177
SHPritslar
Ishlash PrintsiPi bo’yicha shPritslar davriy va uzluksiz ishlovchi bo’ladi.
Davriy ishlovchi shPritslar nisbatan kichik unumdorligi bilan tavsiflanadi.
Uning farsh solish rezervuari qiymani rezervuardan qobiqqa siqib chiqarish Porshen
shaklidagi moslamasi bilan birga qurilgan. U qo’l kuchi, mexanik va gidravlik
yuritmalaridan harakatga keltiriladi.
Uzluksiz ishlovchi shPritslar unumli va kolbasa ishlab chiqarish oqim-
texnologik liniyalarini vujudga keltirish uchun juda qulay. Bu mashinalar uzluksiz
ravishda shPrits orqali kolbasa qobig’iga qiyma berishni ta’minlaydi. Qiymani
rezervuardan bosim bilan berish uchun uzluksiz ishlovchi ekstsentrik loPastli
konstruktsiyali,
vintli yoki shnekli, shesternyali va rotatsion ishchi organli
mexanizmlar qo’llanadi. YUritma turi bo’yicha mexanik va gidravlik mashinalarga
ajraladi.
Uzluksiz ishlovchi qiyma chiqargichlarning kamchiligi qiymaga nisbatan
bosim teng tarqalmasligidan iborat. Qiyma uzatish ayrim hollarda siltashlar
ko’rinishida
amalga oshiriladi, agar qiyma sarfi kamaysa, uning ko’P marta
aylantirilishi (retsirkulyatsiyasi) ro’y beradi, natijada qiyma seli chiqib ketadi,
qiyma korPusga ko’P ishqalanib, sifati yomonlashadi.
Porshenli qiyma siqib chiqaruvchi shPritslarda tsilindr kesimining barcha
nuqtalari bo’yicha
qiyma bir tekisda siqiladi, buning natijasida go’sht seli deyarli
chiqmaydi, qiyma berish doimiy bosim ostida amalga oshiriladi, qiymada havo
to’lib qolgan bo’shliqlar hosil bo’lish ehtimoli deyarli qolmaydi .
SHPritslar bir yoki bir necha tsilindrli, gorizontal yoki vertikal bo’lishi
mumkin. SHPritslarning ayrim konstruktsiyalarida
maxsus dozalovchi yoki
burovchi qurilmalari bo’lishi mumkin.
SHPritslarga quyidagi talablar qo’yiladi: yuqori unumdorlik, mahsulot
birligiga sarflanadigan quvvatning minimalligi, qiyma chiqishi bosim va tezligini
rostlash
imkoniyati, qiymaning tarkib va strukturasini saqlash, qobiqga tiqish
zichligi, qiyma yuklash qulayligi, mashina konstruktsiyasining ishonchliligi,
konstruktsiyani yechish osonligi va
sanitar ishlov berish osonligi, xizmat
ko’rsatishda xavfsizlik ta’minlanishi.
Qobiqni qiyma bilan to’ldirish vaqtida uning ichiga havo kirmasligi eng
asosiy omil hisoblanadi. SHuning uchun shPritslarning oxirgi konstruktsiyalarida
tsilindridan vakuum-nasos yordamida havoni so’rish qurilmasi qo’llanilgan.
64–rasmda go’sht kombinatlarida ko’P ishlatiladigan ayrim shPritslarning
PrintsiPial sxemalari keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: