156
YUritish odatda dvigatel, tishli yoki tasmali uzatgich
orqali asosiy valga
burash momenti va aylanishni uzatish vositalaridan iborat. Asosiy val turli
konstruktsiyali volchoklarda 80-350
ayl/min
tezlik bilan harakat qiladi.
Go’shtni keskich qismga berish mexanizmi odatda bir yoki bir necha shnek
(vint) lardan iborat. Ular tsilindr yoki konus shaklida bo’ladi, qadami doimiy yoki
o’zgaruvchan bo’ladi, gorizontal yoki burchak ostida o’rnatiladi. Bu shneklar
yordamida mahsulot majburan maydalagichga uzatiladi.
Ayrim volchoklarda asosiy go’sht uzatuvchi shnekdan tashqari qo’shimcha
shnek bo’lishi mumkin. U go’shtni kesish mexanizmiga bir tekisda
yetkazib turish
uchun xizmat qiladi.
Kesish mexanizmi asosiy ishchi organ bo’lib, u bir necha konstruktsiyali
Pichoqlar yordamida xomashyoni kesadi. Pichoqlar bir yoki bir necha juft bo’ladi.
Kesuvchi Pichoqlar krest shaklida va reshetka shaklida bo’ladi. Qiyma
komPonentlarining
maydalanish
darajasi
reshyotka
shaklidagi
Pichoq
teshiklarining diametriga bog’liq. Asosiy keskir Pichoq –
bu krest shaklidagi
Pichoqlar. Mayin kesilgan qiyma tayyorlash uchun krest shaklidagi va reshetkali
Pichoqlarning bir necha juftligi ishlatiladi. Maydalash mahsulotni aylanadigan
Pichoqda kesib, uni dumaloq yoki oval shaklidagi
setka teshiklarida bosib
o’tkazish hisobiga amalga oshiriladi.
Volchokka odatda oldindan 50-100
mm
uzunlikda tilchalangan go’sht
solinadi. Dag’al holda maydalash uchun bir dona Pichoq va teshiklari diametri 16-
25
mm
-li ishlatiladi, mayin maydalash uchun so’nggi reshetka teshiklari 2-3
mm
-
ni tashkil etishi kerak. Kesish Pichoqlari juftliklarining soni ikki yoki uchta
bo’ladi.
Pichoq va reshetkalar yaxshi chaxlangan bo’lishi kerak, ularni ishchi valga
o’rnatganda bir-biriga zich joylashishini ta’minlash zarur,
aks holda kesish sifati
Past bo’ladi, to’qimalar kesilish o’rniga eziladi, go’sht seli oqib ketadi.
Kesish mexanizmi volchokning eng so’ngiga, go’shtni chiqarish joyiga
o’rnatiladi, asosiy val, ya’ni go’sht berish vali aylangan vaqtda u bilan birgalikda
krest shaklidagi Pichoqlar ham aylanadi, reshetkalar turg’un turadi.
Volchok
yaxshi
ishlayotganligidan,
uning
hisobiy
unumdorligi
ta’minlanganligi dalolat beradi. Agar kesish mexanizmi unga berilayotgan go’shtni
kesishga ulgurmasa go’sht
orqaga qaytib chiqadi, tsilindr ichida aylanadi,
ishqalanadi va qizib ketadi. Agar kesish mexanizmi to’la yuklanmasa,
u holda
kesish mexanizmi bo’sh ishlaydi va kesish organlari tezda ishdan chiqadi.
Go’sht tsilindrdan orqaga qaytishini kamaytirish uchun tsilindr ichida vint
yo’nalishida ariqcha (shlitsa) qilinadi.
Quyidagi konstruktsiyadagi go’sht keskichlar seriyada ishlab chiqilgan: MP-
82 reshetka diametri 82
mm;
MP-1-160 - 160
mm;
MP-2-220 - 220
mm.
Dostları ilə paylaş: