191
Pechdan chiquvchi issiq gazlar va tutun ventilyator bilan tutashgan zont orqali
uzoqlashtiriladi.
Pechning asosiy ishchi organi rotor hisoblanadi, unga sharnirli ushlagichlarda
lyulkalar osilgan, rotor aylanganda gorizontal holati saqlanadi. Rotor vali Pechning
yon devoriga qotirilgan ikkita chiqib turgan PodshiPnikda o’rnatilgan. Rotor 0,6 -
ayl/min
tezlik bilan aylanadi. Harakat elektrodvigateldan 5 (quvvati 0,6
kVt
)
chervyakli reduktor orqali uzatiladi. Issiq gazlar Pechga Pastdagi tuynukdan kiradi,
Pech bo’ylab yuqoriga harakat qiladi va uning ust qismidan chiqariladi. Bunda rotor
uzluksiz aylanadi, bu esa lyulka va metall shakllarga joylashtirilgan mahsulotga bir
xilda ishlov berilishini ta’minlaydi.
Go’sht kombinatida gaz bo’lmagan holda elektr sPirallar qo’yilishi mumkin, bu
energiya xarajatini oshiradi.
Pech quyidagi tartibda ishlaydi. Eshikcha ochiladi, rotor yuritmasi ishga
tushiriladi, gaz qo’yiladi va gorelkalar yoqiladi. Pech 180-200
o
S haroratgacha
isitiladi, so’ngra mahsulotni barcha lyulkaga 8 yuklash boshlanadi. Keyin shiber
(eshikcha) yoPiladi va Pishirish jarayoni amalga oshiriladi. Harorat Pechning o’ng
tomoniga o’rnatilgan termometr yordamida nazorat qilinadi, uni ushlash esa gazni
gorelkalarda yoqish orqali amalga oshiriladi.
Rotorga yuklash farqi 30
kg
dan oshmasligi kerak. Rotorli Pech unumdorligi
100
kg/s
.
Dostları ilə paylaş: