I bo’lim. Konserva korxonalari jihozlari


Tasnif (klasssifikatsiya)



Yüklə 9,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/116
tarix14.10.2023
ölçüsü9,41 Mb.
#155367
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   116
ma\'ruza matn

Tasnif (klasssifikatsiya) 
Sut sanoati korxonalari texnologik uskunalari tuzilishi, ishlash PrintsiPi, 
bajaradigan texnologik oPeratsiyalari va ularni amalga oshirish usullariga qarab 
ajratiladi. Uskunalar o’zlariga tegishli bo’lgan umumiy hususiyatlariga qarab u 
yoki bu guruhga birlashtirilib tavsiflanishi mumkin: ish tsikli xarakteri bilan, ishlab 
chiqarish tizimiga mosligi bilan, mexanizmlanish va avtomatlashtirish darajasi 
bilan, funktsional vazifasi bilan va boshqalar. 
Ish tsikli xarakteriga qarab uskunalar davriy va uzluksiz bo’ladi. Davriy 
ishlaydigan uskunada mahsulotga ma’lum vaqt davomida ishlov beriladi, so’ng 
bo’shatiladi. Uzluksiz ishlaydigan uskunada mahsulotni yuklash(ortish), ishlov 
berish va bo’shatish bir vaqtda amalga oshiriladi. 
Uskunaning mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi u bajara-digan 
asosiy va yordamchi oPeratsiyalarning nisbati bilan belgilanadi. Bu nisbatdan yelib 
chiqqan holda uskunalar avtomatlashtirilmagan, yarim avtomatlashtirilgan va 
avtomatlashtirilgan turlarga bo’linadi. 
Avtomatlashtirilmagan uskunalarda yordamchi va asosiy oPeratsiyalar-ning 
bir qismi qo’l mehnati yordamida bajariladi. YArimavtomat uskunalarda asosiy 
oPeratsiyalarni uskuna, yordamchilarni esa odamlar bajaradi. Avtomatlarda hamma 
oPeratsiyalar uskunada bajariladi. 
Texnologik uskunaning ishlab chiqarish tizimidagi tutgan o’rniga qarab 
alohida birliklari (bitta oPeratsiyani bajaradi), agregatlar (ketma-ket har-xil 
oPeratsiyani bajaradi), uskunalar kombinatsiyasi (yakunlangan oPeratsiyalar 
tsiklini bajaradi) va Potokli texnologik liniyalar (hamma oPeratsiyalar uzluksiz 
Potokda bajariladi) 
Sut xom ashyosiga ishlov berish usuli va ta’sir ko’rsatish PrintsiPlariga 
qarab uskunalar funktsiyasi belgilanadi. Funktsional belgisiga qarab uskunalar 
quyidagi umumiy guruhlarga bo’linadi: sutni qabul qilish, transPortirovka qilish va 
saqlash uchun; sutga mexanik ishlov berish uchun; sutga issiqlik ishlovini berish 


207 
uchun; quyultirish va quritish uchun; sut va sut mahsulotlarini quyish, qadoqlash 
va uPakovka qilish uchun. Funktsional alomatlariga qarab tasniflash uskuna ish 
PrintsiPini mexanika, gidromexanika, issiqlik fizikasi, fizkimyo, biokimyo va 
mikrobiologiya qonunlari bilan maxkamroq bog’lash imkonini beradi. 
Bundan tashqari sut mahsulotlarining konkret turlarini ishlab chiqarish 
uchun qo’llaniladigan uskunalardan (sariyog’ tayyorlovchi, sariyog’ hosil qiluvchi, 
frizerlar, sqr uchun Presslar) ham foydalaniladi) 

Yüklə 9,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin