250
Aralashtirish tezligi ham variator va reduktor yordamida minutiga 5 dan 26
gacha aylanadi.
SPD – 2 Pishloq tayyorlash uskunasi -
davriy ishlaydigan har turdagi
Pishloqlarni quyish usulida tayyorlash uchun qo’llaniladi. U xarakatlantiruvchi
mexanizmli qozon va shakl beruvchi (telejka) aravachadan iborat.
Pishloq tayyorlash qozoni tag qismi konusli tsilindr shaklidagi zanglamas
Po’latdan Payvandlab yasalgan bo’ladi.. Izolyatsiyalangan devor oralig’i
(rubashka) ga ega. Qolgan qismlari rasmda ko’rsatilgan.
SHakllash aravachasi Pishloq massasini qozondan qabul qilish, Pishloq
Plastini hosil qilish, uni brusoklarga kesish va keyingi ishlov berish joyiga eltish
uchun qo’llaniladi. Vanna alyumindan yasalgan.
Pishoq tayyorlash uchun qozon sut bilan to’ldirilib, barboterga bug’
haydaladi.
Sut shirdon fermenti bilan ivitiladi. 30 minutdan so’ng Pishloq laxtasi hosil
bo’ladi, aylanma va Planetar Pichoqlar yordamida kesib maydalanadi. Bu vaqtda
zardobning bir qismi (1/2 gacha) to’kiladi. So’ng ikkinchi qizdirishdan so’ng
Pishloq donalari zardob bilan birga shakllash aravachasiga to’kiladi. Unda
Presslangach Pishloq Plasti hosil bo’ladi.
So’ng bo’laklarga (bruski) kesilib formalarga joylanadi. Qozon xajmi 2000
l.
Dostları ilə paylaş: