117
37-rasm. SHMK-2 rusumli shlyamlash mashinasi (umumiy ko’rinishi va
kinematik sxemasi): 1-stanina; 2 – dvigatel mahkamlash uchun Plita; 3-
reduktor; 4 - elektrodvigatel; 5 – yuqori qobiq; 6 – xom ashyo yuklash valigi;
7 -shlyamlovchi valik; 8- sharikoPodshiPniklar; 9 - uya-stakanlar; 10 -
olinuvchan qoPqoqlar; 11 –suv uchun quvur; 12 -rostlovchi maxovik; 13 –
qisish tasmali uzatgich; 14 – ochiluvchan jalyuzlar; 15 – moy quyish teshigi; 16
– moy to’kish Probkasi; 17-qoPqoq.
Ishlov berilgan ichaklar Poddon orqali ichak yig’ib olish vannasiga tushadi.
Elektrodvigateldan ishchi valiklarga harakat siqma tasma uzatgich 13 yordamida
uzatiladi. Olinuvchan o’itlar va jalyuzlar 14 yuritish mexanizmlarini navbatdagi
ko’rikdan o’tkazish va xizmat ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Reduktorga teshik
15 orqali moy quyiladi, qoPqoq bilan berkitiladi. Moy Probkadan 16 to’kiladi.
SHMK-2 rusumli shlyamlash mashinasining unumdorligi soatiga 300
ichakni (10000
m/s
) , suv sarfi esa 330
l/s
–ni tashkil qiladi.
SHMK-2 va SHMK-3 rusumli mashinalari birgina oPeratsiyani bajaradi,
shuning uchun korxonada ko’P sonda mashina o’rnatishga va katta ishlab chiqarish
maydonini band etishga to’g’ri keladi. Oxirgi yillarda bir necha oPeratsiyani
bajarishi va turli ichakka ishlov berishi mumkin bo’lgan mashinalar yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: