (suv xavzasi bo`yicha quruq joyda, dalada va boshqa joylarda) yashashini eslab qolishga harakat qilishlari kerak, ya`ni kuzatuv qidirish shaklida tashkil etiladi. Yo`lning oxirida o`qituvchi bolalarga kichik-kichik guruxlarga bo`linib, ko`rgan narsalarini muxokama qilishni tavsiya etadi. Keyin har bir guruxdan bittadan o`quvchi o`z kuzatuvlari to`g`risida so`zlab beradi. Qaysi gurux a`zolari ko`proq obyektlarni ko`rib, ko`proq belgilarni payqagan bo`lsa va aniq so`zlab bersa, o`sha gurux g`olib bo`ladi.
Tajribalar ham kuzatish singari tabiatshunoslik darslarida samarali metod hisoblanadi. Tajribalar bilan bolalarni qiziqtirish oson. Bolalarda kuzatuvchanlik mantiqiy fikr yuritish, nutqni tarbiyalashda tajribalardan keng foydalariladi. Tajribalar har xil tabiat jismlarining xossalarini bilib olishning xaqiqiy ilmiy metodidir. Tajriba qo`yishdan oldin o`quvchilar undan ko`zlangan maqsadni yaxshi tushunib olishlari, tegishli asbob-anjomlar bilan topishib chiqishlari kerak.
Ba`zan o`qituvchi tajribaning ahamiyati va qanday qo`yilishini oldindan o`zi gapirib beradi, xulosa chiqaradi va shundan keyingina tajribani o`zi yoki o`quvchilar o`tkazadi. Bunday xolda o`quvchilarning bilish faolligi va mustaqil xolda fikrlashi juda ham pasayib ketadi. Bundan tashqari, bolalarning tajriba vaqtida kuzatishlari kerak bo`lgan xodisalarga qiziqishi susayadi. Tajriba faqat o`qituvchining so`zlarini tushuntirib beradigan quruq misolga aylanib qoladi, xolos.
Tajriba bolalarning fikrlash faoliyatini safarbar etadigan bo`lishi kerak. Buning uchun uni o`tkazishdan oldin sinfga muammoli savollar berish, chunonchi, qanday qilib isbotlasa bo`ladi? qanday qilib aniqlasa bo`ladi? va boshqa savollar bilan murojaat qilinadi. Bolalar har xil fikrlarni bildirishadi.
Ularni eshitib bo`lganidan keyin o`qituvchi tajribaga kirishadi, tajriba davomida U: nimani ko`rayapsiz? Ro`y berayotgan narsani qanday tushuntirib bersa bo`ladi? Nega siz shunday o`ylaysiz? va shu singari savollar yordamida bolalar diqqatini ro`y berayotgan xodisalarga jalb etishga harakat qiladi. Tajriba tugagandan keyin yakun yasalib, xulosa chiqariladi, natijada bolalar ba`zi fikrlar to`g`ri, boshqalari xato ekanligiga ishonch xosil qilishadi.
Amaliy ishlar o`tkazishdan maqsad ma`lum malaka va ko`nikmalarni egallab olishda o`quvchilarga yordam berishdan iborat.
Darslar mavzusida qarab tabiatshunoslik darslarida kompyuterlardan foydalanish, muammoli ta`lim texnologiyalarini qo`llash dars samaradorligini yanada oshiradi.
Yuqorida keltirib o`tilgan metodlarni qo`llashda o`quvchilarning individual psixologi va yosh-psixologik xususiyalari albatta e`tiboga olinishi lozim.
Amaliy ishni bajarishda o`quvchilar har bir ishning ma`nosini anglab, uni bajarish usullarini o`zlashtirib olgan, shu ishning muximligini tushunib yetgan bo`lishlari kerak.
Amaliy ishlar kuzatuv va tajribalarni to`ldiradi va tabiiy materialni o`rganishda bolalarni jamoa bo`lib, ijodiy ravishda ishlashga o`rgatadi. Tabiatshunoslik darslarida ta`lim va tarbiya berishning faol metodlari sistemasining elementlaridan biri hisoblanadigan didaktik o`yinlar o`quv jarayonini jonlantirib, unga xilma-xil tus beradi, tasavvurni kengaytirishga, bilimlarni yaxshiroq eslab qolish va o`zlashtirishga yordam beradi, o`quvchilarda o`qishga bo`lgan qiziqishni kuchaytiradi.
O`quv jarayonidagi o`rniga qarab, o`yinlarni shartli ravishda ikki guruxga: o`quvchilar yangi bilimlarni olishi jarayonida qo`llaniladigan o`yinlar va o`rganilgan materialni takrorlash uchun oldin olingan bo`limlardan foydalanishni talab qiladigan o`yinlarga bo`lishi mumkin.
- «Atrofimizdagi olam» darslarini zamon talablariga javob beradigan xolda o`qitishda «saxnalashtirilgan», «o`yin-musobaqa», «Test-sinov», «Sayoxat» darslaridan foydalanish samarali natija beradi.
Zamonaviy dars o`tish usullarining o`ziga xos xususiyatlari:
- mavzuni muxokama qilish;
- erkin fikrlash;
- juft bo`lib guruxlarga ishlash;
- davra suxbatlari, baxs-munozaralar;
- rollarni ijro etish;
-muammolarni birgalikda xal etish uchun fikrlash.
Zamonaviy usullar o`quvchilarning chuqur bilim olishi uchun qator imkoniyatlar yaratish bilan birga ularga o`z fikrini ximoya qilish ko`nikmasini shakllantiradi, hamkorlikda ishlashni o`rganib, ularni xayotda uchrab turadigan qiyinchilarni birgalikda yengish tajribasini singdiradi.
Zamonaviy usullardan foydalanish;
- sinf muxitini o`zgartiradi;
mavzu qanday o`quvchilarning o`rganilishi kerakligini belgilab beradi;
Har bir o`quvchini faollashtiradi.
Bugungi kunda o`qituvchi o`qitish uchun faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olishi va o`quvchini bevosita mustaqil bilim olishga o`rgatmog`i lozim. Bu jarayonda o`qituvchiing pedagogik maxorati, uning chuqur bilimi, insoniy odob axloqi muxim ahamiyatga ega.
Xozirgi kunda zamonaviy usullardan foydalanib dars berishda o`qituvchi moxirlikdan ijodkorlikka intilishi va bu bilan ta`lim soxasini rivojlantirishga hissa qo`shmog`i talab etiladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo`llashda noan`anaviy dars usullaridan foydalanish orqali iqtidorli o`quvchilarni aniqlash, bo`sh o`zlatiruvchi o`quvchilarga o`z kuchlariga ishonch xosil qilishlari uchun imkon yaratish, sinfdagi o`quvchilar o`rtasida do`stlik, o`zaro hamkorlik tuyg`ularini shakllantirishga erishish nazarda tutiladi.
Pedagogik texnologiya-ma`lumotlarni o`zlashtirish uchun qulay shakl va usullardir. Demak, pedagogik texnologiya insonga oldindan belgilangan maqsad bo`yicha ta`sir o`tkazish faoliyatidan iborat.
Muammoli o`qitishning asosi o`quvchilar bilish faolligini rivojlantirishdir. Muammoli o`qitishni o`z ichiga olgan darslarda o`quvchilarga yangi ma`lumotlarni o`zida saqlagan masalalarni xal qilish taklif qilinadi, toki, ular bilimlarni o`zlashtirish va ularni amalda mustaqil qo`llanish usullarini egallab olsinlar. Muammoli dars quyidagi bosqichlarga bo`linadi:
- muammoli vaziyat yaratish;
- muammoli ifodalash;
- muammo yechimini izlash;
- yechimni to`g`riligini tekshirish;
Dars shunday tarzda tuzilishi kerakki, unda qo`yilgan muammoga o`quvchilarda qiziqish uyg`onsin, bilim olish tizimidagi ahamiyati ko`rsatilsin, yangi bilimlar olishga extiyot tug`ilsin.
Dasturlashtirilgan o`qitish.
«Atrofimizdagi olam» darslarida dasturlashtirilgan o`qitish, ya`ni amaliy ishlardan, qiziqarli topshiriqlardan foydalanish muammosi o`ta dolzarbdir.
Xozirgi paytda o`quvchilarning bilim olish faoliyatini jadallashtirish va ularning atrof-olam bilan tanishtirish darslarida oldida har bir o`quvchining o`quv jarayonida mustaqilligini ta`minlovchi va o`quv materialini o`zlashtirishda yordam beruvchi amaliy ishlar tizimi qo`llanilmokda. Dasturlashtirilgan o`qitish bosqichma-bosqich bilim olishni kuzatishga imkon yaratadi, o`quv jarayoniga qanday o`zgartirishlar kiritish kerakligini ham ko`rsatadi.
Dasturlashtirilgan o`qitish uchun quyidagilar kerak:
- o`quv materialining puxta taxlili, uning qat`iy tanlanishi va mantiqiy ketma-ketlik bo`yicha bo`linishi;
- o`quvchilarning bilim olish faoliyatini tekshirishdagi raxbarlik.
Dasturlashtirilgan o`qitishda o`quvchilarning o`quv materialini qo`llashda faolligi va mustaqilligi ortadi, o`qitish jarayonini individuallashtirish imkoni paydo bo`ladi, texnik vositali o`qitish keng qo`llaniladi, o`qituvchi va o`quvchi mehnatini okilona tashkil etishga erishiladi.
Nazorat ishlarini dasturlashtirishning tamoyili o`quvchilarning og`zaki javoblarini shartli belgilar va chiziqlar bilan yozma ravishda almashishidir. Ularning ortiq jixati shundaki, ular qisqa vaqt ichida har bir o`quvchining o`tilgan.
-mavzuni o`zlashtirish darajasini aniqlay oladi.
Tajriba atrof-olam bilan topishish darslarida bilim olish faoliyatini faollashtirish maqsadida dasturlashtirilgan o`qitish usullaridan foydalanishning afzalliklarini ko`rsatadi. Afzalligi shundaki, o`quv materialini o`zlashtirish darajasini o`quvchilarning o`zlari shu dars mobaynida tekshirishlari mumkin. 2-sinfda dasturlashtirilgan o`qitishda tezis turidagi tarqatma topshiriqlar, raqamlari, tarqatma testlar, grafik topshiriqlardan foydalanish mumkin.
Grafik topshiriqlarni bajarayotganda o`quvchilarga «-» noto`g`ri javob «^» to`g`ri javob ekanligini tushuntirish lozim. O`qituvchida esa grafik usuldagi javoblarni tezda aniqlashda moslashtirlgan asbob bo`lishi kerak.
Masalan:
21-mart – Navro`z bayrami.
1-oktabr- Ustoz va murabbiylar kuni.
1-sentabr – Mustaqillik bayrami.
8-dekabr-O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni.
Muzyorar usuli. Bu usulni birinchi dars yoki yangi bo`lim boshlash oldidan o`tkazish maqsadga muvofik.
O`qituvchi navbatdagi o`tiladigan bo`lim yuzasidan qisqacha ma`lumot beradi. Masalan: «O`lkamizda kuz» bo`limida o`quvchi yil fasllari, paxta terimi, ijtimoiy foydali mehnat kuzgi o`simliklar, xashoratlar hayoti haqida umumiy tushunchalar bo`lib o`tadi. Bu xaqda o`quvchilar ham o`z fikrlarini bayon etadilar.
Mening ismim Shuxrat. Menga kuz fasli yoqadi. Chunki barcha mevalar pishadi. «Xosil bayrami» qilamiz, ota-onamga qovun-tarvuz yig`ishda yordam beraman. Men katta bo`lganimda juda chiroyli bog` yarataman. Bog`imda shirin-shakar mevali daraxtlar bo`ladi.
Mening ismim Komila. Men kuz faslini yaxshi ko`raman. Chunki daraxt barglari chiroyli rangda tovlanadi.Dalalarda oppoq paxtalar ochiladi. Paxtadan chiroyli yostiqchalar tikish mumkin. Men kelajakda tikuvchi bo`lmoqchiman.
Shu tarzda har bir o`quvchi o`zi hamda tabiatga daxldorlik xaqida gapiradilar. Bu usul o`quvchilarni mustaqil fikr yuritishga, og`zaki nutqni o`stirish ko`nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. «So`z top» o`yini. Bu metoddan dasrning hamma qismlarida foydalanish mumkin.O`qituvchi qushlar, hayvonlar, meva, sabzavotlar xaqida bir so`z aytmadi, o`quvchilar davom ettiradilar. O`qituvchi boshlagan so`z qaysi harf bilan tugasa, o`quvchi shu harfdan boshlangan so`zni aytishi kerak. Masalan: tuliki-ilon-ninachi-it-tipratikan-nor-tul-yalqov; (panda)-ayiq-qarg`a-ari va xakozo.Bu usul o`quvchilarni tezkorlik bilan fikr yuritib, javob berishga hamda xotirasini mustaxkamlashga yordam beradi.
«Klaster» usuli. Bu usul-o`quvchiga berilgan mavzu bo`yicha erkin o`ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratadi. O`quvchi nimani o`ylagan bo`lsa, shuni aytadi va yozadi. Yozilgan fikrlar to`g`ri yoki noto`g`ri bo`lishidan qat`iy nazar, muxokama qilinmaydi va belgilangan vaqtgacha davom etadi. Bu esa sinfning har bir o`quvchi tomonidan ilgari surilayotgan g`oyalarni uyg`unlashtirish hamda ular o`rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.
«Klaster» usuli yangi mavzuni boshlashdan avval o`quvchini darsga qiziqtirib, shu mavzu bo`yicha avval egallagan bilimlarini aniqlash maqsadida hamda o`tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun o`tkaziladi.
«Mozaika» -ya`ni mayda bo`laklardan yaxlit ko`rinishni hosil qilish. Bunda qushlar, hayvonlar, daraxatlar, mevalar rasmlari bo`laklarga bo`linib, har bir guruxga aloxida tarqatiladi. Gurux qatnashchilari bo`lakchalarni bir butun ko`rinishga keltiradilar. Gurux sardori chiqib, yaxlit xolga kelgan hayvon, meva yoki daraxt xaqida gapirib beradi.
«To`xtab o`qish» usuli. O`qituvchi matn bilan tanishtirish jarayonida bir necha marotaba to`xtab o`quvchilarga savollar bilan murojaat qiladi. Savollar aynan matnga tegishli bo`lishi zarur. Yoki o`quvchi matn o`qish jarayonida to`xtatilib, nima xaqida o`qiganligi so`raladi. Bu usul orkali o`quvchilarning dikkati jamlanadi, mustaqil fikrlash kunikmalari shakllanadi.
«Zanjir» usuli. Bu usul she`r, topishmok, makollar berilgan darslarda kullanishi maqsadga muvofikdir. O`quvchilar tartib bilan ketma-ket berilgan she`r misrasi yoki topishmok katorini aytadilar. Bu usulni kullaganda o`quvchi uyalib kolmaslik uchun berilgan she`r, makol topishmokni yod olishga majbur buladilar.