I bo’lim. Konserva korxonalari jihozlari


FSN rusumli uzluksiz ishlovchi qurilma



Yüklə 9,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/116
tarix14.10.2023
ölçüsü9,41 Mb.
#155367
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116
ma\'ruza matn

FSN rusumli uzluksiz ishlovchi qurilma
. Qurilmaning (32-rasm) 
unumdorligi soatiga 375 bosh shoxli kichik molni tashkil etadi. Asosiy shoxli 
kichik mol tanasini harakatlantiruvchi osma konveyerdan 1 tashkil toPgan bo’lib, 
uzunasi bo’ylab hayvon old oyoqlarini fiksatsiyalash konveyeri 2 mavjud, quvvati 
1,7 
kVt
-ga teng elektrodvigateldan 3 reduktor va tortish yulduzchasi 4 orqali 
harakatga keltiriladi. Zanjirni taranglash yulduzcha 5 yordamida amalga oshiriladi. 
Asosiy yuk tashuvchi konveyerning ikkinchi tomonidan terini shilish uchun 
konveyer 6 o’rnatilgan. Uning oxirgi qismi bukilgan va qiya qilib o’rnatilgan. Bu
terini 0 – 8
o
burchak ostida shilishni ta’minlaydi. Teri shilish konveyeri harakatga 
quvvati 4,5 
kVt
–ga teng eletrodvigatel 7 orqali keltiriladi. YUk tashuvchi 
konveyer va old oyoqlar konveyerning harakatlanish tezligi 5 
m/min
, teri shilish 
qiya konveyerining tezligi 10 
m/min



108 
Terini mexanik ravishda shilish uchun tana zabelovkasi amalga oshiriladi ( 
teri yuzasining 25% -gacha ochiladi), teri transPortyorga qo’yiladi, old oyoqlaridan 
fiksatsiyalanadi, teriga zanjirchadan sirtmoq kiydiriladi, zanjircha halqasi teri 
shilish konveyerining ilgakiga tashlanadi va bo’yindan orqa oyoq tomoni 
yo’nalishida teri shilish jarayoni amalga oshiriladi. Teri shilish jarayonini nazorat 
qiladigan ishchi maxsus maydoncha 5 mavjud. Konveyerlarni ishlatish Pultdan 9 
boshqariladi. Teri shilish jarayoni tugagandan so’ng, old oyoqlarni fiksatsiyalash 
konveyerining oxirida, oyoqlarni kesish uchun diskli arra 10 o’rnatilgan.
32-rasm. SHoxli kichik mol tanasidan mexanik usulda teri shilish FSN 
rusumli uzluksiz qurilmasi: 
1 - gorizontal konveyer; 2 – old oyoqlar konveyeri; 3 - elektrodvi-gatel; 
4 - yetakchi yulduzcha; 5 – taranglash yulduzchasi; 6 – teri shilish 
konveyeri; 7 - elektrodvigatel; 8 – ishchilar uchun maydoncha; 9 – boshqa-ruv 
Pulti; 10 – diskli arra. 
Terini orqa oyoqdan bo’yin tomon shilgan vaqtda old oyoqlarni 
fiksatsiyalash talab etilmaydi, shuning uchun qurilma faqat ikki – tashuvchi va 
terini shilib oluvchi konveyerlaridan iborat bo’lishi mumkin. Qurilma unumdorligi 
smenada 3000 bosh. 

Yüklə 9,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin