I bob. Tojikistonning ichki hayoti,qishloq sanoati va tarixi


II bob. Tojikiston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari



Yüklə 223,19 Kb.
səhifə6/9
tarix21.12.2023
ölçüsü223,19 Kb.
#187825
1   2   3   4   5   6   7   8   9
abdulazizz

II bob. Tojikiston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari


2.1. Tojikiston Respublikasining geografik o`rni, chegaralari
Hududi, chegaralari, iqtisodiy geografik o`rni. U hududining kattaligi jihatidan Markaziy Osiyo davlatlari ichida oxirgi o`rinda turadi Uning hududi g`arbdan sharqqa 715 va shimoldan janubga 509 km masofaga cho`zilgan. Biroq Tojikistonning shimoliy qismi uning janubidan uzilib qolgan. Oradagi osmono`par tog`lar tabiiy to`siq tarzida qad ko`targan. Shuning uchun “Shimoliy Tojikiston” va “Janubiy Tojikiston” degan ob`yektiv asosga tayangan geografik tushunchalar mavjud. “Shimoliy Tojikiston” Farg`ona vodiysining bir qismini, “Janubiy Tojikiston” esa Hisor, Vaxsh, Yovon va boshqa o`nlab vodiyo`larni o`z ichiga oladi.
Tojikiston g`arbdan O`zbekiston, shimoldan Qirg`iziston, janub va sharqiy tomonlardan Afg`oniston va Xitoy davlatlari bilan chegaralanadi. Respublikaning hududi baland, past, yassi tog`lar, qir-adirlar, daryo vodiyo`lari, soy bo`yo`lari, tekislik va past tekisliklardan iborat. “Dunyo osmoni” deb nomlangan, serqirra baland cho`qqilarga boy bo`lgan Pomir tog`i va uning O`rta Osiyoning boshqa davlatlari bilan tutashib ketgan Hisor, Zarafshon, Oloy tog` tizmalari ham shu zamindadir.
Mamlakatning iqtisodiy geografik o`rni xalq xo`jaligini rivojlantirishga ta`sir ko`rsatib turadi. Birinchidan uning birmuncha rivojlangan O`zbekiston va Tojikiston davlatlari bilan katta masofada chegaralanganligi tashqi iqtisodiy aloqasida muhim o`rin tutadi. Bu narsa ayniqsa Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorlikda olib borayotgan hozirgi igtisodiy siyosatiga mos tushadi. Ikkinchidan, Tojikistonnnng nisbatan janubda joylashganligi, iqlimiy resurslarning agrosanoat majmuini rivojlantirishga ijobiy ta`sir ko`rsatib turishi, kon-qazib olish sanoatini rivojlantirih uchun tabiy-resurs omili sifatida ko`pgina rangli metall ruda konlariga ega ekanligi.
1-misol. Shimoliy va Janubiy Tojikistonning baland tog`lar bilan bir-biridan uzilib qolganligi mamlakatning temir yo`l va avtomobil yo`lidagi ichki aloqalarini o`zga davlatlar orqali amalga oshirishni taqozo qilgan. Masalan, mamlakatning poytaxti Dushanbedan Shimoliy eng yirik shahar Xo`jandgacha bo`lgan masofa 320 km ga teng bo`lgani holda, bu masofadan uch marta ko`p bosib o`zga davlat (O`zbekiston orqali Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng ko`pligi va boshqa ichki omillar uning iqtisodiyotiga ijobiy ta`sir ko`rsatib turadi. O`z navbatida Tojikiston IGO`ning salbiy tomonlari ham mavjud. Hududining materikning ancha ichkarisida-baland tog`lik zonada joylashganligi uchun u sayyoramizdagi rivojlangan mamlakatlardan uzilib qolgan. Shuningdek, mamlakat hududining ko`p qismini tog`lar egallaganligi uchun u sharqiy, janubi-sharqiy qismida joylashgan davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik qilishda tabiiy ravishda qiyinchiliklarga duch kelgan. Hattoki Respublika hududining o`zi ham baland tog`lar bilan o`nlarcha marta bo`linib qolganligi davlatnint umumiy taraqqiyotida tabiiy to`siqdir.
2-misol. Tojikiston Pomir tog`i va uning baland tizmalari orqali Xitoy va Afg`oniston davlatlari bilan chegaralanadi.Hattoki Pokiston va Hindiston davlatlari ham Tojikistonga yaqin qo`shnidir. Biroq baland tog`lar esa ushbu davlatlar bilan bevosita iqtisodiy aloqa qilishga afsuski tabiiy to`siqdir.Tojikiston davlati qishloq xo`jaligini rivojlantirish uchun qulay geografik xususiyat va imkoniyatlarga ega. Uning geografik o`rni, MODning nisbatan janubiy qismida joylashganligi, serquyoshligi, yogin-sochinning esa birmuncha ko`p tushishi, unumdor tuprog`i, mamlakat qishloq xo`jaligini kompleks rivojlantirishiga xizmat qiladi.Mamlakat yer usti tuzilishining murakkab ko`rinishi ayrim tur dehqonchilik tarmoqlarini tabaqalab joylashtirish va cheklab rivojlantirishni taqozo qilgan. Jumladan uning tekislik qismlari va daryo vodiyo`larida bir dalada dehqonchilikning ayrim turlaridan yiliga 2 marta hosil olishni ta`minlesa, uning tog`li zonalarida esa vegetatsiya muddati qisqa bo`lgan ekinlarnigina bir marta ekib olish mumkin.
Mamlakatning qulay iqlimiy sharoiti dehqonchilikni rivojlantirishda kuchli tabiiy-resurs omildir. Bu yerda bulutsiz kunlarning ko`pligi, havo harorati ijobiy ko`rsatkichiniig yuqoriligi 5 darajadan yuqori havo haroratning umumiy yig`indisi Shaartuzda 5885, Dushanbeda 5238, Ko`lobda 5812 darajadan yuqori havo harorati yig`indisi mazkur shaharlarda 5489:4835 :5418 darajega teng, vegetatsiya muddatining uzoqligi (mazkur shaharlarda 249 : 236 : 248 kunga teng Tojikistonda issiqsevar dehqonchilik tarmoqlarini keng rivojlaitirishni ta`minlangan. Paxta (va shu jumladan qimmatbaho ingichka tolali paxta, sholi, bug`doy, subtropik va sitrus mevalari yetishtirish iqlimiy sharoitning qulayligidir.
Respublikaning keng tarqalgan bo`z va allyuvial tuprolari serunum va donador bo`lib ancha madaniylashgandir. Tuproq tarkibi, undagi chirindi miqdori balandlik mintaqasi bo`ylab o`zgaradi va bu narsa ham dehqonchilikning tarmoq tuzilishi hamda hosildorligiga ta`sir ko`rsatib turadi. Masalan, dengiz sathidan 1000 metr va undan baland zonalarda to`q tusli bo`z tuproq keng tarqalgan. Ularning unumdorligi mamlakatning vodiylari hamda tekislik qismida uchraydigan tipik bo`z tuproqdan 1,5-2 marta pastTojikistonda qishloq xo`jaligining taraqqiyotida kuchli ta`sir ko`rsatuvchi yana bir tabiiy resurs omil—suvdir. Janubda joylashgan Tojikiston mamlakati qishloq xo`jaligidan faqat sug`orish ishlarini yaxshi yo`lga qoygani uchun mo`l-ko`l hosil olib kelmoqda.
Tog`li mamlakat bo`lgan Tojikistonda sug`orib amalga oshiriladigan dehqonchilk uning bir-biridan tabiiy to`siq-tog` bilan ajralib qolgan 5 ta Farg`ona, Zarafshon, Hisor, Vaxsh, Qizilsuv-Yaxsuv vodiysida olib boriladi. Har bir vodiyda ham daryo suvlaridan foydalanishning o`ziga xos zamonaviy usullari qo`llaniladi. Masalan, Farg`ona vodiysida Sirdaryodagi MOD giganti—Qayroqqum suv omboridan o`nlarcha gidrotexnika inshootlari: magistral kanallar, nasos stansiyalari, suv taqsimlovchi tugunlar, xo`jaliklararo va tarmoqlararo kanallar qazilgan. Sug`orishning bir-butun gidrotexnika kompleksi mamlakatning boshqa vodiylarida ham vujudga keltirilgan. 1990-1999 yillardagi mamlakat ichkarisidagi yuz bergan galtis vaziyat taxt uchun kurash qishloq xo`jalik ishlab chiqarishiga katta zarar yetkazdi. Ayniqsa, 1990-1995 yillarda asosiy qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtirish keskin kamaydi. M., paxta yetishtirish 842 ming tonnadan 529 ming tonnaga, bug`doy yetishtirish 303 ming tonnadan 212 ming tonnaga tushib qoldi.
Respublika chorvachiligi ham yaylovzorlar xarakteri va hosildorligi, chorva mollarini boqish imkoniyatlariga ko`ra o`z tarmoq tuzilishiga ega. Uning yetakchi sohalari: qoramolchilik, va echkichilik, yilqichilik, parrandachilik, ipak qurti boqish. Hisori qo`ychilik va echkichilikniig rivojlanishi uchun tog yaylovzorlari muhim tabiiy omildir. Yaylovzorlarni sug`orish, hosildorligini oshirlsh, undan tabaqalab foydalanishni yo`lga qo`yish mamlakat chorvachiligida maxsuldorlikni oshirishga xizmat qiladi. 1990-1999 yillardagi mamlakat ichkarisida yuz bergan nosog`lom siyosiy vaziyat asosiy tur chorva mollari tuyoq sonining kamayishiga va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajminning pasayib ketishiga olib keldi. Chorvachilikda asosiy tur mahsulot ishlab chiqarishning kamayishi ayniqsa 1990-1995 yillarda yuz berdi. M., qayd qilingan yillari go`sht ishlab chiqarish 185 ming t.dan 112 mtshg t.ga, sut ishlab chiqarish 575 ming t-dan 467 ming tonnaga, tuxum yetishtirish 592 mln donadon 79 mln donaga tushib qoldi. Natijada aholining chorvachilik mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojini qondirish masalasi mamlakat oziq-ovqat dasturida keskin muammoga aylanib qoldi.
Soni, zichligi, uni takror ishlab chiqarish, milliy tarkibi, joyo`lashishi. Aholining soni jihatidan mamlakat Markaziy Osiyoda O`zbekiston va Tojikistondan keyin uchinchi o`rinda, aholining tabiiy o`sishi jihatidan hamTojikiston va O`zbekistondan keyin uchinchi o`rinda turadi. Respublika aholisiga xos xususiyatlar: ko`p bolalik, kindik qoni to`kilgan joyni muqaddas bilish, joydan-joyga ko`chib yurishga odatlanmaslik, mehmondo`stlik, mehnatsevarlik, qishloqsevarlik. Aholidagi bu xususiyatlar bo`yicha tojik xalqi boshqa turkiy xalqlardan ajralmasdir. Aslida esa tojiklar turkiy xalqlar emas, balki forsiy tilda gaplashuvchi xalqlardandir. O` z asnosida tojik xalqining etnik kelib chiqshi ham turkiy xalqlar bilan ancha yaqindir, bir xilqdir.Yaqin o`tmishda Markaziy Osiyoda aholining tabiy o`sishi bo`yicha Tojikiston birinchi o`rinda turar edi. Biroq, so`nggi 1990-1999 yillarda mamlakat ichkarisida yuz bergan nosog`lom vaziyat aholi tabiiy o`sishiga salbiy ta`sir ko`rsatdi. Aholining yillik o`rtacha o`sishi 1990-1995 yillardaTojikistonda 4,1 ga O`zbekistonda 2,1 foizni tashkil qilgani holatda, bu ko`rsatkich Tojikistonda 1,9 foizga teng bo`ldi. Aniq ma`lumotlarga qaraganda 1990-1995 yillarda Tojikiston aholisiga atigi 525 ming kishiga ko`paygan. Holbuki, shu davrdaTojikiston aholisi 821 ming va O`zbekistonniki 2240 ming kishiga ko`paygan.
Mamlakat aholisi uning regionlari aro juda notekis joylashgan. Aholining aksariyat qismi daryo vodiylari va soy bo`ylarida istiqomat qilishadi. Aholi zichligi ham regionlar bo`yicha keskin farq qiladi va so`nggi yillarda 4 marta ko`paydi. M., 1939 yilda har bir kv. km.ga 10,3 kishi to`g`ri kelgan bo`lsa, u 1959 yilda 13,8, 1970 yilda-20,3, 1979 yilda- 27, 1989 yilda-33, va 1995 yilda 40,2 kishini tashkil qildi.Aholi zichligi uning geografik o`rni orografik xususiyatlariga ko`ra shimoliy va janubiy Tojikistonda, Ko`xiston va Hisor, Vaxsh vodiylarida, sug`orib ziroatchilik qilinadigan zonalarda bir-biriga qarama-qarshi qutblar darajasida farq qiladi. Masalan, vodiylarda aholi zichligi 400-450 kishiga to`gri kelgani holda buning aksi o`laroq tog`li Badaxshon Pomirda aholi zichligi 1-2 kishiga teng.
Tojik xalqi qishloqsevar xalq. Bu yerda aholining aksariyat qismi qadimdan qishloqlarda ishab kelgan. Tojikistonda 1979-89 yillarda shahar aholisi 2 foizga kamaygan bo`lsa, u 1990-1995 yillarda birmuncha ko`paydi, ya`ni 1995 yilga kelib umumiy aholining 38,8 foizini tashkil etdi. Biroq MDHga a`zo bo`lgan davlatlarda esa umumiy aholining 60 foizidan ortigi shaharlarda yashamoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyoning boshqa barcha davlatlarida ham shahar aholisining mihdori Tojikistonnikidan ancha baland. Masalan, Qirg`izistonda aholining 38, O`zbekistonda-40,Tojikistonda-45, Qozog`istonda-57 foizi shaharlarda yashaydi.
Aholining tabiiy o`sishi yuqoriligi uchun mamlakat mehnat resurslariga boy. Respublika aholisining ko`pchiligini mehnatga qobiliyatli yoshar tashkil qiladi. Biroq mamlakatda mehnat resursidan foydalanish yaxshi yo`lga qo`yilgan emas. Ayniqsa, uning tog`li zonasidagi yuzlab aholi manzilgohlarida foydali mehnatga tortilmagan bir necha yuz ming ishsiz bor. Ularning ko`pchiligi ayollar va mehnatga layoqatli yoshlardir.Tojikistonda shahar va qishloq aholisining nisbati kam, urbanizatsiya darajasining pastligi ko`rsatib turibdi. Mamlakatda shaharlar soni nisbatan kam va borlari ham uncha katta emas. Mamlakatning yirik shaharlari Dushanbe, Xo`jand, Tursunzoda, Qo`rg`ontepa shaharlaridir.Tojikiston ko`p millatli davlat. Uning bosim xalqi tojik va o`zbeklar. Tojiklar umumiy aholining 60 foizdan ortig`ini, o`zbeklar esa 27,3 foizini tashkil qiladi. Bu yerda yana son jihatdan eng ko`p ishaydigan millat vakillari rus, tatar, mordva, ukrain, osetin va boshgalardir.Aholi nihoyat darajada notekis joylashgan.
1-misol. Aholining aksariyat qismi past tekisliklar, daryo vodiylari va soy bo`ylarida joylashgan. Chunki dehqonchilik asosan uning dengiz sathidan uncha baland bo`lmagan hududlarida amalga oshiriladi.
2-misol. Aholining notekis joyo`lashishiga ta`sir ko`rsatuvchi omil uning orografik xususiyatlaridir. Birinchidan, tog`li zonada dehqonchilik qilish doirasi chegaralangan. Bu zonada madaniylashgan tuproq yerlarning kamligi, salqin iqlimiy sharoit dehqonchilik qilishga qiyinchiliklar tug`diradi. Ikkinchidan bu zonada shunday aholi manzilgohlari borki, ular bir-birlari bilan tabiiy to`siq tarzida baland tog`lar bilan ajralib turadi. Tog` va baland tog` tabiati zonasida xo`jalik yuritish murakkab ko`chadi va o`z navbatida aholi manzilgohlarining ham mamlakatning madaniy markazlari bilan aloqa qilishi tabiiy ravishda chegaralangan.
Uning tarmoq va hududiy tuzilishi, Tojikiston agrar mamlakat. Uning igtisodiyoti yaqin o`tmish 1917-1991 yillarda bir tomonlama rivojlandi. Tojikiston sobiq SSSR uchun janubdagi yirik xomashyo rayoni edi. U qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetishtiradi va uni sanoatda qayta ishlash uchun markazga jo`natardi; u tog`-kon qazib olish sanoatini rivojlantirgan edi va qazib olingan rudani qayta lshlash uchun markaziy rayonlarga jo`natardi. Oqibatda Tojikiston mahalliy sanoatni rivojlantirishni ichki ehtiyojiga yarasha olib borolmasdi.
Mamlakat 1991 yilda o`z mustaqilligini qo`lga kiritishi bilan iqtisodiyotining asosini tashkil qilgan sanoat va qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini ichki ehtiyojlari asosida rivojlantirishga kirishdi.
Agrosanoat majmui. Tojikiston xalq xo`jaligida qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi yetakchilik qiladi. Bu borada sug`orqiladigan dehqonchilik, tog-yaylov chorvachiligi, meva va uzumchilik qadim-qadimdan rivojlantirilgan. Hozirgi vaqtda mamlakat qishloq xo`jaligi turli-tuman qishloq xo`jalik texnikasi bilan yaxshi ta`minlangan jamoa va davlat xo`jaliklari, chorvachilik komplekslari, fermer xo`jaliklariga ega. Mamlakatda yetishtirqiladigan paxta, don, ho`l meva, uzum, sut, go`sht, yog`, pilla va boshqa mahsulotlarning aksariyat qismi zikr qilingan qishloq xo`jalik korxonalarida yetishtiriladi.
Qishloq xo`jaligining yetakchi sohasi paxtachilikdir. Mamlakat paxtachiligi har jihatdan rivojlangan. Bu yerda oq paxta va ipak paxta navlari ekiladi. Oq paxta Shimolly Tojikistonning Farg`ona vodiysida, ipak paxta Janubiy ToJikistonning Hisor va Vaxsh vodiylarida yetishtiriladi. Paxta hosildorligi Markaziy Osiyo davlatlari ichida yuqoridir. Mamlakatda yiliga 900-1000 ming tonna paxta hosili yetishtiriladi.Tojikiston agrosanoat majmuida chorvachilik ham muhim o`rin tutadi. Bu yerda yaylov chorvachiligining o`ziga xos tomonlari bor. Masalan, baland tog`li tabiatga har qanday qo`y zotlari yoki qoramollar moslashavermaydi. Bunday tog`li zona hisori qo`yo`lar, angor zotli echkilar boqish uchun qulaydir. Shuning uchun murakkab relef formalaridan kelib chiqib, Tojikistonning tog`li zonasida hisori qo`ychilik yaxshi rivojlantirilgan. Bu qo`ylarning gavdasi yirik, dumbasi katta bo`ladi. Hisori qo`yo`larni qo`lda dumbasini ko`tarolmay qolguncha boqish mumkin. Bunday holatlarda qo`yning dumbasini suyab turish uchun tirgagich o`rnatqiladi. Qo`lda boqilgan hisori qo`ylarning 20-30 kg chiqadigan dumbasi va 60-70 kilo atrorida go`shti bo`ladi, angor zotli echkilar tog`da toshdan-toshga, daradan-daraga sakrab o`tishga moslashgan. Uning mayin tolali tibeti junidan sifatli junli mato to`qiladi.

Yüklə 223,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin