a) psixologik oqartuv ishlari; b) psixoprofilaktika; v) psixodiagnostika; g) psixik rivojlanish va psixokorrekstiya; d) psixologik maslahat; e) psixologik trening. a) Psixologik oqartuv ishlari-maktabning pedagogik jamoasini, o`quvchilarini va ota-onalarini psixologik bilimlarini egallashga jalb etishdan, o`quvchilar va ota-onalarning psixologik madaniyatini oshirish maqsadida turli ma`ruzalarni uyushtirish lozimdir.
b) Psixoprofilaktika-pedagog va ota-onalarda bolalarning har bir yosh davridagi psixik taraqqiyoti haqidagi psixologik bilimlarni egallash ehtiyojlarini tarkib toptirishga va bu bilimlarni bola shaxsining kamol topishi hamda aqliy taraqqiyotida izdan chiqishi mumkin bo`lgan har qanday imkoniyatlarning o`z vaqtida oldini olishga qaratilishi lozim.
v) Psixodiagnostika-maktab yoshi davrida psixologik-pedagogik tomondan chuqur o`rganib, ularning yakka psixologik xususiyatlarini ko`rsatib, mashg`ulot, o`qish hamda xulq-atvoridagi nuqsonlarning sabablarini aniqlab berishga qaratilishi lozim.
g) Psixik rivojlanish va psixokorrekstiya;
d) Psixologik maslahat-ishlari o`qituvchilar, ota-onalar, o`quvchilarning shaxsiy ishlari, kasbi va shu kabi boshqa aniq hayotiy muammolariga yordam berishga qaratiladi. Maktabdagi psixologik xizmatning asosiy vazifalari-tadqiqot ishlari, amaliy ishlar va tashviqot ishlaridan iborat o`nta vazifadan tashkil topadi.
e) Psixologik trening:
Trening boshlanishidan avval trening qatnashuvchilari tomonidan o`zining chaqiruv (karton qog`ozcha)lari to`ldiriladi, ya`ni treningda foydalaniladigan ismini yozadi.
Qatnashuvchi o`zini xohlagan ismini, do`stini yoki tanishlaridan birini ismini, taniqli siyosatchi yoki taniqli san`atkorimi, yoki bo`lmasa sizga yoqqan mashhur insonning ismimi, kim bo`lishidan qat`iy nazar tanlashda erkinlik mavjud. Ismi katta harflar bilan aniq qilib yoziladi, chaqiruvchi kiyimi ustiga to`g`nag`ich bilan shunday qistiriladiki, uni hamma ko`ra olishi va oson o`qiy olishi kerak. Shu paytdan boshlab, treningda qatnashuvchilar trening davomida bir-birlariga shu ism bilan murojaat qiladilar. Qatnashuvchilar bir-birlari bilan tanishib olishlari uchun, rahbar yoki o`yinni olib boruvchi, trener, 3-5 daqiqa vaqt ajratishi lozim.
Xalq ta`limi Vazirligi qoshidagi psixologik xizmat markazi psixologik xizmatini tashkil etish va boshqarishga muvofiqlashgan markaz tariqasida xizmat qiladi. bu markaz tarkibida psixologlar, pedagoglar va tibbiy xodimlardan iborat 3-5 kishilik doimiy ishlaydigan xodimlar bo`lishi zarurdir.
Viloyat xalq ta`limi boshqarmalari, Qoraqalpog`iston xalq ta`limi Vazirligi va Toshkent shahar xalq ta`limi boshqarmasi qoshidagi psixologik xizmat bo`limlari o`z hududlaridagi psixologik xizmatlarni tashkil etish va ularni nazorat qilish vazifalarini bajaradi. Bu bo`limlar 2-3 kishilik xizmat xodimlariga ega bo`lishi kerak.
Tuman, shahar xalq ta`limi qoshidagi psixologik xizmat xonalari tajriba almashish, o`z hududidagi psixologik xizmatlarni birlashtirish vazifalarini bajaradi. Bunday xonalar 2 kishilik xizmat xodimiga ega bo`lishi zarur.
Bu tizimni amaliy ravishda joriy etish maktablaridagi ta`lim-tarbiya jarayonini tubdan takomillashtirish imkoniyatini beradi, bu esa mustaqil O`zbekiston Respublikasining xalq ta`limi haqidagi konstepstiyasi, yangi qonun, milliy maktablar haqidagi qonuni amalga oshirishni, yanada yaxshiroq ta`minlagan bo`lur edi.
Kuzatish metodi: bu metod yordamida shaxs va jamoaning turli xil xayot va faoliyat sharoitida bolaning his-tuyg`usi, hatti-harakat va xulqini tashqi ifodasi o`rganiladi. Sinchiklab va har tomonlama kuzatish yo`li bilan to`plangan materiallarni analiz qilish orqali bevosita idrok etish mumkin bo`lmagan turli psixik komponentlar, tafakkur va tuyg`ular, munosabatlar va motilar aniqlanadi. Bular bola shaxsi va jamoa psixologiyasining rivojlanishiga oid bo`lgan xarakterli tendenstiyalarni bilib olishgi, ularni boshqarish yo`llarini belgilashga, bola shaxsida estetik, axloqiy va psixologik sifatlarni shakllantirishga yordam beradi.
Kuzatishlar predmetlari psixikaning turli ko`rinishlari: psixik jarayonlar, psixik holatlar, shaxsning psixik xususiyatlari bo`lishi mumkin. Bu metod darsni psixologik analiz qilishda, o`quvchiga psixologik-pedagogik xarakteristika tuzish uchun asosiy materialini olishda yordam beradi. Kuzatish ma`lum dasturda olib borsagina samarali bo`ladi. Kuzatish hodisalarni yoppasiga kuzatish va tanlab kuzatish turlariga bo`linadi.
Yoppasiga kuzatganda, ma`lum vaqt ichida hamma psixik jarayonlarning ifodalanishi qayd qilinadi (darsda, uy vazifasini bajarishda, biror to`garakda qatnashishda va hokazo).
Tanlab kuzatganda, o`rganilayotgan maqsadga taaluqli narsalargina qayd qilinadi. Kuzatilganda hodisalarni yozib olish bilan bir qatorda, uni suratga olish, kinoga olish, ovozni yozib olishdan ham foydalaniladi. Yuqorida aytilganidek, o`rganilayotgan kishilarning xatti-harakatini tabiiy holda qayd qilish uchun kuzatilayotganlarga kuzatishni sezdirmaslik kerak.
Kuzatish natijalarini aniq, ob`ektiv miqdor va sifat ko`rsatkichlarida ifodalab bo`lmaydi. hozirgi zamon psixologik tadqiqotlarda kuzatish yo`li (bilan o`zidagi psixik) tabiiy eksperiment metodi bilan birlashib ketmoqda.
Psixologiyada o`z-o`zini kuzatish metodidan ham foydalanishadi. Tadqiqotchi o`z-o`zini kuzatish (metodidan ham foydalaniladi) yo`li bilan o`zidagi psixik hodisalarni tekshiradi. O`z-o`zini kuzatish metodida kishining ko`rgan va eshitgani, xis qilayotgani, nimaga qiziqayotgani, nimani xohlayotgani va boshqalar haqida og`zaki gapirib berish formasidan foydalanish mumkin. O`z-o`zini kuzatish metodidan odamning psixik xususiyatlarini o`rganish maqsadida qilinadigan suhbatning tarkibiy qismi sifatida foydalaniladi.