151
va baliq qiymasini ma’lum og’irlikda o’lchab (dozalab), kotlet shakllantirish
uchun ishlatiladi.
52-rasmda AK 2M-40 rusumli kotlet avtomati ko’rsatilgan. Uning yuklash
bunkeri 20 l, unumdorligi soatiga 4000 kotletni tashkil etadi.
Avtomat uzluksiz rejimda ishlaydi, turi rotatsion, cho’yan quyma korPus 2-dan
iborat. KorPusda avtomatning barcha qismlari mujassamlashtirilgan: AOL 22-4
tiPdagi 0,4
kVt
–ga teng quvvatli elektrodvigatel 1, qiyma
uchun listli zanglamas
Po’latdan tayyorlangan bunker 35, besh uya va ulardagi Porshen 31-li asosiy shakl
berish stoli 29, diskli Pichoq 28, qirg’ichi 27 bilan va kotlet massasini 100 g atrofida
o’zgartiruvchi rostlagich.
YUritmaning barcha detallari korPus ichkarisida o’rnatilgan. Bu mashinaning
komPaktligi va kerakli sanitar holatini ta’minlaydi.
Avtomatni harakatga keltirish elektrodvigateldan 1 chervyakli juftlik 3 orqali
amalga oshiriladi. SHuningdek harakat tsilindrik shesternyalar 19, 22 hamda 35
yordamida uchta vertikal vallarga beriladi - bu Parrakli vint 18,
shakllantirish stoli
20 va diskli Pichoq 24. Avtomat bunday ishlaydi. Tayyor go’sht yoki baliq qiymasi
bunker 35-ga yuklanadi, undan vint 34 yordamida yuklash bunkeri ostidagi
tuynukka beriladi.
Tuynukka taqash shakl berish stol 32-ning navbatdagi teshigi (Porshen tuynigi)
keladi. Unda Porshen 31 Pastga tushgan holda bo’ladi.
Parrakli vint hosil qilgan bosim ostida farsh
stol yacheykasi hajmini
to’ldiradi. Porshenlar 31 ostki qismida shariklar 30-ga o’rnatilgan. SHariklar
Porshenli stol aylanganda harakatsiz yo’naltiruvchi 11 bo’ylab sirPanadi.
Yo’naltiruvchi Profili shunday bajarilganki,
stolning aylanishi davomida
(to’latilgan uyacha bunker ostidan chiqqach) Porshen yuqoriga, stolning ustki
tekisligigs barobar sathga kotlet bilan birgalikda chiqib ketadi.
Kotletlar stoldan chekkasi haqasimon chaxlangan diskli Pichoq 28
yordamida olinadi. Diskli Pichoq valik 24 -da uning
ostki yuzasi va qadoqlash
stolining ustki yuzasi bilan minimal zazor (0,2
mm
) hosil qilib o’rnatilgan.
Olinadigan kotlet diskli Pichoqdandagi markazdan qochma kuch hisobiga
quyilgan lotokka otiladi.
Diskli Pichoqning yuzasi yoPishgan qiyma Parchalaridan qirg’ich 27
yordamida tozalanadi, uning diskga zich turishini Prujina 26 ta’minlaydi.
Kotlet hajmini rostlash uchun maxsus rostlagich 7 qo’llanilgan, u ushlagichli
17 ko’rsatkich diskdan 16 tashkil toPgan, rostlagich valigiga 8 mahkamlangan.
Valikda richag 5 va sterjenga 4 tayangan shtok 6 mavjud.
Ko’rsatkich diskni 16 aylantirilganda valik 5 shtokni 6 suradi, richag 5 esa
sterjenni ko’taradi, natijada Porshenlar tayangan shayba 13 ko’tariladi
va kotlet
hajmi o’zgaradi.
152
52-rasm. Kotlet shakllantirish avtomati:
Ko’rsatkich disk bir bo’limga burilganda kotlet massasi 10
g
-ga o’zgaradi,
0,5 bo’limga o’zgarganda – 5
g
-ni tashkil etadi. SHunday usulda kotlet massasini
100
g
atrofida o’zgartirish mumkin. Bir jinsli qiyma bilan o’rnatilgan rejimda
ishlaganda kotlet massasining berilgandan og’ishi
±
5%-dan oshmaydi.
Kotletning eng katta o’lchami: uning diametri bo’lib 75
mm
-ga teng, balandligi
esa 22
mm
-ni tashkil etadi.
Avtomatni
ishlatish oson, qismlari oson yechiladi, sanitar ishlov berish
qulay, xizmat ko’rsatuvchi ishchi xavfsizligi ta’minlangan.
Dostları ilə paylaş: