I bo’lim. Konserva korxonalari jihozlari


Uskunalarning asosiy ko’rsatkichlari



Yüklə 9,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/116
tarix14.10.2023
ölçüsü9,41 Mb.
#155367
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   116
ma\'ruza matn

Uskunalarning asosiy ko’rsatkichlari 
 
Texnologik uskunalarning ishi texnik xarakteristikasini tashkil qiluvchi 
texnologik va texnik ko’rsatkichlari orqali ifodalanadi. Ularga odatda quyidagilar 
kiradi: 
- Quvvati, ya’ni qayta ishlanadigan xom ashyo yoki ishlab chiqariladigan 
mahsulotning vaqt birligidagi miqdori; 
- sarflanadigan energetik quvvat, vaqt birligidagi issiqlik yoki sovuqlik 
miqdori, elektr energiyasi bilan ifodalanadi; 
- elektr energiyasi ko’rsatkichlari (kuchlanish, chastota, fazalar soni) issiqlik 
tashuvchi ko’rsatkichlari (harorati, bosimi). Sovuqlik tashuvchi ko’rsatkichlari( 
turi, harorati); 
- xom ashyo va ishlab chiqaradigan mahsulot ko’rsatkichlari; 
- uskuna va uning ayrim elementlari va qismlari ishlash rejimi 
ko’rsatkichlari – bosim, harorat, aylanish chastotasi va boshqalar; 
- uskuna gabarit o’lchamlari va massasi; 
- eksPluatatsiya sharoitlari (ishlab chiqarish binosi xarakteristikasi, harorati 
va havoning nisbiy namligi) 
Uskuna texnik xarakteristikasi uning konkret mahsulot turini ishlab 
chiqaradigan texnologik oPeratsiyani bajara olishga yaroqli ekanligini aniqlab 
beradi. 
Uskunaga qo’yiladigan asosiy talablar 
Sut sanoati korxonalari texnologik uskunalariga, hamma turdagi oziq-ovqat 
uskunalariga tegishli umumiy talablar bilan birga mahsus, ya’ni qayta ishlanadigan 
xom ashyoning hususiyatlariga qarab hamda havfsizlikni ta’minlovchi talablar 
qo’yiladi. 
Sut korxonalari texnologik uskunalariga qo’yiladigan umumiy talablarga, 
kerak darajadagi quvvati, material va energiyaning minimal sarflanishi, mehnat 
hajmi va foydalanish havfsizligi, ishlab chiqariladigan mahsulot sifati, remont 
qilish imkoni, ishonchliligi, uzoq muddatliligi, ekologik havfsizligi kiradi. 
Sut xom-ashyosini qayta ishlovchi texnologik uskunalarning o’ziga xosligi – 
bu uning konstruktsiyasiga qo’yiladigan yuqori darajadagi sanita-riya talablari. 


208 
Texnologik uskunalarning ish organlari konstruktsiyasi shunday bajarilgan bo’lishi 
kerakki, eksPluatatsiya sharoiti buzilgan noqulay sharoitda ham moylovchi 
yog’lar, zang yoki metall changlari va boshqa yot materiallar va Predmetlar ish 
zonasiga tushib qolish extimoli bo’lmasin. 
Texnologik uskunalar konstruktsion materiallari oziq-ovqat mahsulotlari 
bilan 
kontaktda 
bo’lganda, 
mahsulotni 
ifloslantirmaydigan 
va 
sifatini 
tushirmaydigan bo’lishi lozim. Ish zonasida qo’rg’oshindan, tsinkdan, misdan, 
ularning qotishmalaridan yasalgan detallardan foydalanish hamda kadmiy, nikel, 
xrom, emal, PenoPlastlar, formaldegid asosida tayyorlangan Plastmassalar, 
takibida oyna tolasi (steklovolokno) bo’lgan materiallar, asbest keramikadan, 
shishadan yasalgan qismlar qoPlanishlar yordamida qo’llanilishi man etiladi. 
Foydalaniladigan materiallar uskunalarni surunkali yuvish, tozalash va 
dezinfektsiyalar jarayonlaridagi kimyoviy, issiqlik va mexanik ta’sirlarga bardosh 
bera oladigan bo’lishi lozim. Konstruktsion materiallarning ish zonasidagi rangi 
oziq - ovqat mahsuloti sifatini aniqlashga va tozaligini nazorat qilib turishga halal 
bermasligi kerak. 
Metallokonstruktsiyalar (ramalar, stanina, bog’lovchi va boshqalar) yasash 
uchun qirqim bo’yicha yoPiq shakldagi Profillardan foydalanish lozim. 
Uskunalar konstruktsiyasi mahsulotni tashqi muhitdan ifloslanishdan 
himoya qila olishi kerak, mahsulotni yoki yordamchi materiallarni atrofga 
sochilish ehtimolini oldini olish, uskunaning to’la bo’shatilishi va sifatli 
tozalanishi, mahsulot qoldiqlari qolib chirishi jarayonini oldini olish imkonlarini 
berishi kerak. Hamma yog’i sanitar ishlovi berish va uni nazorat qilish uchun qulay 
bo’lishi shart.
Mahsulotga ishlov berish zonasi konstruktsiyasida, agar texnologik 
talablarga asosan ko’zda tutilmagan bo’lsa, yuvilmaydigan joylar, tor 
cho’ntaksimon chuqurlar, yoriqlar, to’siqlar, zinachalar ( stuPenka), keskin 
toraygan kesimli joylar bo’lmasligi kerak. Jumladan vannalar, metall idishlar va 
qismlar oson yuvib tozalanadigan silliq, tozalashni qiyinlashtiradigan, halaqit 
beradigan do’nglik, tor oraliqlar, detallarsiz yuzaga ega bo’lishlari lozim. 
YOPiq tizimda sanitar ishlovi(bezrazbornaya moyka) berishga mo’ljallangan 
mahsulot zonasi konstruktsiyasi, vaqti – vaqtida yechilib qo’l bilan yuvib tozalash 
va nazorat qilish imkonini bera oladigan bo’lishi kerak. Yechiladigan va 
yig’iladigan qismlar va detallar oson bo’linadigan biriktiruvchilar bilan 
jihozlangan bo’lishi lozim. 
Uskunaning mahsulot zonasida zaklePka, boltlar, nuqtali Payvandlash, bir-
biriga kiydirilib mahkamlangan bog’lanishlar qo’llanishi man etiladi. YUzalar 
ulangan joyi va burchak qirralari 6 mm dan ko’Proq radius bo’yicha, mexanik 
yuvish qo’llanilganda 50 mm dan kam bo’lmagan radiusda bajarilgan bo’lishi 
lozim. Uskunadan chiqqan oqava suvlar to’kiladigan quvurlar kanalizatsiya 
tizimiga sifonlar yordamida yoPiq holda ulangan bo’lishi kerak. Vallarning zichlab 
mahkamlangan 
moslamalari 
xom-ashyo, 
yuvish 
vositalarining 
uzatish 
mexanizmlariga, moylovchi materiallarning esa, mahsulot zonasiga tushishi xollari 
oldini olish shart. Uskunaning joylashishi, uning quvurlar bilan ulanishi, 
kanalizatsiyaga bog’lanishi sanitar ishlov berish va nazorat qilishga to’sqinlik 


209 
bermasligi lozim. Armaturalar joylashuvi va quvurlar ulangan yerlari mahsulotga 
boshqa narsalar (gidravlik yog’, sovutish suyuqliklari va x.k) oqib tushib 
ifloslantirishi va uskunaga sanitar ishlov berishga xalaqit qilishi hollariga yo’l 
qo’ymaslik kerak. 
Uskuna 
tashqarisi 
izolyatsiyasi 
atrof 
muhitni 
va 
mahsulotni 
ifloslantirmaydigan, haroratni o’tkazmaydigan materiallardan bajarilgan bo’lishi 
kerak. Jumladan, har qanday yuzani steklovolokno yoki shlakovata tarkibli 
materiallar qo’llab izolyatsiya qilish mumkin emas. 
GOST 12.2.003 “Ishlab chiqarish uskunalari. Havfsizlik umumiy talablari” 
ishlab chiqarish uskunalariga havfsizlik talablarini belgilaydi, jumladan 
konstruktsiyalarga, ularni boshqaruv organlariga, himoya vositalariga, hamda 
montaj va ta’mirlash ishlari, ishlab chiqarish uskunalarini transPortirovka qilish va 
saqlash hususiyatlari bilan belgilanadigan havfsizlik talablarini. Uskunalar montaj, 
eksPluatatsiya, ta’mirlash, transPortirovka va saqlashda havfsiz bo’lishlari, tashqi 
muhitni o’rnatilgan me’yordan ortiq zaharli moddalar chiqarib ifloslantirmasligi 
kerak. Uskunalar havfsizligi faoliyat PrintsiPini, konstruktiv sxemalarni, havfsiz 
konstruktsion elementlarni tanlash va x.k., mexanizatsiyalar, avtomatlashtirish, 
distantsion boshqarish va himoya vositalarini qo’llash yordamida; ergonomika 
talablarini bajarish bilan; texnik xujjatlar tarkibiga montaj, eksPluatatsiya, 
ta’mirlash, transPortirovka qilish va saqlash jarayonlaridagi havfsizlik talablarini 
kiritish bilan ta’minlanadi. Uskunalar yong’in va Portlashdan havfsiz, yuqori 
namlikka, harorat va bosim hzgarishiga, agressiv moddalar ta’siriga, shamol 
kuchiga, muzlashga chidamli bo’lishi kerak. 
Uskunaning xarakatlanuvchi qismlari – sidiruvchi, vallarning uchlari va 
ularning elementlari (vintlar, shPonkalar), valiklar, roliklar, ochiq uzatkichlar, 
konveyer tasmasi qayrilgan yeridagi baraban yonlari, Payvandlangan joylar, 
mahsulot solish bunkerlari(voronka) – to’siqlar yordamida o’ralgan bo’lishi lozim. 
Tishli uzatmalarning butunlay mahkamlab tashlanmagan to’siqlari (boltlar, vintlar 
va x.k.) mashina to’la to’xtagandan so’ng ochish imkonini beradigan yoki to’la 
yoPilganda mashina ishga tusha oladigan moslama bilan jihozlangan bo’lishi 
kerak. 
Ishchi xizmatchilar ish zonasi mexanizmlar, xom ashyo va tayyor 
mahsulotlar xarakterlanish zonasidan tashqarida bo’lishi kerak. 
Uskunalar konstruktsiyasida konvektsion va nurli issiqlik (luchostogo tePla) 
ajralib chiqishini chegaralash choralarini ko’rish imkonini berishi lozim 
(tePloizolyatsiya). Belgilangan joyni sovutadigan mashinalarda, sovutish agenti 
(xladonositel) yo’q bo’lganda mashinani ishga tushishini blokirovkalovchi 
moslama o’rnatilgan bo’lishi lozim. 
Namlik, gazlar chang va yot xidlarni ajratib chiqaruvchi uskunalar maksimal 
ravishda germetik yoPilgan bo’lishi kerak. 
Germetik yetarlicha bo’lmasa, ventilyatsion tizim yordamida havoni 
xaydashni ta’minlash lozim.
Uskuna tashqi qismidagi bo’rtiq qismlari 5 mm dan katta radiusda 
yumaloqlangan bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish uskunasini ishga tushirish knoPkasi 
korobka korPusidan 3 – 5 mm chuqurlikda o’rnatilgan bo’lishi kerak. 


210 
Doimiy ish joyidagi boshqaruv organlari (knoPkalar, qo’lushlagichlar, 
maxoviklar va x.k.) quyidagicha chegaralangan ish zonasida joylashgan bo’lishi 
kerak: uzunasiga 0,7 m gacha, 0,4 m gacha chuqurlikda, 0,6 m gacha balandlikda. 
Ko’rsatilgan boshqarish organlari Pol yuzasidan (Ploo’adkadan) 0,9-1,5 m tik turib 
boshqarilganda va 06-1,2 o’tirib boshqarilganda balandlikda bo’lishi kerak. Barcha 
qo’lushlagichlar, knoPkalar,maxoviklar va boshqa boshqarish organlari ularning 
funktsional vazifalarini bildiradigan belgilar yoki yozuvlarga ega bo’lishlari hamda 
mos ranglarga bo’yalgan bo’lishlari lozim: 
Qizil – to’xtash; 
Axromatik (qora, kulrang yoki oq), ba’zida yashil – ishga tushirish; 
Sariq – avvrriya xolatida ishga tushirish; 
Axromatik yoki ko’k – maxsus ulanish. 
YUqorida joylashgan mashina va uskunalarga xizmat ko’rsatish maydonlari 
to’siqlar va zinalar (qo’lushlagichlari bilan) bilan jixozlangan bo’lishi kerak, 
hamda 0,7 m dan kam bo’lmagan o’tish yo’lkachalariga ega bo’lishi lozim.
Maydonchalar yuzasi sirPanchiq bo’lmasligi va chekka qismlari 0,15 m 
balandlikda bo’lishi kerak. To’siqlar va Perilalar balandligi 1 m dan kam 
bo’lmasligi, maydonchasi (zina) yuzasidan 0,5–0,6 m balandlikda esa uzunastga 
qo’shimcha to’siq va har 1,2 
m
dan uzoq bo’lmagan oraliqda vertikal ustunlar 
o’rnatilmog’i lozim. Zinalar 3–5 m balandlikda o’tish maydonchalari bilan 
jixozlangan bo’lishi kerak; zina kengligi – 0,6 m dan kam bo’lmasligi; bosqichlar 
oralig’i – 0,2 m, bosqich kengligi – 0,12 m dan kam bo’lmasligi kerak. 1,5 m dan 
baland zinalar 45 
0
dan kam bo’lmagan qiyalikka, kam balandlikdagilar–gorizontga 
nisbatan 60 
0
gacha qiyaliqka ega bo’lishi kerak. 
Uskunalarning oyoq yordamida boshqarish (Pedillari) moslamalari to’siqlar 
bilan jixozlangan yoki uskunaning bexosdan to’xtab qolishi oldini oladigan (bexos 
Pedal bosilishi, biror narsa tushib ketishi), saqlagichlar (Predoxranitel) bilan 
jixozlangan bo’lishi kerak.
Pedal to’sig’i mustaxkam bo’lishi, qirralari tekislangan va oyoq xarakatiga 
xalil qilmaydigan bo’lishi lozim. Pedal yuzasi to’g’ri g’adur– budur yuzali va 
boshi yumaloqlangan va oyoqni tirash uchun to’siqli bo’lishi kerak. Pedal kengligi 
80 mm dan kam bo’lmasligi tirash to’sig’igacha uzunlik esa – 110 – 130 mm 
kerak. 
Pedal maydon (Pol) yuzasidan 120 mm gacha balandlikda (ishga 
tushmasdan), bosilishi 60 mm (ishga tushgach) ni tashkil qilishi; o’tirib 
boshqarganda Pedalga tushgan kuchlanish – 24,5 N, tik turganda – 34,5 N ni 
tashkil qilishi lozim. 
Poldan 2 m balandlikda yoki chuqurlikda joylashgan zadvijkalar, ventillar va 
kranlar ish joyidan turib ochish va yoPish imkonini beradigan moslamalarga ega 
bo’lishi kerak. 
Ish joylariga o’rnatilgan statsionar nazorat o’lchash aPParaturalari Poldan 2 
m gacha balandlikda bo’lishi kerak.
Uskunalarining 
tok 
o’tkazuvchi 
qismlari 
ishonchli 
qilib 
elektroizolyatsiyalangan, to’silgan yoki odamlar tega olmaydigan joylarga bo’lishi 


211 
kerak. 
Texnologik uskunalarga o’rnatilgan elektr aPParatlari, hada ularning yerga 
ulangan simlari elektruskunalari qurilmalari qoidalari talablariga javob berishi 
lozim. 
Uskunalar yuzasining ish joylaridagi to’siq va quvurlarning qizish darajasi 
45 
0
S dan oshmasligi lozim. Vanna, baklar va boshqa ishchi idishlar kanalizatsiya 
tizimi bilan yoPiq usulda bog’langan to’kish, toshib quyilish moslamalari va yoPib 
qo’yish moslamalari bilan jixozlangan bo’lishi kerak. 
Bosim ostida ishlaydigan uskunalar (avtoklavlar, sterilizatorlar va b.) bosim 
ostida ishlaydigan idishlarni eksPluatitsiya qilish xavfsizligi va tuzilish 
qonunlariga asosan loyixalanadi va eksPluatatsiya qilinadi.
Bu qoidalar 0,07 MPa dan ortiq bosimda ishlaydigan metall idishlarga 
tegishli. 
Idishlar konstruktsiyasi ishonchli, eksPluatatsiya qilishda xavfsiz, ko’zdan 
kechirish, sanitar ishlovchi va ta’mirlash imkonini beradigan bo’lishi lozim. Ich 
qismini ko’zdan kechirishga xalaqit qiladigan hamma narsa olinadigan bo’lishi 
kerak. Ichki diametri 800 mm katta bo’lgan idishlar soni yetarlicha bo’lgan 
ta’mirlash va ko’zdan kechirish teshiklariga (tuynuk) ega bo’lishlari kerakki, ular 
xizmat ko’rsatish uchun qulay yerlarda joylashgan bo’lsin. Tuynuynuklar yumaloq 
va oval shaklda bo’ladi. aylana shakldagi tuynuklar diametri 400 mm dan kam 
bo’lmasligi, oval shakldagilar kichik o’qi kamida 325 mm, kattasi – 400 mm 
bo’lishi kerak. Quvursimon issiqlik almashtirgichlar ko’rinishidagi idishlar lyuk va 
tuynuklarsiz yasalgan bo’lishi mumkin. To’ntariladigan idishlar o’z–o’zidan 
to’ntarilib ketish oldini oladigan moslamalarga ega bo’lishi kerak. Idishlar tagi 
odatda eliPtik shaklda bo’ladi, lekin shar yoki shar segmenti ko’rinishida ham 
yasalgan bo’lishi mumkin. Idishlarning Payvandlangan yerlari faqat bir – biriga 
nisbatan bir tekislikda bajarilgan bo’lishi kerak. Har xil qalinlikdagi elementlar 
Payvandlanganda bir elementdan ikkinchi elementga qirralarsiz, bir maromda 
o’tishi kerak. O’tish yuzasi qiyaligi 15 
0
oshmasligi lozim. 
Payvandlanadigan elementlar qalinligi nisbati 30% dan ko’P bo’lmasa va 
yuPqa element qalinligi 5 mm dan ortiq bo’lmasa, qalin elementlarni 
yuPqalamasdan Payvandlashga ruxsat etiladi. 
Pastki qismi ko’zdan kechirish uchun noqulay bo’lgan gorizontal idishlarda 
bo’yicha Payvandlangan yo’l 140 
0
ga teng Pastki qismidagi markaziy burchakka 
to’g’ri kelmasligi lozim. 
Tuynuk va lyuklar teshiklari Payvandlash choklariga to’g’ri kelmaydigan 
(joylarda) yerlarda qurilishi joylashgan bo’lishi kerak. 
Idishlarni (sosudlarni) tayyorlash va ta’mirlash uchun bosim ostida 
ishlaydigan sosudlar tarkibi va xavfsizlik qonun va qoidalarida keltirilgan 
materiallardan foydalanish lozim. 

Yüklə 9,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin