186
SHPrits odatda konveyer stolining oldida o’rnatiladi, uning yonida esa
baton bog’lovchi ayollar brigadasi ishlaydi. Ishga tushirishdan ilgari shPrits
avvalo bo’sh ishga tushiriladi, bar necha marotaba aylanishiga imkoniyat beriladi,
va uning ishga tayyorligiga ishonch hosil qilgach qiyma yuklash va shPritslash
jarayoni boshlanadi.
Ish tugaganda gayka-barashkalar 9 yechiladi, devor 2 olinadi, rotorli val
chiqarib olinadi, qiymadan tozalanadi, rotor, korPus va qiyma o’tkazgich yuviladi,
so’ngra esa barcha detallar yana korPusga yig’iladi.
Nevedomskiy va SkriPniklarning shPritslari konstruktsiyasi asosida
GiProgo’sht loyihalash institutida Yelenich sistemasining SHND-1 va boshqa
konstruktsiyali shPritslari ishlab chiqilgan. Biroq ular sanoatda keng tarqala
olmadi.
«Gloub» (AQSH), «Stouk va Dalton» (Angliya) va «Bekker» (GFR)
firmalari yuqori unumli gorizontal qiyma siqib chiqargichli, vakuum
qo’llanilgan ekstsentrik-Parrakli shPritslar ishlab chiqarishgan. «Kontiflou»
firmasining shPritsi 8
t/soat
unumdorlikka ega. Unga qiyma yuklash mashinani
to’xtatmay amalga oshiriladi va qiyma lentali transPortyor yoki maxsus yuklash
qurilmasi yordamida beriladi.
Ekstsentrik-Parrakli shPritslar kamchiligiga qiymaning birmuncha qizishi va
ishqalanishi kiradi. SHuning uchun bu shPritslar asosan strukturasiz kolbasalar ishlab
chiqarishda qo’llanadi.
Dostları ilə paylaş: