155
Barabanlarga transPortyorning 5 rezinalashtirilgan lentasi o’ralgan, u
tayanch vazifasini bajaruvchi roliklar, chuchvarani shtamPlash joyida esa tayanch
baraban 6 bilan ta’minlangan. Tayanch barabanni majbur etuvchi yurutuvchisi
yo’q, shuning uchun sharikPodshiPnikda erkin aylanadi. TransPortyorning
umumiy uzunligi 5400
mm
.
TransPortyor yonida zangamas Po’latdan tayyorlangan ikki bunker
o’rnatilgan: xamir yuklash uchun 7, qiyma yuklash uchun 8. Xamir bunker 7-ga
yuklanadi, undan shnek 9 yordamida tsilindr yig’uvchiga 10 beriladi. Keyin
shnek hosil qiladigan bosim ta’sirida xamir kollektor-tarqatuvchiga 11 va
shakllantirish qurilmasiga 14 boradi.
Qiyma bunkerdan 8 shnek 12 yordamida kollektorga 13 keyinchalik
shakllantirish qurilmasiga 14 boradi.
SHakllantirish qurilmasi - chuchvara aPParatining asosiy ishchi organi
hisoblanadi. U ikki quvurchadan iborat bo’lib, ulardan bittasiga xamir, ikkinchisiga
esa qiyma beriladi. Oxirida haqasimon teshik hosil qilingan, undan bosim ostida
xamir uzluksiz quvur ko’rinishida chiqadi. Trubka ichiga qiyma beriladi.
SHakllantirish qurilmasining chiqish joyida xamirdan hosil bo’lgan quvurcha
ichiga bosim ostida qiyma joylashgan holda o’z girligi ta’siri ostida uzluksiz lenta
ko’rinishida Pachaqlashadi va transPortyorga o’rnashadi. TransPorning harakat
tezligi soPlodan qiymali xamir chiqishi tezligiga teng bo’ladi, tezlik rostlanishi
mumkin.
SUB-3M chuchvara tugish avtomati ishlash tuzilish va PrintsiPi keltirilgan
matnda uchta shtaPmlash mashinasi mavjud. SHuning uchun uning ishlashida
uchta Parallel qiymali trubka hosil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: