I. Булим. Бухгалтерия хисоби



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

4.
 
Hujjatlar aylanuvi
Hujjatlarning rasmiylashtirilishidan toki ularni saqlash uchun 
arxivga topshirgunga qadar bosib o‘tgan yo‘li hujjat aylanishi deyiladi. 
Buxgalteriya hisobida hujjatlarning bunday harakati korxona rahbari yoki 
u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlagan shaxslar tuzadigan 
hujjatlar aylanuvi jadval bilan tartibga solinadi. Hujjatlar aylanuvi jadvali 
korxona rahbarining buyrug’i bilan tasdiqlanadi. Hujjatlar aylanuvi 
jadvali, korxonaning har bir bo’linmasi hamda barcha ijro etuvchilar 
tomonidan ularning o’zaro bog’liqligini va ishlarni bajarish muddatini 
ko’rsatgan holda bajariladigan, hujjatlarni tuzish, tekshirish va ularga 
ishlov berish bo’yicha ishlarning chizmasi yoki ro’yxati ko’rinishida 
rasmiylashtiriladi.
Korxona xodimlari o’z faoliyat sohasiga taalluqli bo’lgan hujjatlarni 
hujjatlar aylanuvi jadvali bo’yicha tuzishadi va taqdim etishadi. Buning 
uchun xar bir ijrochiga jadvaldan ko’chirma beriladi. Ko’chirmada 
ijrochining faoliyat sohasiga tegishli hujjatlar, ularni taqdim etish 
muddatlari va ushbu hujjatlar taqdim etiladigan korxona bo’linmalari 
ko’rsatiladi. 
Hujjatlar aylanuvi jadvaliga rioya qilish uchun javobgarlik hamda 
hujjatlarni o’z vaqtida va sifatli tuzish, buxgalteriya hisobi va hisobotida 
aks ettirish uchun ularni o’z vaqtida taqdim etish, hujjatlardagi mavjud 
ma’lumotlarning ishonchliligi bo’yicha javobgarlik ushbu hujjatlarni 
tuzgan va imzolagan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Ijrochilarning korxona bo’yicha hujjatlar aylanuvi jadvaliga rioya 
qilishlarini nazorat qilish korxona rahbari yoki u qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda tayinlagan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 
Hujjat aylanish jadvali korxonada oqilona hujjatlar aylanuvini ta’minlashi 
(har bir birlamchi hujjatning o’tishi bo’yicha ijro etuvchilarning maqbul 
sonini nazarda tutishi, hujjatning bo’linmada eng kam muddatda 
bo’lishini belgilanganligi) lozim. 
Hujjatlar aylanuvi jadvali korxonada butun hisob ishining 
yaxshilanishiga, buxgalteriya hisobi nazorat qilish funktsiyasining 
kuchayishiga yordam berishi lozim. 


169 
Hujjat aylanish jadvalida hujjatlarni rasmiylashtirishga ma’sul 
shaxslar, hujjatlar tuziladigan joy, ularni tuzishdan to arxivga 
topshirgunga qadat harakat muddati belgilab qo‘yiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin