1.2.Qishloq xo’jaligi ichki hayoti va adabiyoti,kino san’ati Tojikiston agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 25 %, sanoatniki 35 %, xizmat koʻrsatish sohasiniki 40 %. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar 4,3 mln. gektar, shundan ekinzorlar 827631 gektar, yaylovlar 3,2 mln. gektar. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — dehqonchilik boʻlib, jami qishloq xoʻjaligi mahsulotining 65 % ni beradi. Unda paxtachilik, ayniqsa, ingichka tolali paxta yetishtirish yetakchi oʻrinni egallaydi. Bogʻdorchilik, uzumchilik, pillachilik rivojlangan. Moyli ekinlar, zigʻir, kartoshka, sabzavotpoliz ekinlari, yemxashak ekinlari ekiladi, gʻalla va sholi ham yetishtiriladi. Togʻ oldi va togʻ mintaqalarining sugʻoriladigan yerlarida tamaki, Hisor va Vaxsh vodiylarida yorongul ekiladi. Sitrus mevalar yetishtirish yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Tojikistonning barcha hududlarida, ayniqsa, togʻ yon bagʻirlarida chorvachilik rivojlangan: qoramol, qoʻy, echki, parranda, yilqi boqiladi.
Sanoati.Sanoatining yetakchi tarmoqlari: yengil (paxta tozalash,ip gazlama, shoyi, tikuvchilik, gilam toʻqish), oziq-ovqat (meva konservasi, yogʻmoy va boshqa), rangli metallurgiya (rangli va noyob metall rudalari qazib chiqarish va boyitish, alyuminiy ishlab chiqarish. va boshqa), konchilik, kimyo sanoati (mineral oʻgʻit, plastmassa ishlab chiqarish.), mashinasozlik, metallsozlik. Tojikistonda osh tuzi, qoʻngʻir koʻmir, neft, gaz qazib olinadi; qurilish materiallari ishlab chiqariladi.Elektroenergetika sanoati rivojlangan:Norak, Rogʻun va boshqa GESlarda elektr energiyasi hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 17 mlrd. kVtsoat)7.
Eksport — 1,6 mlrd doll. (2008-yil). Tojikiston chetga alyuminiy, paxta, elektr energiyasi, noyob metall va toshlar, rangli rudalar, hoʻl meva va sabzavot, teri, jun chiqaradi. Asosiy eksport qiluvchi davlatlari Niderlandlar 36,7 %, Turkiya 26,5 %, Rossiya 8,6 %, Eron 6,6 %, Xitoy 5,7 %.
Import — 3,7 mlrd doll. (2008-yil). Chetdan isteʼmol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalari oladi. Import qiluvchi asosiy davlatlari — Rossiya 32,3 %, Xitoy 11,9 %, Qozogʻiston 8,8 %, Oʻzbekiston 4,7 %. Pul birligi — somoniy.
Maorifi,ilmiy va madaniy-marifiy masalalari.Maorifi boshlangʻich, toʻliqsiz oʻrta, umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlaridan iborat. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Tojikiston universiteti, politexnika, qishloq xoʻjaligi., sanʼat, tibbiyot, pedagogika institutlari, Koʻlob va Xoʻjand pedagogika institutlari. Bundan tashqari turli vazirliklarga qarashli ilmiy muassasalar (veterinariya, dehqonchilik, epidemiologiya va gigiyena institutlari kabilar) bor8. Respublikadagi ilmiy tadqiqotlar Fanlar Akademiyasi tarkibidagi ilmiy tadqiqot institutlari va markazlar doirasida amalga oshiriladi.
1999-yil Tojikistondagi 8 yirik oliy oʻquv yurtlarining tashabbusi bilan tuzilgan Fan va maorifni rivojlantirish uyushmasi ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy va oʻrta oʻquv yurtlari jamoalarini birlashtirdi. U yangi axborot texnologiyalarini ishlab chiqib uni oliy va oʻrta taʼlim tizimiga joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, xalqaro taʼlim andozalarini Tojikiston oliy va oʻrta taʼlim tizimiga joriy etishga, bu sohada xalqaro tajriba ayirboshlashga koʻmaklashish kabi ishlar bilan shugʻullana boshladi. Tojikistonda Firdavsiy nomidagi Tojikiston davlat kutubxonasi, Tojikiston Fanlar akademiyasining Markaziy ilmiy kutubxonasi va mingdan ortiq, ommaviy kutubxona; 15 davlat muzeyi (Dushanbada Tarix-oʻlkashunoslik va tasviriy sanʼat muzeyi, S. Ayniy nomidagi adabiyot muzeyi, Panjakentda A. Rudakiy nomidagi respublika tarix-oʻlkashunoslik muzeyi va boshqalar) bor.