114
35-rasm. SHoxli yirik mol ichaklarini Penzelovkalash-shlyamovkalash mashinasi
CHo’tkali ishchi vallar 4,5 kVt quvvatli elektrodvigateldan 13,
tasmali
uzatgich 14 orqali harakatga keltiriladi. Ishchi cho’tkalarning aylanish tezligi 1450
ayl/min
, ichak o’ragich barabani tezligi esa 3,5
ayl/min
. CHo’tkalar ichak
aylanishiga muqobil ravishda aylanadi.
CHo’tkalar qobiq 15 bilan berkitilgan, uning ust qismida ichak o’tishi uchun
tor tirqish mavjud. Ichakka ishlov berish vaqtida cho’tkalarga
teshiklari bor
(Perforatsiyalangan) quvur orqali uzluksiz ravishda 35-40oS haroratli suv berib
turiladi.
Ichak
Pastki qismdan, uzluksiz aylanib turuvchi cho’tkalar oralig’idan
o’tkaziladi. Buning uchun ichak uchidan ushlab, cho’tkalarning
baraban
aylanishiga qarama-qarshi chekkasidan o’tkaziladi, cho’tkalar ustidan yo’naltirish
roliklariga joylashtiriladi. Bir uchi barabanga mahkamlanadi. Baraban aylanib,
ichakni cho’tkalar orasidan tortadi. Ichakka yaxshi
ishlov berish uchun u
mashinadan 2 yoki 3 marotaba o’tkaziladi.
Mashinaning unumdorligi ichakni yog’sizlantirish va Penzilovka qilishda
170 dona ichak yoki 225 aylana, shlyamovka qilishda esa 225
ichak yoki soatiga
230 aylana.
Dostları ilə paylaş: