2.2.Tabiiy sharoiti resurslari va ulardan xo`jalikda foydalanish masalalari. Sanoat geografiyasi.Rivojlanishning tabiiy resurs omili, muhim tarmoqlararo komplekslari. Tojikiston sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun tabiiy resurslarga boy region. Ayniqsa u energetika va mineral resurslarga boy. Suv resursini olaylik. U suv resursining ko`pligi jihatidan Markaziy Osiyoda birinchi o`rinda turadi. Mamlakat daryolarining energetika quvvati 32,6 mln.kvt bo`lib, u Markaziy Osiyodagi bosha barcha davlatlar daryolari energetika quvvatining yarmiga teng. Tojikiston daryolari sho`x, tezoqar va qisqa masorada katta tezlikda oqib o`tishi natijasida ko`p energiya berish imkoniyatiga ega. Yirik daryolarning tor va muzliklardan to`yingani uchun suv rejimi birmuncha mo`tadil bo`lib, bu narsa gidravlik elektrostansiyalarning bir me`yorda ishlashini ta`minlaydi.
Tojikiston iqtisodiyotida elektro energetika sanoati muhim o`rin tutadi. Unda GESlarning hissasi katta. Birgina Vaxsh daryosida ikki millioner, Norak quvvati 2,7 mln. kvt va Rogun quvvati 3,6 mln kvt GESlari qurilgan. Natijada mamlakatning janubiy qismida Janubiy Tojikiston hududiy ishlab-chiqarish kompleksi ishga tushgan. U bir tomondan mamlakatda elektroenergiyani ko`p talab qiladigan sanoat tarmoqlarini va jumladan rangli metallurgiya va kimyo sanoatini rivojlantirishni ta`minlangan, ikkinchidan esa MODda yagona energosistemani barpo qilishga zamin hozirlanmoqda. Mamlakatda yiliga 14-15 mlrd kvt soat elektro energiya ishlab chiqarilmoqda. Bu Qirg`izistonnikidan 2,5,Tojikistonnikidan 4-5 mlrd kvt soat ko`pdir. Mamlakat sanoatini rivojlantirishga bevosita ta`sir ko`rsatuvchi yana bir muhim tabiiy resurs omili - foydali gazilma birinchi navbatda mineral resurslardir. Uning hududi ayniqsa rengli metall xomashyolariga juda boy. Bu yerda rux, qo`rgoshin, mis, surma, qalayi, volfram, kobalt, oltin, kumushning katta konlari topilgan. Mazkur konlar bazasida Tojikiston RANGLI METALLURGIYA SANOATI tarkib topgan. Baland tog`li Ko`histonda topilgan surma konlari bazasida yirik tog` metallurgiya surma kombinati ishga tushgan. Xomashyo rayonlarida bir necha ruda saralash fabrikalari, zavodlar va kombinatlar ishlab turibdi. Tojikiston o`z rangli metallurgiya sanoatining mahsulotlarini Markaziy Osiyoning barcha davlatlariga va xorijga eksport qiladi. Jumladan u xorijiy mamlakatlarga ko`p miqdorda alyumin, rux, surma, qo`rg`oshin, volfram va bosqa nodir metallar eksport qiladi.
Mamlakat sanoat tarmoqlari orasida MASHINASOZLIKning alohida ahamiyati bor. U avvalo mamlakat agrosanoat majmuiga xizmat qiladi. Mashinasozlikning gigantlari: “Traktorodetal”, “Tojikto`qmash”, “Torgbitmash”, “Tojik- kabel” va boshqalar qishloq xo`jalik korxonalari, hamda aholining turmush ehtiyojlari uchun mashina, asbob-uskunalar, to`quv dastgohlari, uy-ro`zg`or buyumlari ishlab chiqaradi.
Shu narsani alohida ta`kidlash joizki, so`nggi 1990-1999 yillarda bu yerda yuz bergan nosog`lom vaziyat (taxt uchuv kurash maqsadida uzoq davom etgan qon to`kishlar mamlakat itisodiyotiga, uning o`sish darajasiga kuchli salbiy ta`sir yetkazdi. Oqibatda sanoatning muhim ko`rsatkichlari bo`yicha mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamayib ketdi.Tojikistonda yengil va oziq-ovqat sanoati keng rivojlangan. Uning sanoat korxonalari mamlakat viloyatlari bo`ylab tarqalgan. Ip-gazlama, ipak-gazlama ishlab chiqarish, gilam to`qish, poyafzal tikish, vino, vino mahsulotlari, meva konservalar, mayiz, paxta va o`simlik zig`ir, kunjut yog`i tayyorlash, un, konditer, sut va go`sht mahsulotlari yetishtirish mazkur sanoat tarmoqlarining ixtisoslashgan sohalaridir. Biroq sanoatning bir tarmoqlarida ham ilpi maxsulot hajmi keskin kamaydi. Jumladan, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1990-1995 yillarda 22,7 mln milliy valyutadan 14,6 mln milliy valyutaga,oziq-ovqat sanoatniki esa 8,6 dan 5,8 mln milliy valyutaga tushib qoldi. Ayniqsa to`qimachilik va tikuvchilik sanoati, go`sht va sut mahsulotlari ishlab chiqiarish orqaga ketdi.Mamlakatda barcha tur transport tarmoqlari: temir yo`l va avtomobil yo`li, quvur, suv va havo transporti mavjud.Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotida temir yo`l va avtomobil transportining ahamiyati belgilovchi rol o`ynaydl. Temir yo`l transporti Tojikistonning ichki rayonlararo Shimoliy va Janubiy Tojikiston o`rtasida hamda uning tashqi aloqasida muhim rol o`ynaydi. Mamlakat hududidan keng g`ildirakli temir yo`llarning uzunligi 255 km, uning rayonlararo o`tgan tor g`ildirak izli temir. yo`l uzunligi esa 470 km.ga teng. 1970 yillarda mamlakatnint janubiy-sharqiy qismida 265 km. masofadagi tor g`ildirakli Termiz-Qo`rg`ontepaYovon hamda Vaxsh bilan Ko`lob vodiylarini birlashtiruvchi yangi temir yo`l o`tkazilgan.
Tojikiston tog`li region bo`lgani hamda viloitlarining bir-birlaridan baland tog`lararo ajralib turgani uchun avtomobil transportining mamlakatda ahamiyati birlamchidir. Asosiy avtomobil yo`llari Dushanbe shahridan boshlanadi. Dastlabki 1925-1927 yillarda qurilgan: Dushanbe—Termiz, Dushanbe—Qo`rg`ontepa avtomagistrallari mamlakat poytaxtini O`zbekistonning janubiy port shaxarlari Termiz hamda Qo`rg`ontepa viloyatining markazi bilan bog`laydi. Bu yo`llar endilikda qayta qurilgan, kengaytirilgan, 1931-1932 yillarda Qirg`izistonning O`sh shahriga «Dunyo osmoni” deb nom olgan Pomir tog`ida joylashgan – Tog`li Badaxshon muxtor respublikasining markazi Xorogdan 732 km masorada avtomagistral qurilgan. 1940 yilda Dushaibe—Xorog (556 km yo`li ochilgan. Bu yo`llar, shuningdek Dushanbe O`ratepa-Xo`jand kabi avtomagistrallar mamlakat poytaxtini uning ichki iqtisodiy rayonlari va qo`shni davlatlar bilan bog`laydi.
Havo transporti orqali mamlakat poytaxti uning barcha yirik shaharlari bilan bog`langan. Tojikiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritgan dunyoning ko`pgina davlatlari bilan havo transporti orqali bevosita aloqa o`rnatgan. Mamlakatda suv transporti ham mavjud. U Panj va Amudaryo orqali Ma kaziy Osiyogning ayrim davlatlari, hamda Afg`oniston bilan iqtisodiy aloqa qiladi.Tojikiston qadimdan Turkiston o`lkasidagi eng jahongashta davlatlardan biri bo`lgan. U ayniqsa o`z mustaqilligini qo`lga kiritgandan keyin ko`pgina xorijiy mamlakatlar bilan qadimiy aloqalarini boshlab yubordi. Ayniqsa uning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar ko`p qirrali bo`lib, endilikda bu aloqalar yangicha yo`nalish, yangicha mazmun olmoqda. Bu aloqalar mazmunida MOD bir butunligi, mazkur davlatlarning hamda xalqlarning tarixan birligi, ravnaqi, hamdo`stligi, yaxlitligi gavdalanadi.
Tojikiston-O`zbekiston iqtisodiy, texnikaviy va madaniy aloqasi har jixatdan rivojlanib bormoqda. Markaziy Osiyo hududidagi bu ikki xalq bamisoli qo`lni-qo`lga berib yashamoqda, birga nafas olmoqda, xalq xo`jaligini, fani va madaniyatini hamkorlikda rivojlantirmoqda. Zamini bir-bir bilan tutash bo`lgan tojik va ozbek xalqi tabiat manbalari daryo suvi, qir-adir yaylovlari, yer osti boyliklaridan foydalanishda birga ish yuritishadi. Ular dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanishda bir-biriga ustozlik qilishadi, ish o`rgatishadi, tajriba almashishadi. Ikki qo`shni qishloq xo`jalik mashinalari ishlab chiqarishda, ularning mahsulotlaridan foydalanishda, elektroenergiya ishlab chiqarishda va uni iste`mol qilishda hamkorllk qilishadi. Markaziy Osiyoning bu ikki mustaqil davlati xalq xo`jaligining turll sohalari uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab berishda bir-biriga beg`araz yordam beradi. Tojikistonda o`zbek, O`zbekistonda tojik tilida qator o`quv yurtlari ishlab turibdi.
Tojikiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritishi bilan dunyoning ko`pgina davlatlari bilan diplomatik munosabatlar o`rnatdi va ular bilan keng doirada savdo-soti aloqalarini amalga oshirmoda. Ayniqsa, u Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya, Ukraina, Turkiya, Xitoy, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, AQSh davlatlari bilan har tomonlama aloqalar olib bormoqda. Tojikiston yuqorida zikr qilingan davlatlarga agrosanoat majmui mahsulotlari; paxta tolasi, paxta yog`i, to`qimachilik sanoati maxsulotlari, ipak, quritilgan va ho`l meva, meva konservalari, uzum va uzum mahsulotlari, vino va vino mahsulotlari, mayiz, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati mahsulotlari; to`qish stanoklari, transrormatorlar, sovutgichlar, yengil sanoat mahsulotlari; ko`zni qamashtiradigan noyob gilamlar, poloslar, beqesam atlaslar chiqaradi. Tojikiston tashqaridan mashinasozlik sanoati mahsulotlari, yoqilg`i o`rmon sanoati mahsulotlari, don va boshqa tovarlarni xarid qiladi.
Ichki rayonlari. Tojikiston davlatining hududi g`oyat murakkab orografik xususiyatiga ega. Uning baland tog`lar o`lkasi bo`lganligi iqtisodiy taraqqiyotiga o`z ta`sirini ko`rsatgan. Shu boisdan ham Tojikiston iqtisodiyoti bir-biridan farq qiladigan to`rtta regionda qaror topgan:
Shimoliy Tojikiston
Ko`histon Markaziy Tojikiston
Janubiy Tojikiston
Pomir.
Shimoliy Tojikiston. Uning hududi kichik—13 ming kv km, aholisi 1mln. 750 ming kishidan ortiq. Tojikiston davlatining bu qismi Turkiston tog`laridan shimolda, Farg`ona, vodiysining janubiy-g`arbiy qismida joylashgan. U g`arbda Mirzacho`l bilan tutashgan. Ma`muriy jihatdan Xo`jand viloyati, xo`jaliklarini o`z ichiga oladi. Hududining katta qismi tekislikdan iborat. U faqat janubiy va shimoliy tomondan tog` yon bag`irlari va tog`larga borib taqaladi.
Shimoliy Tojikistonning tabiati o`zgacha xususiyatiga ega. Rayonning yozi issiq iyul oyinikn o`rtacha havo harorati +28 darajaga teng qishi bir muncha salqin yanvarniki -2 darajaga teng. Tuprog`i bo`z, mineral moddalarga boy, serunum. Rayonda yana bir muhim tabiat manbasi uning sersuvligidir. Markaziy Osiyoning yirik daryosi—Sirdaryo va eng yirik suv ombori—Qayroqqum shu yerda. Regionning tabiatidagi bu imkoniyatlar qishloq xo`jaligini intensiv rivojlantirishga ta`sir ko`rsatgan.
Shimoliy Tojikiston bugun Farg`ona vodiysiga xos seraholi. Aholi nihoyat darajada zich joylashgan. Aholining o`rtacha zichligi har kv. km ga 120 kishiga to`g`ri keladi. Bu ko`rsatkich Ko`histon yoki Pomirnikidan 100 baravar ko`p.
Shimoliy Tojikiston neft, ko`mir, hamda polimetall rudalari qazib olish bo`yicha mamlakatning ichki rayonlari orasida birinchi o`rinda turadi. U mamlakatda yengil sanoat korxonalari mahsulotlari ayniqsa shoyi, atlas ishlab chiqarish bo`yicha yetakchilik qiladi. Tojikistonda yetishtiriladigan uzum va mevaning teng yarmi, ipakning 2/3 qismi mazkur rayonda lshlab chiqiladi. U Tojikistondagi ikkinchi paxtakor rayondir.
Ko`histon. Hududi 30,4 ming kv. km. U geografik o`rni jihatidan Markaziy Tojikiston tog`larini ishg`ol qiladi. Ko`histon o`zi tojik tilida, tog`lar mamlakati demakdir. U shimoliy va janubiy Tojikistonning o`rtalig`idagi Oloy tog` sistemasiga mansub bo`lgan Turkiston, Zarafshon, Hisor tog`larining baland-baland tizma qator tog`larini o`z ichiga oladi. Ko`histon Markaziy Osiyodagi eng balandlikda joylashgan rayon. Uning eng past joylari dengiz yuzasidan 900 metr baland. Bu tog`li rayonda ko`pgina tog` tizmalarining balandligi 5000 metrdan ham baland.
Rayonning relyefi alp tektonik davrining ihi. Uning hozirgi ko`rinishida muzlik, oqar suv va seysmik hodisallar natijasidir.Ko`histonning relefi tog`li, qoya toshli, dara va soylar, baland tog` tizmalari va ko`z ilg`amas chuqurliklardan iborat. Iqlimi yumshoq, 400 mm dan 1200 mm gacha yog`in-sochin tushadi. Havo harorati bir faslning o`zida turli ko`rsatkichli bo`ladi. Masalan, iyul oyida uning daryo vodiylarida havo harorati 30 darajaga borsa, baland tog`larda darajaga teng bo`ladi.Ko`histonda dehqonchilikka yaroqli yerlar nihoyat darajada chegaralalgan.
Jami aholisi 100 ming kishidan ortiq, zichligi 3,2 kishi. Asosan tojiklar yashaydi. Uning yirik aholi manzilgo`lari Zarafshon vodiysida joylashgan.
Ko`histonning aholisi tog`-kon sanoati, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanadi. Bu yerda surma, volfram, qo`rg`oshin konlari topilgan va ishga tushirilgan. Ko`mirning katta zahirasi topilgan. U Tojikistonning tog` kon sanoati rivojlanadigan istiqbolli rayoni hisoblanadi.Janubiy Tojikiston. U shimoldan Hisor, sharqdan Xazratishoh, g`arbdan Bobotog` tizmalari, janubdan esa Panj va Amudaryolar bilan tutashgan. Maydoni 36 ming kv km. aholisi 2,2 mln. kishi.
Janubiy Tojikistonning tabiati uning geografik o`rni bilan bog`langan holatda rang-barangdir. U Hisor-Oloy va Hindikush tog`lari o`rtasidagi qator tog`g`tizmalari va daryo vodiylaridan iborat. Iqlimi nisbatan iliq, shimoldan keladigan sovuq havo massalarini eng baland tog`lar to`sadi. Yog`in-sochin turlicha miqdorda: Turkiston tog`larida 400- 450 mm, Hisor va Darvoz tog`larida 400-700 mm atrofida tushadi.
Rayon daryolarga va suv resursiga juda boy. Yirik daryolari: Panj, Kofirnihon va Baxshning energetik quvvati 17,2 mln kvt. Rayonning tog`-kon sanoatini rivojlantirish imkoniyatlari ham katta. Metallik ruda konlari, tabiiy gaz, dolomit, har xil qurilish materiallari, osh tuzi ko`p. Janubiy Tojikistonda shifobaxsh issiq suvlar ko`p topilgan va aholi salomatlgi yo`lida keng foydalanilmoqda. Rayon shifobaxsh o`simliklarga ham boy. Pista va bodomzorlar, yong`oq, shipovnik va boyarishnik archazorlar doim yashil o`rmon o`tloqzorlar ko`zni qamashtiradi.Janubiy Tojiklstonning xalq xo`jaligi ancha rivojlangan. Uning agrosanoat majmuida paxtachilik (va ayniqsa ingichka tolali paxta yetishtirish, ipakchilik, mevachilik va uzumchillk, qo`ychilik va echklchlik yaxshi rivojlangan. Regionning tog`li tabiati ziroatchilik qilishni va chorva mollarni asrashni tabaqalashtirib tashkil qilishni taqozo etgan. Bu narsa ayniqsa chorva mollarini boqishga daxldor. M., regionning tekislik qismida qorako`l qo`ylari, tog`li zonada hisori qo`ylar, tog`li va baland tog`li zonada mayin tola tibit beradigan angor zotli echkilar boqiladi.Janubiy Tojikiston tog`-kon sanoati va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat tarmoqlari keng rivojlantirilgan. Shuningdek poytaxt Dushanbe va boshqa yirik shaharlarda mashinasozlik, to`qimachilik, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari bor.
Pomir. U Tojikistonning janubiy-sharqiy qismida joylashgan. Hududi 63,7 ming kv km. Bu maydon Tojiklstonnikg teng yarmiga teng. Tojikistondagi osmon o`par tog`lar, tog` cho`qqilari, eng ko`p tog` muzliklari, eng yirik tog` sistemalari Pomir geografik rayonidadir. U Markaziy Osiyo davlatlari uchun sharq va janubiy-sharqdagi buyuk tabiiy chegara. Uning bir tomonda nam va quruq iqlimiy sharoitiga ega bo`lgan Old Osiyo, ikkinchi tomonidan esa Markaziy Osiyo sahrosi joylashgan. Region o`z tabiatining rang-barangligi va xo`jalik yuritishiga ko`ra G`arbiy, va Sharqiy Pomirga ajraladi.Garbiy Pomir qudratli tog`li o`lka bo`lib, u chuqur daralar, baland tog` tizmalaridan iborat. Bu o`lkada yashovchi yerli xalq dehqonchilik va qoramolchilik bilan mashg`ul. O`lkaning iqlimi keskin kontinental, havo harorati nisbatan juda past. Uning dengiz sathidan 1600-2200 m balandlikda bo`lgan vodiy qismi bilan 6000-7000 m balandlikdagi tog`li qismida havo haroratida keskin farq kechiriladi. Balandlik oshgan sari abadiy qor va muz qatlami ko`p uchraydi. G`arbiy Pomir tabiat resurslariga boy.
Tog`li Badaxshon muxtor Respublikasi hududidagi abadiy qor va muzliklardan MODning 170 ta daryosi hosil bo`ladi. Ularning umumiy uzunligi 5 ming km. dan ortiq, energetik quvvati esa 13 mln, kvt. Bittagina Sarez ko`lining o`zi yiliga 250 ming kvt. elektroenergiya berishi mumkin. Foydali qazilmalaridan oltin, ko`mir, slyuda, tog` xrustali ko`p uchraydi.Pomirning tabiati geograf va sayyox olimlar tomonidan chuqur o`rganilgan. Proressor X. Hesanovnihg yozishiga qaraganda, Pomirdagi Fedchenko nomi bilan yuritiladigan eng katta muzlik dastlab vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy tomonidan ilmiy tadqiq qilingan. O`tgan asrda Rossiyaning markaziy qismidan kelgan zoolog N. A. Seversov, geolog I. V. Mushketov, geograf V. F. Oshanin bu o`lkada kompleks tadqiqotlar qilishdi. V. F. Oshanin eng katta tog`-vodiy muzligiga Fedchenko nomini berdi. XX asrning boshi va 1930 yillarga kelib, Pomir O`rta Osiyo universitetining olimlari N. L. Korjenevskiy, P. L. Baranov va I. L. Raykovalar tomonidan chuqur tadqiq qilindi. N. L. Korjenevskiy Pomirda Petr I tizmasini ochdi, I. A. Raykova boshqargan ekspeditsiya ishtirokchilari Pomir biologik stansiyasini va Xorog shahrida botanika bog`ini barpo qildilar.
G`arbiy Pomirning qishloq xo`jaligi o`zgacha rivojlanish va yo`nalishda. Uning baland vodiylarida tezpishar vegetatsiya muddati qisqa bo`lgan bug`doy, arpa, mosh, kartoshka navlari ekiladi. Pomirda dehqonchilik qilinadigan zonaning balandlikdagi chegarasi 3500 metrgacha boradi. G`arbiy Pomirda bog`dorchilik: o`rik, olma, shaftoli, nok, gilos mevalari yetishtirish yo`lga qo`yilgan.
Pomirliklar yaylov chorvachiligi bilan mashg`ul. Garbiy Pomirda hisori va darvoz zotli, sharqiy Pomirda qirg`iz zotli dumbali qo`ylar ko`p boqiladi. Sog`in sigirlar faqat tog` vodiylarida boqiladi.
Sharqiy Pomir ham baland tog`lar o`lkasi. Uning baland tog`li vodiylarida yashovchi qirg`izlar asosan chorva mollari boqish bilan shug`ullanadi va chorvachilik bilan kun kechiradi. Uning tog` va yassi tog`lari o`rtacha 3500-4500 metr balandlikka ega. Iqlimi sovuq, quruq va keskin kontinental. Yoz qisqa va salqin, qish uzoq davom etadi va o`ta sovuq. Uning vodiylarida ham havo haroratiling yillik o`rtacha ko`rsatkichi 1,5-5,5 darajaga teng, yozda +11 daraja.
Sharqiy Pomirning Tojikiston iqtisodiyotidagi hozirgi mavqei ko`zga chalinmas darajadadir. Unda asosan qirg`izlar yashaydi Region xalq xo`jaligida chorvachilik tuzuk rivojlangan xolos. Chorva mollaridan yak (qo`tos, arxar, dumbali qizg`iz qo`yi va echki ko`p boqiladi. Bu regionda ayniqsa Markaziy Osiyoning eng go`zal hayvoni arxar ko`p boqiladi. U yilqidan kichikroq shoxli hayvon. Yak ham region uchun tipik hayvon. U yirik bo`ladi. Baland tog` havosiga moslashgan bu hayvonning o`zi uzoq-uzoqlarda o`tlaydi, kechga yaqin esa bolasini emizish uchun o`zi keladi. Sharqiy Pomirda maxsus yakchilik davlat xo`jaligi bor. Yak go`sht, sut, jun, teri ishlab chiqarish uchun boqiladi.