I bo’lim. Konserva korxonalari jihozlari



Yüklə 9,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/116
tarix14.10.2023
ölçüsü9,41 Mb.
#155367
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116
ma\'ruza matn

VNIIMP-3 qurilmasi
. Bu qurilma Kiev, Omsk va boshqa go’sht 
kombinatlarida amalda joriy etilgan. Po’lat Payvandlangan rama va ilgaklar ilingan 
harakatlanuvchi tortish zanjiri mavjud. YUqorida keltirilgan uskunadan 
buriluvchan fiksator o’rniga stantsionar rama qo’llanilganligi bilan farq qiladi. 
Uning barmoqlariga ilgaklar yordamida ikkitadan rolikda osilib turgan hatsyvon 
tanalari oldingi oyoq bilan mahkamlanadi. 
Uskuna unumdorligi soatiga 60 tanani, teri shilish davomiyligi 30-90 sek, 
elektrodvigatel quvvati 4-5 kVt –ni tashkil etadi.
Uzluksiz teri shilish mexanizmi
. Katta quvvatli go’sht kombinat-larida 
ishlatiladigan bu qurilmalar statsionarlaridan teri shilish jarayoni uzluksiz rejimda 
yurayotgan konveyerda amalga oshirilishi bilan farq qiladi. 
Ushbu qurilmaning ishlash sxemasi 30-rasmda aks ettirilgan. Qurilma tana 
old oyoqlarini fiksatsiyalash konveyeri 1, terini fiksatsiyalash konveyeri 2, terini 
qabul qilish lentali transPortyor 3, ikki konveyersiz relsli yo’lak shaklidagi yo’l 4, 
ishchilar uchun og’ma maydoncha 5 va yuritish stantsiyasidan 6 iborat. Old 
oyoqlarni va terini fiksatsiyalash konveyerlarida ikkitadan Plastina-sharnirli
qadami 150 
mm
-ga teng zanjiri mavjud. Ular tanadan teri shilinishini kerakli 
burchagini ta’minlovchi burama yo’naltirgichda harakat qilishadi. Old oyoqlarni 
qotiruvchi (fiksatsiyalash) Parallel zanjirlari o’zaro ko’ndalang Po’lat temirlar 
bilan har 3900 
mm
da ulangan. Fiksatsiyalash konveyeri zanjirlariga har 300 
mm
da ilgaklar Payvandlangan.


105 
30-rasm. SHoxli yirik mol tanasidan terini mexanik usulda shilish 
uzluksiz uskunasi (Moskva go’sht kombinati konstruktsiyasi): 
1 - old oyoqlarni fiksatsiyalash konveyeri; 2 - terini fiksatsiyalash 
konveyeri; 3 – teri uchun lentali transPorter; 4 – konveyersiz osma yo’llar; 5 – 
ishchilar uchun stend; 6 – yuritish stantsiyasi. 
Konveyersiz Parallel osma yo’llar qurilma ustida 500 
mm
balandlikda 
o’rnatilgan (yo’llar oralig’ida) va tana harakati tomonga 4%-li og’dirilgan. Osma 
yo’lning kirish va chiqish joylarida tana osilgan roliklarni bir yo’ldan ikkinchisiga 
o’tkazuvchi 
(va 
aksincha) 
avtomatik 
strelkalar 
o’rnatilgan 
(rasmda 
ko’rsatilmagan).
Har ikkala konveyer AO-71-6-4 rusumli elektrodvitateldan harakatga 
keltiriladi. Uning quvvati 5; 6,5; 7 
kVt
–ni tashkil etadi, uchta tezlikka ega: 700,
940 va 1400 
ayl/min,
shularga muvofiq ravishda tananing old oyog’i 5,2; 6,97
va 10,6 
m/min
tezlik bilan harakat qiladi. Terini fiksatsiyalash konveyerining 
tezligi old oyoqlarni fiksatsiyalash konveyerini tezligidan kam. Ushbu konveyerlar 
tezligi sinxron ravishda o’zgaradi. Teri qabul qilish lentali transPortyori, quvvati 
0,6 
kVt
– ga teng bo’lgan mustaqil elektrodvigateldan harakatga keltiriladi.
Qurilma quyidagicha ishlaydi. Orqa oyoqlaridan ikki rolikda osilgan shoxli 
yirik molning zabelovka qilingan jussasi avtomatik strelka yordamida bir osma 
yo’ldan ikkinchisiga, qorin tomoni oldinga qaragan holda o’tkaziladi.
Tananing oldingi oyoqlar Paylariga ilgaklar o’rnatiladi, ularning ikkinchi 
uchi old oyoqlar konveyeri ilmoqlariga kiydiriladi. Terining zabelovka qilingan 
chekkalariga zanjirchalar bog’lanadi, ular halqa qilib tortiladi, va zanjirchalar 
halqasi teri fiksatsiya konveyerining ilgaklariga ikkala tomondan simmetrik 
osiladi.
Ikkala konveyer harakati tezliklarining farqi hisobiga teri shilinadi. Bunda 
teri shilishning kerakli yo’nalishi saqlanadi. 
Jarayon oxirida teri tanadan butkul ajraladi, fiksatsiyadan chiqariladi va 
lentali transPortyorga tushadi, go’sht tanasi esa keyingi oPeratsiyalarga jo’natiladi. 
30-rasmdan ko’rinib turibdiki teri barcha jarayonlar bajarilishi davrida tana ostida 
turadi. Bu ishning tozalik (sanitar) sharoitini ta’minlaydi.


106 
Old oyoqlarni fiksatsiyalash konveyeri tezligiga bog’liq holda yoritilgan 
qurilma unumdorligi, muvofiq ravishda smenasiga 560, 750 va 1150 boshni 
tashkil etadi.
Teri shirish jarayonini nazorat qilish va kerak bo’lganda terini to’g’rilab 
turish uchun qurilma yonlarida ishchilar uchun maydonchalar 5 mavjud.
Sankt-Peterburg go’sht kombinatida shoxli yirik mol terisini shilish uchun 
konstruktsiyasi boshqacharoq mexanik qurilmasi ishlatiladi. Farqi, jussa oddiy 
osma konveyerda bir relsli osma yo’lda keltiriladi. Teri shilish joyida hayvon 
oyog’ini fiksatsiyalovchi konveyer, yonida esa teri shilish uchun tortish zanjirli 
maxsus Profilli og’ma konveyer o’rnatiladi. Bu qurilma boshqa go’sht 
kombinatlarida ham o’z tatbiqini toPgan. 

Yüklə 9,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin