I bo’lim. Konserva korxonalari jihozlari


Pirojoklar tayyorlash (yasash) va qovurish avtomati



Yüklə 9,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/116
tarix14.10.2023
ölçüsü9,41 Mb.
#155367
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   116
ma\'ruza matn

Pirojoklar tayyorlash (yasash) va qovurish avtomati
. Avtomat (72-rasm) 
qovurilgan qiymali xamir Pirojoklar ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan. Uning 
unumdorligi soatiga 800 dona.
Avtomat ikki qismdan iborat – shakllantiruvi va issiqlik bilan ishlov 
beruvchi. Xamir bunker 1 ga solinadi, go’sht qiymasi – bunker 2 ga. Xamir 
siqilgan havo yordamida 2 
atm 
bosim ostida dozator 3 ga beriladi, qiyma esa 
shnekli nasos yordamida - dozatorga 4 beriladi. 
Dozatorlardan xamir va qiyma shakllantiruvchi Patron (golovka) 5 ga boradi. 
Xamir halqasimon teshikdan siqib chiqarilishi natijasida yaxlit cheksiz nay hosil 
qiladi, qiyma esa bu nayning ichiga kiradi. Xamir va farshga mutanosib davriy 
harakat beriladi, lekin xamir harakatlanish davri ko’Proq, shuning uchun qiyma 
qisqa tanaffuslar bilan o’rnashtiriladi. SHakllantirish Patronidan chiquvchi qiymali 
xamir nayi davriy Pichoq 6 bilan uzunligi barobar bo’laklarga kesiladi, hosil 
bo’lgan uzuncha Pirojoklar Po’lat transPortyorga 7 tushadi va otuvchi 5 zanjirli 
transPortyorning lotogiga 9 tashlaydi.
Pirojka otuvchining har bir harakati natijasida uch dona Pirojka otiladi. 
Zanjirli transPortyor Pirojkalarni oshirish shkafiga 10 beradi. 
Oshirish davomiyligi 15-20 
min
. Oshirish oxirida lotok ag’dariladi va 
Pirojkalar qovurish vannasi 12 ning rotorli barabani 11 ning muvofiq bo’limiga 
tushadi. Baraban aylanish vaqtida Pirojkalar yog’ning 180°S gacha isitilgan 
zonasi bo’ylab harakat qiladi, qovuriladi va o’z og’irligi ta’siri ostida qabul lotogi 
13 ga tushiriladi. Qovurish davomiyligi 2 min. Qovurish vannasidagi yog’ hajmi 
22-27 
l
. O’simlik yog’i ishlatiladi, uning ishchi harorati 180°S, elektr isitkichlar 
yordamida doimiy harorat ushlab turiladi. Atomatning barcha mexanizmlari 


192 
sinxron ravishda ishlaydi va quvvati 1,5 
kVt
bo’lgan bir elektrodvigateldan 
harakatga keltiriladi. Qovurish vannasi 12 sarf bakidan, sarf baki 15 orqali nasos 
14 yordamida yog’ bilan to’ldiriladi, rele 16 qovurish kamerasi yog’ vannasidagi 
yog’ sathini bir xil ushlab turadi. 
72-rasm. Pirojoklar tayyorlash (yasash) va qovurish avtomati: 
1-xamir uchun bunker; 2- qiyma uchun bunker; 3- xamir dozatori; 4- farsh 
dozatori; 5- shakllantirish uchi; 6-Pichoq; 7-transPorter; 8-otgich; 9-konveyer 
lotoki; 
10-oshirish 
shkafi; 
11-rotorli 
baraban; 
12-qovurish vannasi; 13- qabul lotoki; 14- nasos; 15 - sarf baki; 16- yog’ sathi 
relesi; 17-bachok; 18- komPressor. 
Kolbasa mahsulotlari nafaqat qozon va Pishirish xonalarida issiq suvda, 
balki bug’ yordamida statsionar kameralarda ham Pishiriladi.

Yüklə 9,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin