204
Ishchi suyuqlik va ishlov berilayotgan mahsulot aPParat ichida bir – biri
bilan bevosita kontaktda yoki yoki kontaktsiz holda bo’lishi mumkin.
Ikkinchi
holda, aksariyat o’zaro ta’sir ajratib turuvchi yuza (qism) orqali (metal devor)
amalga oshiriladi.
Uskunalar strukturasi (tarkibi
)
Har bir texnologik uskuna birligi qo’yidagi qismlardan iborat: staninalar
(korPuslar, ramalar va b.x.k.), mahsulot soladigan (bo’shatiladigan) moslama yoki
qism, ximoya (blokirovka), uzatish va ish mexanizmlar, ishchi bajaruvchi organ va
nazorat – o’lchov asboblari. Uskuna texnik tasnifini
belgilovchi asosiy qismlar
uzatish qismi, ish mexanizm va ishchi organlarining o’zaro (bog’liqlikdagi)
faoliyatidir.
Stanina uskunaning barcha qismlarini mahkamlash uchun,
shu jumladan
qushimcha moslamalarni (transPortirovka qiluvchi, ko’taruvchi va x.k.)
mo’ljallangan. Ba’zi bir uskuna turlarida (seParatorlar va boshqalar) stanina asosiy
vazifadan tashqari ishchi mexanizmni moylash uchun mo’ljallangan moy turadigan
moslama (karter) vazifasini ham o’taydi.
Dostları ilə paylaş: