I bo’lim. Konserva korxonalari jihozlari


Ikki valetsli barabanli quritkich



Yüklə 9,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/116
tarix14.10.2023
ölçüsü9,41 Mb.
#155367
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   116
ma\'ruza matn

 
Ikki valetsli barabanli quritkich 
 


128 
Bu quritkich (41-rasm) quritilayotgan mahsulot-qon, sut, bulon va boshqa 
suyuq mahsulotlar bilan isituvchi agent to’g’ridan-to’g’ri kontaktda bo’lmaydigan, 
uzluksiz ravishda ishlaydi. 
 
41-rasm. Ikki valtsli barabanli quritkich. 
1-tayanchlar; 2-quritish valtslari; 3-elektrdvigatel; 4,5-reduktorlar; 6-
shesternyalar; 7-val salnigi; 8-quvur; 9-vannalar; 10-Pichoqlar; 11-shnek; 12-
tsiklon; 13,14-ventilyatorlar. 
Quritkich quyidagi tartibda ishlaydi. Bug’ uzatiladi va aylanayotgan 
valets 110°S haroratgacha isitiladi, shundan keyin ventilyator ishlatiladi va 
sochuvchan moslamaga havoni uzatiladi. So’ngra kran ochiladi va vannalarga 
quvur bo’yicha qon (yoki boshqa suyuq mahsulot) uzatila boshlanadi. Bunda 
mahsulotning vannalarga bir tekisda kelishini, sochuvchan mexanizmni normal 
ishlashini, bug’ va quritilayotgan mahsulotning haroratini kuzatish kerak. Agar 
bug’ harorati Past bo’lsa, valetsning aylanishlar soni bir necha bor kamayadi. 
Mashinaning ishqalanuvchan qismlari yaxshilab moylanadi, baraban yuzasi 
bo’ylab Pichoqlar qattiq zichlashtiriladi. Valetsning yuzasi toza bo’lishi kerak. 
Normal sharoitda ishlaydigan quritkich unumdorligi soatiga 120 kg 
bug’latilgan namlikni tashkil etadi. 1 kg bug’latilayotgan namlikka 1,25 kg bug’, 
120
m
3
/
soat havo sarflanadi. Valetslarning ishchi yuzasi 4,4 
m
2
.
Purkovchi quritkichlar 
Purkovchi quritkichlarda eritmalar 20-60 mikron o’lchamdagi tomchilarni 
Purkaladi va qisqa vaqt mobaynida kukunsimon quruq mahsulotga aylantiriladi. 
Bunda atrof-muhit haroratiga qaraganda tomchilar (zarrachalar) erta quritiladi, bu 
yuqori haroratga sezgir oqsilli eritmalar uchun muhimdir. Bu esa mahsulot 
sifatini Pasaytirmasdan quritkichda haroratni 180—200° S ga yetkazish imkonini 
beradi.
Ular yuqori unumdorlikka ega, quritilayotgan mahsulot bilan isitilgan havo 
bilan to’g’ridan-to’g’ri kontaktda ishlashi bo’yicha taqqoslaganda tejamkordir. 
Purkovchi quritkichlarni kamchiligiga o’lchamining kattaligi, yuqori bosimli 
bug’ miqdorining kerakligi, qimmatliligini ko’rsatish mumkin.


129 
Purkovchi quritkichlar havoni isitish moslamasidan, quritish kamerasidan
mahsulotni Purkash uchun mexanizmdan, havoni yo’qotish va uzatish 
moslamasidan, quritkichdan chiqariladigan havoni tozalash uchun filtrdan va 
quritilgan mahsulotni chiqarish mexanizmidan iborat. 
Ularning konstruktsiyasi va unumdorligi turlicha, birinchidan ular eritmani 
Purkash usuliga (mexanik forsunka, Pnevmatik forsunka va diskli Purkagichlar) 
bog’liq.. 
Mexanik forsunkalarga eritma nasosda 50-60 ati bosim ostida uzatiladi va 
0,5-1,5 mm diametrdagi teshiklar orqali Purkaladi. Bunda suyuqliklar aylanuvchan 
harakatga keltiriladi. Natijada mahsulotning bug’lanish yuzasi birmuncha ortadi. 
Forsunkada Purkalgan 1 l qon 5000 sm
2
yuzaga ega. 1 ta mexanik forsunka 
soatiga 4 t eritma Purkashni ta’minlashi mumkin.
Mexanik forsunkalarni kamchiligi: 
- quritish jarayonida ko’Pincha ular ifloslanadi; 
- chiqish teshiklari kengayadi va ularni unumdorligini rostlash mumkin 
emas. 
Pnevmatik forsunkalarda nasos tiPiga qarab, quritilayotgan mahsulot bilan 
bir vaqtda forsunkaga eritma, siqilgan havo oqimi yordamida Purkaladi. 
Bu forsunkalar kam ifloslanadi va yemiriladi, Purkalayotgan mahsulotning 
disPers darajasi yuqori. 
Diskni aylanishidan (10 000 ayl/min gacha) hosil bo’ladigan markazdan 
qochma kuchlar yordamida Purkash zamonaviy va tejamkor usul hisoblanadi.
Maxsus elektrdvigatel yoki bug’ turbinalari yordamida Purkovchi disk 
aylantiriladi. Zamonaviy Purkovchi quritkichlarda diskni aylanish tezligi 120-130 
m/sek –ga yetadi. Diskni aylanish tezligi va diametri qancha katta bo’lsa, eritmani 
tomchi (Purkalayotgan zarrachalar) o’lchami shuncha kichik bo’ladi. Disk bilan 
qovushqoq suyuqliklarni ham Purkash mumkin. Disk kamdan-kam ifloslanadi. 
Quritish kamerasiga isitilgan havoning uzatilish usuliga qarab, quritkichlar 
to’g’ridan-to’g’ri, qarama-qarshi va aralash bo’lishi mumkin. 
Ko’Pgina hollarda quritish kameralari vertikal minora ko’rinishida 
konstruktiv bajariladi, unga isitilgan havo va eritma uzatiladi. Mexanik forsunkalar 
qo’zg’almas yoki aylanuvchan bo’lishi mumkin. 
Ko’Pgina xorijiy firmalar - «Gering» (GFR), «Tag» (GFR), «Krauze»
(GFR), «Svenson» (SHvetsiya), «Niro-Atomayzer» (Daniya), «ImPerial» (GFR), 
«Nema» (GDR) Purkovchi quritkichlarni ishlab chiqaradi. 

Yüklə 9,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin