I bob. Tojikistonning ichki hayoti,qishloq sanoati va tarixi



Yüklə 223,19 Kb.
səhifə5/9
tarix21.12.2023
ölçüsü223,19 Kb.
#187825
1   2   3   4   5   6   7   8   9
abdulazizz

Adabiyoti. Tojik xalqining adabiyoti va madaniyati juda qadimgi va boy tarixga ega. Tojik yozma adabiyotining manbalari hozirgi Eron, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyo hududida yaratilgan qadimgi xalq ogʻzaki ijodidan boshlanadi. 9—15-asrlarda forsiy (dariy) tilidagi mumtoz adabiyot tojik va forsiy xalqlar tarixiy-madaniy taraqqiyotining hosilasi edi. Tojik adabiyoti bir necha davrni oʻz ichiga oladi: 1-davr — forslar va tojiklar uchun umumiy boʻlgan fors tilidagi IX-XV asrlar adabiyoti; 2-davr — asosan, Oʻrta Osiyo hududida XVI-XIX asrning 1-yarmida mavjud boʻlgan tojik adabiyotini; 3-davr — XIX asrning 2-yarmidan 20-asrning 30-yillarigacha boʻlgan tojik adabiyotini; 4-davr XX asrning 30-yillaridan hozirgacha boʻlgan tojik adabiyotini oʻz ichiga oladi. IX-X asrlarda fors-tojik tilidagi adabiyot, ayniqsa, tez rivojlandi, shu sababli bu davr haqli ravishda tojik mumtoz sheʼriyatining „oltin asri“ hisoblanadi. Somoniylar davlatining markazi Buxoroda fors tilidagi sheʼriyat asoschisi Abu Abdulloh Rudakiy ijod qildi. Sheʼriy, nasriy, falsafiy-taʼlimiy asarlarda qadimgi xalq anʼanalari va qahramonlik voqealari, adolatli shohlar obrazlari qalamga olina boshladi. Abu Shukur Balxiy, Abulhasan Kisoiy, Daqiqiy ijodlarida insoparvarlik va adolat goyalari targʻib qilinib, zulm qoralandi. X asr oxiri va XI asr boshlarida forstojik shoiri Abulqosim Firdavsiy oʻzining oʻlmas „Shohnoma“sini yaratdi. XX asr oxirida Eron va Oʻrta Osiyoga sufizm gʻoyalari kirib kelib, shu asosda diniy-falsafiy taʼlimotlar, jumladan, ismoiliylar oqimining adabiyotga taʼsiri kuchaydi. Ismoiliylarning gʻoyalari shoir va mutafakkir Nosir Xisrav ijodida aks etdi. 13-asr boshlarida moʻgʻullar bosqini adabiy va falsafiy goyalarning rivojiga 2 asr davomida katta zarba bergan boʻlsada, Hindistonning shimoliy (Xusrav Dehlaviy), Eronning janubiy (Saʼdiy va uning zamondoshlari), Kichik Osiyo (Jaloliddin Rumiy)da fors tojik tilidagi adabiyot rivoji davom etdi. XV asrga kelib Oʻrta Osiyoda adabiy-falsafiy hayot asta-sekin tiklana bordi. Hirot madaniy va adabiy hayot markaziga aylandi. Bu yerda, ayniqsa, temuriylar hukmronligining soʻngti yillarida atoqli shoir va adiblar toʻplangan edi. Adabiy harakat boshida fors tojik shoiri Abdurahmon Jomiy va oʻzbek shoiri Alisher Navoiy turar edilar. XVI asrdan tojik adabiyoti fors tilidagi adabiyotlarning umumiy oqimidan ajralib, mustaqil rivojlandi. XIX asrning 2-yarmi — XX asr boshlarida tojik adabiyotida maʼrifatparvarlik oqimi vujudga keldi. Bu oqimning asoschisi tojik va oʻzbek xalqlarining mutafakkiri Ahmad Donish edi. Shoir va yozuvchilardan Rahmatullo Vozeh, Shamsiddin Shohin (1859—93), Muhammad Hayrat (1878-1902) gʻoyaviy jihatdan Ahmad Donishga yaqin edilar. Tojik maʼrifatchilik adabiyotida yangi janrlar (realistik hikoya, falsafiyromantik qissa va boshqalar) paydo boʻldi, adabiy til xalq tiliga yaqinlasha boshladi. XX asrning boshlarida Sadriddin Ayniy, Toshxoʻja Asiriy, Siroj Hakim kabi yozuvchilar maʼrifatchilik adabiyoti anʼanalarini davom ettiribgina qolmasdan, adabiyotni xalq hayotiga yaqinlashtirishda katta ishlar qildilar. 1920—30 yillarning boshlarida Abulqosim Lohutiy ijodi muhim oʻrin egalladi. Bu davrda S Ayniy „Odina“ (1924), „Doxunda“ (1930) kabi nasriy asarlarini yaratdi. 30-yillar boshida adabiyotga Mirzo TursunzodaJalol IkromiyAbdusalom Dehotiy, Rahim Jalil, Hakim Karim, Mirsaid Mirshakar, Sotoʻm Ulugʻzoda va boshqalar kirib keldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida tojik adabiyoti ham butun kuchini fashizmga qarshi kurashga qaratdi. Urushdan keyingi yillarda M. Tursunzodaning „Hindiston qissasi“ sheʼriy majmuasi (1947— 1948), „Hasan aravakash“ (1954), „Osiyo sadosi“ (1956), „Jonginam“ (1960), „Gangadan Kremlgacha“ (1970) dostonlari, Mirsaid Mirshakarning „Jilovlanmagan Panj“ (1949), „Togʻlik qizning ishqi“ (1961—62), „Muhabbatning varaqlari“ (1975) toʻplamlari va „Vatan farzandlari“ pyesasi, Foteh Niyoziyning „Vafo“ (2 qismdan iborat, 1949—58), „Qurolsiz sarbozlar“ (1985), Sotim Ulugʻzodaning „Yangilangan yer“, Rahim Jalilning „Shoʻrob“ romanlari nashr etildi. 1980—90 yillar adabiyotga yozuvchi va shoirlarning yangi avlodi kirib keldi. Bu davrda Moʻmin Qanoatning „Sino beshigi“ (1980), „Olovli muhabbat“ (1985) dostonlari, Loiq Sheralining „Oq kun“ (1984), „Dil uyi“ (1986), „Oftobboron“ (1988), „Mozor toshi“ (1996) sheʼriy toʻplamlari, Bozor Sobirning „Tun kiprigi“ (1981), „Oftobnihol“ (1982), „Tatib, tuyib“ (1987) sheʼriy majmualari, Gulnazar Keldiyevning „Langar“ (1984), „Daryo oʻzani“ (1986), Gulruxsor Safiyevaning „Ixlos“ (1980), „Sugʻd alangasi“ (1981), „Boxtar ruhi“ (1987) sheʼriy toʻplamlari va „Sabzabahor ayollari“ romani (1991) yaratildi. 1990-yillardan keyin adabiyotga kirib kelgan Farzona, Iskandari Xatloniy va yana koʻplab yosh qalamkashlar tojik adabiyotining rivojida muhim oʻrin tutadi.
Me’morligi va tasviriy san’ati. Tojik xalqining badiiy madaniyati qoʻshni xalqlar, ayniqsa, oʻzbeklar madaniyati bilan oʻzaro bogʻliqlikda rivojlangan. Tojikiston hududidan topilgan tasviriy sanʼat yodgorliklarining eng qadimgisi Sharqiy Pomirdagi mezolit (mil. av. 15—10 ming yilliklar) davriga oid qoyatosh suratlaridir. Jumladan, Panjakentdan topilgan qoya suratida arfa chalayotgan qiz tasvirlangan (VII-VIII asrlar). V-VIII asr boshlarida Tojikiston hududida devor va minoralar bilan shahristonga ega boʻlgan shaharlar paydo boʻldi. Mintaqada islom dini tarqalgach, Tojikiston meʼmorligida masjid va madrasalar, minora, maqbara va xonaqohlar qad koʻtardi. IX-X asrlardan qurilishda pishiq gʻisht ishlatila boshlandi. XI-XII asrlarda Mozori Sharifda Muhammad Basharo maqbarasi, XIV-XV asrlarda Ust rushonada Koʻk gumbaz masjidi, XI-XII va XV asrlarda Konibodomda Muslihiddin maqbarasi barpo etidsi. XIV asr oxiri — XV asrlarda monumental bezak sanʼatida yogʻoch va ganchga naqsh oʻyish, sirlangan va sirlanmagan sopol, yogʻoch va ganchga tuxumli tempera bilan naqsh solish, zardoʻzlik va boshqalar keng tarqaldi.Tojikiston meʼmorligi 1 qavat paxsa yoki xom gʻishtli uysozlikdan bosh reja asosida qurilayotgan shaharlargacha boʻlgan taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. 1930-yillarda Dushanbe,Xoʻjand,Koʻlob, Konibodom shaharlari bosh reja asosida qurila boshladi.1930—40-yillar boshlaridagi shaharsozlikda Oʻrta Osiyo meʼmorligi elementlari boʻlgan klassitsizm shakllari ustunlik qildi.50-yillarning 2-yarmida sharq anʼanalarini oʻzida mujassamlashtirgan binolar paydo boʻla boshladi. 1960-yillardan soʻng Tojikiston meʼmorlari kichik mavzelar barpo etishga oʻtdilar. Sanoat rivojlanishi tufayli Qoʻrgʻontepa, Tursunzoda, Norak, Yovon singari yangi zamonaviy shaharlar qad koʻtardi. Dushanbedagi „Tojikiston“ mehmonxonasi (1975, meʼmori A. I. Onishchenko), kinokonsert zali (1985, meʼmori S. M. Sutyagin) kabi zamonaviy muhtasham binolar barpo qilindi9.
Tojikistonda zamonaviy tasviriy sanʼat 20-asrning 20-yillarida vujudga kela boshladi. Ilk rassomlar siyosiy va tashviqiy plakatlar, hajviy jurnalilar uchun bezaklar yaratish, oʻquv darsliklari va badiiy asarlarni bezash bilan shugullandilar. Ikkinchi jahon urushi davrida grafika, plakat va ayniqsa, karikatura rivojlandi. 40-yillar oxiri va 50-yillarda tasviriy sanʼat janrlari koʻpaydi, rassomlar mahorati oshdi. 1947-yil Respublika tasviriy sanʼat muzeyining ochilishi bunga yaxshi sharoit yaratdi. Peyzaj janrida I. Abdurahmonov, F. Solmonov, S. Zaxarov salmoqli muvaffaqiyatga erishdilar. Keyinchalik yetishib chiqqan rassomlar I. Raximov, X. Xushvaqtov, 3. Habibullayev, A. Aminjonov, haykaltaroshlar A. Gʻaniyev, K. Jumagazin, grafik rassomlar K. Turenko, X. Rasulov, D. Safoyevpar hayotiy mavzularda ijod qildilar. X. Xushvaqtovning „Xorugʻ“, „Olay vodiysi“, „Pomir togʻlarida“, 3. Habibullayevning „Gʻijjak“, „Yaylovda bahor“ asarlari zoʻr mahorat bilan yaratilgan. 1990-yillar Tojikiston tasviriy sanʼatida milliy anʼanalarni, zamonaviy badiiy gʻoyalarni chuqurroq singdirishga asosiy ahamiyat berildi[26]. Chunonchi, rassom S. Qurbonov ijodiga tojik xalqining tarixi, milliylik ildizlari, urf-odatlari goʻzal shakllarda romantik badiiy uslubda aks ettirilgan. Tojikiston xalqining koʻp asrlik tasviriy va amaliy sanʼatida bezak asosiy yoʻnalish boʻlgan. M. Xushmuhamedov, A. Haydarov, A. Kamelin, A. Raximov, M. Beknazarovlar milliy meros anʼanalarini birmuncha yangilagan holda mana shu yoʻnalishda ijod qilmoqdalar. P. Falbov, S. Sharipov, A. Sayfiddinov kabi rassomlar bu sohada yangi yoʻnalish yaratish yoʻliga tushib oddilar. L. Irismetova, M. Nosirova, M. Qodirova, M. Qurbonova, 3. Davlatshoyeva, D. Mamajonova, N. Hamidova, S. Saidova singari isteʼdodli ayol rassomlar yetishib chikdi. Tojikiston zamonaviy haykaltaroshligi (A. Bikasiyon, V. Odinayev, J. Toshmatov asarlari)da ham yangi yoʻnalish boshlangani seziladi. A. Lohutiy (haykaltarosh I. Milashevich), Mirzo Tursunzoda (haykaltarosh A. Bikasiyon) haykallari, B. Gʻafurov byusti (haykaltarosh I. Ivanov), Dushanba shahridagi „Vaxdat“ memoriali (1999), Qoʻrgʻontepadagi Ismoil Somoniy haykali (1999) shundan dalolat beradi. Amaliy sanʼat sohasida — kulolchilikda A. va boshqa Mavlonovlar, S. va S. Soxibovlar, M. Mirzoyev; naqqoshlikda M. Olimov, K. Gayurov; yogʻoch oʻymakorligida Yu. Baratbekov, A. Yoʻldoshev, A. Yahyoyev; kashtachilikda Z. Baxriddinovalar samarali ijod qilmoqsalar. 1998-yil Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalila Tojikiston rassomlarining badiiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Unda Tojikiston istiqbol davri tasviriy sanʼati keng namoyish etilgan. Tojikiston Meʼmorlar uyushmasi 1936-yil, Rassomlar uyushmasi 1933-yil tashkil etilgan. Tojikiston badiiy sanʼat xodimlari Dushanbedagi Davlat-Badiiy kollejida tayyorlanadi. Koʻpgina tojik sanʼatkorlari Oʻzbekiston sanʼat institutlari va bilim yurtlarida taʼlim olgan.
Teatri va kino san’ati.Yevropacha tipdagi tojik teatri dastlab 1919-yilda Xoʻjandda, keyinchalik Konibodom, Oʻratepa va Isfarada havaskorlik teatrlari tarzida paydo boʻddi. 1929-yil Dushanbeda havaskorlik toʻgaragida Tojik davlat drama teatri nomi bilan 1-professional teatr (hozirgi Lohutiy nomli teatr) tashkil etildi. 1932-yil Xoʻjandda musiqali drama teatri ish boshladi. Ularda zamonaviy mavzudagi asarlar sahnalashtiryddi. A. Usmonovning „Kurash“, K. Yashinning „Yondiramiz“, J. Ikromiyning „Dushman“, M. Tursunzodaning „Hukm“, M. Aminzodaning „Sharaf“ pyesalari koʻrsatildi. Firdavsiyning „Shohnoma“si asosidagi „Rustam va Suhrob“, jahon mumtoz dramaturgiyasining „Otello“, „Makr va muhabbat“ asarlari Lohutiy nomli teatr sahnasida namoyish etildi. Aktyorlardan M. Qosimov, L. Zohidova, T. Fozilova, A. Burhonov, X. Rahmatullayev, G. Vallamatzoda, B. Tojiboyeva, balet raqkrsasi M. Sobirova va boshqa mashhur. Rudakiy nomidagi Xorugʻ va S. Valizoda nomidagi Koʻlob musiqali drama teatrlari jamoalari Tojikistonda teatr sanʼatining rivojiga muhim hissa qoʻshdilar.
Tojikiston kinematografiyasi 1929-yil vujudga keldi. Dushanbega 1-poyezd kelishiga bagʻishlangan kinojurnal suratga olib koʻrsatildi. 1930-yil „Tojikkino“ birlashmasi tashkil etildi. 1932-yil „Amirlar oʻlgan chogʻda“ birinchi badiiy filmi yaratildi. 1939-yil „Bogʻ“ (rejissor N. V. Dostal), „Doʻstlar qayta uchrashganda“ (rejissor K. Yormatov) nomli dastlabki ovozli badiiy filmlar yaratildi. 40-yillarda harbiy vatanparvarlik mavzuidagi hujjatli filmlar („Temurning qasami“, „Tojikiston farzandi“ va boshqalar) suratga olindi. 1957-yil rejissor B.A. Kimyogarov S. Ayniyning „Doxunda“ tarixiy qissasini, soʻng M. Tursunzodaning „Hasan aravakash“ dostonini ekranlashtirdi. Shundan soʻng bir kator badiiy filmlar — „Doʻstim Navruzov“ (rejissorlar Sh. Qiyomov, N. Litus), „Togʻdagi chirok“ (rejissor B. Dolinov), „Bir qizni uchratdim“ (rejissor R. Ya. Perelshteyn), „Oʻgʻlim uylanmoqchi“ (rejissor T. Sobirov) badiiy filmlari yaratildi. 1960—70 yillarda yetishib chiqqan M. Qosimov, M. Oripov, S. Hamidov, V. Ahadov, B. Arabov kabi rejissorlar kinematografiyaga yangi mavzu va uslublar olib kirdilar. Ularning „Nisso“, „Togʻlarda yuragim qoldi“, „Koʻhna masjid yonidagi uchrashuv“, „Joʻra sarkor“, „Uchinchi qiz“ kabi filmlari muvaffaqiyat qozondi. 1970—1980-yillarda qator badiiy va hujjatli filmlar suratga olindi. D. Xudonazarov („Yoshlikning birinchi tongi“), Yu. Yusupov („Jinoyatchi va oqlovchi“) kabi rejissorlar mashhur boʻldi. Tojik kinosini rivojlantirishga rejissorlardan K. Yormatov, N. Tillayev, artistlardan M. Qosimov, 3. Doʻstmatov, M. Vohidov, ssenariychilardan M. Tursunzoda, S. Ulugʻzoda, M. Mirshakar va boshqa katta hissa qoʻshdilar.


Yüklə 223,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin