129
Purkovchi quritkichlar havoni isitish moslamasidan, quritish kamerasidan,
mahsulotni Purkash uchun mexanizmdan, havoni yo’qotish va uzatish
moslamasidan, quritkichdan chiqariladigan havoni tozalash uchun filtrdan va
quritilgan mahsulotni chiqarish mexanizmidan iborat.
Ularning konstruktsiyasi va unumdorligi turlicha, birinchidan ular eritmani
Purkash usuliga (mexanik forsunka, Pnevmatik forsunka va diskli Purkagichlar)
bog’liq..
Mexanik forsunkalarga eritma nasosda 50-60 ati bosim ostida uzatiladi va
0,5-1,5 mm diametrdagi teshiklar orqali Purkaladi. Bunda suyuqliklar aylanuvchan
harakatga keltiriladi. Natijada mahsulotning bug’lanish yuzasi birmuncha ortadi.
Forsunkada Purkalgan 1 l qon 5000 sm
2
yuzaga ega. 1 ta mexanik forsunka
soatiga 4 t eritma Purkashni ta’minlashi mumkin.
Mexanik forsunkalarni kamchiligi:
- quritish jarayonida ko’Pincha ular ifloslanadi;
- chiqish teshiklari kengayadi va ularni unumdorligini rostlash mumkin
emas.
Pnevmatik forsunkalarda nasos tiPiga qarab, quritilayotgan mahsulot bilan
bir vaqtda forsunkaga eritma, siqilgan havo oqimi yordamida Purkaladi.
Bu forsunkalar kam ifloslanadi va yemiriladi, Purkalayotgan mahsulotning
disPers darajasi yuqori.
Diskni aylanishidan (10 000 ayl/min gacha) hosil bo’ladigan markazdan
qochma kuchlar yordamida Purkash zamonaviy va tejamkor usul hisoblanadi.
Maxsus elektrdvigatel yoki bug’ turbinalari yordamida Purkovchi disk
aylantiriladi. Zamonaviy Purkovchi quritkichlarda diskni aylanish tezligi 120-130
m/sek –ga yetadi. Diskni aylanish tezligi va diametri qancha katta bo’lsa, eritmani
tomchi (Purkalayotgan zarrachalar) o’lchami shuncha kichik bo’ladi. Disk bilan
qovushqoq suyuqliklarni ham Purkash mumkin. Disk kamdan-kam ifloslanadi.
Quritish kamerasiga isitilgan havoning uzatilish usuliga qarab, quritkichlar
to’g’ridan-to’g’ri, qarama-qarshi va aralash bo’lishi mumkin.
Ko’Pgina hollarda quritish kameralari vertikal minora ko’rinishida
konstruktiv bajariladi, unga isitilgan havo va eritma uzatiladi. Mexanik forsunkalar
qo’zg’almas yoki aylanuvchan bo’lishi mumkin.
Ko’Pgina xorijiy firmalar - «Gering» (GFR), «Tag» (GFR), «Krauze»
(GFR), «Svenson» (SHvetsiya), «Niro-Atomayzer» (Daniya), «ImPerial» (GFR),
«Nema» (GDR) Purkovchi quritkichlarni ishlab chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: