I. Булим. Бухгалтерия хисоби


‘jalik muomalalarini hujjatlashtirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

‘jalik muomalalarini hujjatlashtirish. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar mulkchilik shakllari va idoraviy 
bo’ysunishidan qat’i nazar amalga oshirilayotgan barcha xo’jalik 
operatsiyalarni 
O’zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi 
to’g’risidagi qonun”ning 14-moddasi va Moliya vazirining 2003 yil 23 
dekabrdagi 131-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobida 
hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to’g’risidagi Nizom” talablari doirasida
ularni sodir bo’lishini tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi 
lozim. Ushbu hujjatlar buxgalteriya hisobi yuritiladigan birlamchi hisob 
hujatlari bo’lib xizmat qiladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlari xo‘jalik operatsiyalari amalga 
oshirilayotgan paytda yoki operatsiyalar amalga oshirib bo‘linganidan 
keyin tuziladi. 


165 
Hisobot davriga tegishli bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari, agar ular 
amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo‘lsa, tegishli 
boshlang‘ich hujjat rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. 
Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar 
ularning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va ishonchli tuzilishi, shuningdek 
buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda 
topshirilishiga javobgardir. 
Hisoblash texnikasi vositalari yordamida mashina o’qiydigan 
tashuvchilarda tuzilgan birlamchi hujjatlar tegishli majburiy rekvizitlar 
mavjud bo’lganda , buxgalteriya hisobida qo’llaniladi. Mashina usulida 
tayyorlangan hujjat, “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar
aylanuvi to’g’risidagi Nizom” talablariga muvofiq moddiy tashuvchiga 
(magnitli, qog’ozli) yozilishi, tayyorlanishi va qog’ozga chiqarilishi 
lozim. Bunda “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi 
to’g’risidagi Nizom” va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning 
talablariga rioya qilinishi lozim. 
Buxgalteriya 
hisobini 
mexanizatsiyalash 
(avtomatlashtirish) 
sharoitida birlamchi hujjatlar rekvizitlari kodlar ko’rinishida qayd etilishi 
mumkin. Bunda mashina o’qiydigan axborot tashuvchidagi birlamchi 
hujjat va registr hujjat to’g’ri tuzilishi bo’yicha mas’ul shaxsning kodiga 
ega bo’lishi mumkin. Kodning aniq shaxsga tegishliligi mashina 
o’qiydigan axborot tashuvchida hujjatni tuzuvchi korxona tomonidan 
qayd etiladi hamda zarurat tug’ilganda boshqa birovning kodlaridan 
foydalanish imkoniyatini istisno etuvchi texnik, dasturiy vositalar va 
tashkiliy sharoitlar yaratiladi. 
Hujjatlarni bosmaxonada chop etilgan va belgilangan shakldagi 
blankalarda, barcha rekvizitlarini to‘ldirgan holta tuzish kerak, agar biror 
bir rekvizitini to’ldirish uchun ma’lumot bo‘lmasa, bo‘sh joy chizib 
qo‘yiladi. Hujjatlarda yozuv rang bilan, sharikli ruchkada qo‘lda va 
yozuv mashinkasi, kompyuter texnikasi yordamida bajariladi. Pul 
hujjatlarida summa son va yozuv bilan amalga oshiriladi. Qo‘lda 
tuziladigan hujjatlar hamma o‘qiy oladigan darajada bexato, sonlar va 
hujjatni matni chiroyli husnixat bilan yozilishi kerak.
Birlamchi hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar hujjatning 
o’z vaqtida tuzilishi va to’g’riligi, ishonchliligi hamda buxgalteriya 
hisobida aks ettirilishiga belgilangan muddatda topshirilishi uchun 
javobgardirlar. Birlamchi hujjatlardagi bo’sh qatorlar ustiga chizib 


166 
qo’yiladi. Birlamchi hujjatlar imzolash huquqiga ega shaxslar tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Tasdiqlangan hujjatlar ma’sul shaxslar tomonidan o‘rnatilgan 
tartibda, hujjatlar aylanishi jadvalda belgilangan sanalarda xo‘jalik 
operatsiyalarini buxgalteriya hisobini tashkil qilish uchun korxona 
buxgalteriyasiga topshiriladi.
Buxgalteriyaga kelgan hujjatlar albatta tekshiriladi. Tekshiruv shakl 
(hujjatlarni rasmiylashtirish, rekvizitlarni to’ldirishning to’liqligi va 
to’g’riligi), mazmun (hujjatlashtirilayotgan operatsiyaning qonuniyligi
alohida ko’rsatkichlarning mantiqiy bog’lanishi) bo’yicha amalga 
oshiriladi. Eng avvalo, hujjatlarning xo‘jalik operatsiyalarni mazmunini 
bildiruvchi, ko‘rsatkichlarini (rekvizitlari) hammasini to’ldirilganligi, 
ma’sul shaxslarning imzo chekkanligi, hujjatning to‘g‘ri to‘ldirilganligi 
arifmetik jihatdan yuzaki tekshirib ko‘riladi (hujjatda ko‘rsatilgan 
baholar, summalar to‘g‘ri yozilganligi.). Nihoyat, hujjat mantiqan to‘g‘ri 
tuzilganligi tekshirilib, sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarini huquqiyligi 
va maqsadga muvofiqligi aniqlanadi. Qonun hujjatlariga va pul 
mablag’lari, tovar-moddiy qimmatliklar va boshqa aktivlarni qabul qilish, 
saqlash va sarf qilish bo’yicha belgilangan tartibga zid bo’lgan birlamchi 
hujjatlar kelib tushganida, ular korxona rahbari yoki u tomonidan qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadigan shaxslarga qaror qabul 
qilish uchun topshiriladi. 
Tekshirilgan buxgalteriya hujjatlarga ishlov beriladi (hujjatlar 
obrabotka qilinadi) ya’ni, hujjatlardagi barcha arifmetik amallar qayta 
hisoblab chiqiladi (taksirovka qilinadi), guruhlanadi va hujjatning tegishli 
joyida schyotlar aloqasi qo‘yib chiqiladi (pravodka tuziladi). Shundan 
keyin hujjatlarning xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlari 
sintetik va analitik schyotlarga yoziladi.
Ishlovdan o’tgan birlamchi hujjatlar ularning qayta qo’llanilishini 
istisno etuvchi belgiga ega bo’lishi lozim, qo’l yordamida ishlovdan 
o’tkazilganda - hisob registriga yozilgan sana, hisoblash qurilmasida 
ishlovdan o’tkazilganda - ishlovdan o’tkazish bo’yicha mas’ul operator 
shtampining izi.
Kirim va chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan barcha hujjatlar 
hamda ish haqini hisoblab yozish uchun asos bo’lgan hujjatlar “Olindi” 
yoki “To’landi” shtampi yoki qo’l yozuvi bilan sana (oy, kun, yil) 
ko’rsatilgan holda majburiy so’ndiriladi.


167 
Birlamchi hujjatdagi matn va raqamlar ustidan chizishlarga va izoh 
berilmagan tuzatishlarga yo’l qo’yilmaydi. Birlamchi hujjatlardagi (bank 
va kassa pul hujjatlaridan tashqari) xatolar quyidagicha tuzatiladi: xato 
matn yoki summalar chiziladi va chizilganning ustidan to’g’ri matn yoki 
summalar yoziladi. CHizuv bitta chiziq bilan, tuzatilgan xatoni o’qib 
bo’ladigan qilib, amalga oshiriladi va birlamchi hujjatda tuzatilgan 
xatolarga “tuzatildi” yozuvi bilan izoh berilishi, hujjatni imzolagan 
shaxslar imzosi bilan tasdiqlanishi hamda tuzatish sanasi qo’yilishi lozim. 
Birlamchi bank va kassa pul hujjatlarida tuzatishlarga yo’l qo’yilmaydi. 
Birlamchi hujjatlar yoki kompьyuter hisobi ma’lumotlari 
buxgalteriyada maxsus xonalar yoki yopiladigan javonlarda korxona 
rahbari yoki u tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
belgilanadigan 
shaxslar 
tomonidan 
vakolat 
berilgan 
shaxslar 
javobgarligida kamida uch yil mobaynida saqlanadi. 
Korxonalardan birlamchi hujjatlarni olib qo’yish qonun hujjatlariga 
muvofiq amalga oshiriladi. Surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura 
organlari va sudlar tomonidan olib qo’yishlar, mazkur organlarning 
O’zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual qonun hujjatlariga muvofiq 
rasmiylashtirilgan qarorlari asosida amalga oshiriladi. Olib qo’yish 
bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning nusxasi imzo qo’ydirib, 
korxonaning tegishli mansabdor shaxsiga topshiriladi.
Olib qo’yishni amalga oshirayotgan organlar vakillarining ruxsati 
bilan va ularning hozirligida korxonaning tegishli mansabdor shaxslari 
olib qo’yilayotgan hujjatlardan olib qo’yish asoslari va sanasini 
ko’rsatgan holda nusxa olishlari mumkin.
Agar oxirigacha rasmiylashtirilmagan hujjatlar jildlari (tikib 
qo’yilmagan, raqamlanmagan va hokazo) olib qo’yilayotgan bo’lsa, olib 
qo’yishni amalga oshirayotgan organlar vakillarining ruxsati bilan va 
ularning hozirligida korxonaning tegishli mansabdor shaxslari bu jildlarni 
oxirigacha rasmiylashtirishi (ular ro’yxatini tuzishi, varaqlarni 
raqamlashi, tikishi, muhrlashi, o’z imzosi va muhri bilan tasdiqlashi) yoki 
olib qo’yilayotgan hujjatlarning ro’yxatini har bir hujjatdagi betlar sonini 
ko’rsatgan holda tuzishi lozim. Bunda olib qo’yishni amalga oshirayotgan 
organlarning vakillari va korxonaning tegishli mansabdor shaxslari 
ro’yxatni imzolashadi. 
Rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlarni yo’qotish hollarida korxona 
raxbari buyruq bilan yo’qotish sabablarini tekshirish bo’yicha komissiya 
tayinlaydi. Tekshiruv natijalari komissiya a’zolari tomonidan 


168 
tasdiqlanadigan 
dalolatnoma 
bilan 
rasmiylashtiriladi. 
Birlamchi 
hujjatlarni yo’qotishda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda javobgarlikka tortiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin