115
36-rasm. SHoxli kichik mol va cho’chqa ichagiga ishlov berish
uchun SHM-3 shlyamlovchi mashinasi.
1-stanina; 2-stanina
oyoqlari; 3-silliq ishchi baraban; 4-metall Parrakli
valik; 5-ventilyatorli valik; 6-elektrodvigatel; 7-rezinali qirralangan (rifllangan)
valiklar; 8-
suv uchun quvur; 9-chervyakli reduktor; 10- tasmali uzatma; 11-
maxovik; 12 – zanjirli uzatma.
U cho’yan staninadan 1 iborat bo’lib, to’rtta oyoqda 2 o’rnatilgan. Staninada
valga mahkamlangan silliq cho’yan baraban 3 o’rnatilgan. U elektrodvigateldan 6
tasmali uzatgich 10 va chervyakli reduktor 9 vositasida harakatga keltiriladi.
Baraban 8,3
ayl/min
tezlik bilan harakatlanadi.
Baraban ustida ikkita valik
o’rnatilgan, metall Parrak 4 ishchi valik va ishchi valikni shlyam va shilimshiq
Pardadan tozalovchi ventilyatorli 5 valik. Ishchi valik 878
ayl/min
tezlik bilan
aylanadi, ventilyatorli esa 2135
ayl/min
bilan aylanadi.
Valiklar ham
elektrodvigateldan 6 tasmali uzatgich yordamida harakatga keltiriladi.
Ishchi valikning valida inertsiya kuchlarini tekislash uchun maxovik 11
o’rnatilgan. Staninada 1 barabanning 3 oldida yana ikki rezina materialli
qirralangan (rifllangan) siqish valiklar 7 o’rnatilgan. Ular ichki shilimshiq Pardani
yumshatish, uni siqish va ichaklarni mashinadan tortish uchun xizmat qiladi.
Rezina valiklar harakatga zanjirli uzatma 12 orqali keltiriladi va 8,3
ayl/min
tezlikka ega. Rezina valiklardan biri harakat qiluvchi PodshiPnikda o’rnatilgan,
shuning uchun valiklar oralig’i masofasi rostlanadi. Ventillyatorli valik 5 ham va
ishchi val 4 ning oraliq masofasini rostlash uchun harakat
qiluvchi PodshiPnikda
o’rnatilgan.
116
Ichakka ishlov berish vaqtida quvur 8 orqali uzluksiz 38-40
o
S haroratli iliq
suv berib turiladi. Suv sarfi 300 l/s – ni tashkil etadi.
Mashina elektrodvigatelining quvvati 1,7
kVt
ni tashkil etadi. YUritish
tasmasining kerakli tarangligini rostlash uchun elektrodvigatel salazkalarda
o’rnatiladi.
Mashina quyidagicha ishlaydi. To’rt-besh majmua ichak olinadi va Pastdan,
baraban va ishchi valik orasidan o’tkaziladi, ichkariga tortiladi va uchlari rifllangan
siqish valiklari orasidan o’tkaziladi, keyin esa ishlov berish boshlanadi.
Ichak
o’tish tezligi 3,1
m/min
. Mashinadan o’tgan sari ichak tashqarisi ishchi valik
Parraklari bilan tozalanadi, ichki shilimshiq qobiq rifllangan
valikning mexanik
ta’sirida bo’shashadi va qobiqdan chiqadi. Ichak esa issiq suv solingan vannaga
tushadi. Mashina uzluksiz ishlaydi. Uning unumdorligi soatiga 100 dona cho’chqa
yoki 150 dona qo’y ichagiga ishlov berishga teng.
Dostları ilə paylaş: