I. Булим. Бухгалтерия хисоби



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
5.
 
Qat’iy hisobdagi blanklarni hisobga olish, saqlash, hisobdan 
chiqarish
Rasmiy davlat hujjatlari, davlat gerbli guvohnomalari, shaxsini 
tasdiqlovchi hujjatlar, harbiy hisobga olish hujjatlari, ma’lumot 
to’g’risidagi hujjatlar, huquq beruvchi yoki majburiyatlardan ozod 
qiluvchi hujjatlar va belgilangan tartibda numerator bilan, bosmaxona 
usulida raqamlangan birlamchi buxgalteriya hujjatlari shaklidagi blanklar 
qat’iy hisobdagi blanklar deyiladi.
Qat’iy hisobdagi blanklarni hisobga olish, saqlash, hisobdan 
chiqarish va yo’q qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan 
“Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni 
tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to’g’risidagi 
nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi
31

Qat’iy hisobdagi blanklarni olish, saqlash, berish va ishlatish 
yuklatilgan korxonaning mas’ul shaxslari korxona rahbarining buyrug’i 
bilan tayinlanadi hamda Mehnat kodeksining 203-moddasida belgilangan 
hollarda va tartibda yakka tartibdagi to’liq moddiy javobgarlik 
to’g’risidagi yozma shartnoma tuzadilar. Agar mas’ul shaxs vaqtincha 
yo’q bo’lsa yoki boshqa ishga o’tib ketayotgan bo’lsa, qat’iy hisobdagi 
blanklar mas’ul shaxs va ushbu vazifani bajarish yuklatilayotgan shaxs 
tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan 
rasmiylashtiriladi..
Qat’iy hisobdagi blanklarni yetkazib beruvchidan qabul qilish 
korxonaning mas’ul shaxsi tomonidan blankalar miqdorining ilova 
hujjatlarda ko’rsatilgan miqdorga muvofiqligi tekshirib va shu to’g’rida 
dalolatnoma tuzib qabo’l qilib olinadi.
Matbaa korxonasidan sotib olingan (buyurtma qilingan) qat’iy 
hisobdagi blanklarda kamomad yoki nuqsonlar, himoya setkasining, 
bosma matnning yo’qligi yoki zararlanganligi, takrorlangan raqamlar 
yoki boshqa seriya yoki raqamga ega bo’lgan blanklarning mavjudligi, 
31
O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami, 2000 yil, 7-son, 42-modda (mazkur NizomgaO’zR 
VM 28.08.2002 y. 305-son Qaroriga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan). 


170 
xiralashgan harfli, noto’g’ri kesilgan va noto’g’ri formatli blanklarning 
mavjudligi, blanklarda seriya va raqamlarning yo’qligi yoki matbaa 
korxonasi paketlaridagi nakleykalarning boshqa nomuvofiqliklari holati 
aniqlanganda, uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning 
birinchi nusxasi ilova nuqsonli blanklar bilan birga matbaa korxonasiga 
jo’natiladi, ikkinchi va uchinchi nusxalar nuqsonli blanklar kseronusxasi 
bilan birga korxonada qoladi. SHikoyatlar qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda bildiriladi. 
Qat’iy hisobdagi blanklar seyflarda, yonmaydigan javonlarda yoki
korxonaning maxsus jihozlangan xonalarida saqlanadi. Qat’iy hisobdagi 
blanklarni ko’p miqdorda qabul qiluvchi korxonalarda ularni buzilish 
yoki o’g’irlanishini istisno etuvchi maxsus jihozlangan omborxonalarda 
saqlanadi. Korxonada mavjud qat’iy hisobdagi blanklarning butligini 
ta’minlash maqsadida ish paytidan tashqari vaqtda korxonaning qat’iy 
hisobdagi blanklarini saqlash joylari, seyf, yonmaydigan javon va maxsus 
jihozlangan xonalar, omborxonalar muhrlanadi yoki plombalanadi. 
Mas’ul shaxs qat’iy hisobdagi blanklarning hisobini ularning nomi, 
seriyasi va raqami bo’yicha raqamlangan va tikilgan “Qat’iy hisobdagi 
blanklarni hisobga olish jurnali”da yuritadi. Jurnalning so’nggi varag’ida 
korxona rahbari yoki u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlagan 
shaxslar imzosi bilan “Mazkur jurnalda... sahifa raqamlangan” deb 
yoziladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan yoziladi.
“Qat’iy hisobdagi blanklarni hisobga olish juranali” aniq, tushunarli 
va qisqartirishlarsiz to’ldiriladi. Jurnalda o’chirishga yo’l qo’yilmaydi. 
Yo’l qo’yilgan xatolar tegishli izohlar bilan tuzatiladi. 
Qat’iy hisobdagi blanklarni topshirish, saqlash, ishlatish bilan bog’liq 
mas’ul shaxslarga blanklarning butligini ta’minlovchi sharoitlar 
yaratilgan bo’lishi lozim.
Qat’iy hisobdagi blanklar 1090 – “Boshqa materiallar”ni hisobga 
olish schyotida ularning nomi, miqdori bo’yicha korxona “Hisob 
siyosati”da nazarda tutilgan baho bo’yicha hisobga olinadi (oborot 
aktivlarni ikki xil baholashdan - haqiqiy tannarxi (sotib olish narxi yoki 
ishlab chiqarish narxi) yoki bozor narxi (sof sotish qiymati) - eng pasti 
bo’yicha)
32
.
Hisob beruvchi shaxslarga qat’iy hisobdagi blanklarni berish
korxona rahbari yoki u tayinlagan shaxslarning topshirig’i asosida amalga 
32
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to’g’risidagi Nizom 
(mazkur Nizomga O’zR VM 28.08.2002 y. 305-son Qaroriga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan). 


171 
oshiriladi. Hisob beruvchi shaxslar qat’iy hisobdagi blanklarni qabul 
qilish va ishlatish bo’yicha hisobot berib turadi va ular tomonidan qabul 
qilingan har bir qat’iy hisobdagi blankning ishlatilishi uchun javobgardir.
Hisob beruvchi shaxslarga berilgan qat’iy hisobdagi blankalar 
ularning har bir nomlanish turi uchun alohida ikki nusxada yuritiladigan 
“Qat’iy hisobdagi blankalarni olish - nazorat qilish varag’i”da nazorat 
qilinadi. Bunda olish-nazorat qilish varaqlari ikki nusxada to’ldiriladi va 
ulardan bittasi qat’iy hisobdagi blanklarni hisobga olish jurnalida imzo 
chekilgan holda hisob beruvchi shaxsga, ikkinchisi mas’ul shaxs 
tomonidan buxgalteriyaga topshiriladi. Olish-nazorat qilish varag’ining 
yuqoridagi chap burchagida varaq berilgan sana, korxona rahbari yoki u 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlagan shaxslar imzosi, 
korxona muhri qo’yiladi.
Hisob beruvchi shaxs olish-nazorat qilish varag’ini qat’iy hisobdagi 
blanklarni to’g’ri ishlatish bo’yicha nazoratni amalga oshiradigan shaxsga 
taqdim etadi. Avval berilgan qat’iy hisobdagi blanklarning ishlatilganligi 
va blanklarning keyingi turkumini berish lozimligi to’g’risidagi 
ma’lumotlar to’g’ri to’ldirilganligini tekshirib, nazorat qiluvchi shaxs 
varaqning tegishli satrida imzo chekadi.
Qat’iy 
hisobdagi 
blanklarning 
inventarlanishi 
O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999 yil 19 oktyabrda EG/17-
19-2075-son bilan tasdiqlangan “Inventarlashni tashkil etish va o’tkazish” 
19-son O’zbekiston Respublikasi Buxgaltariya hisobi milliy standartida 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi
33
.
Qat’iy hisobdagi blanklarda o’chirish va tuzatishlar aniqlangan 
hollarda hamda qat’iy hisobdagi blanklarni to’ldirish va ishlatish bo’yicha 
belgilangan tartibning boshqa buzilishlari holatida mas’ul shaxsga 
nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko’riladi.
33
Qat’iy hisobdagi blanklarning yo’qotilishi va kamomadini hisobga olish Adliya vazirligida 23.07.2001 y., 1054-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan 
va Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001 yil 20 iyundagi 56, 2001-38, 4/1-son 
qarori bilan tasdiqlangan Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish 
tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 


172 


173 
Qat’iy hisobdagi blanklar 1090 – “Boshqa materiallar”ni hisobga 
olish schyotidan xarajatlarni hisobga olish schyotiga ularni hisob 
beruvchi shaxslarga berishga qarab hisobdan chiqarib boriladi va 006 - 
"Qat’iy hisobda turuvchi blanklar" balansdan tashqari hisobvarag’iga 
kirim qilinadi. 
Qat’iy hisobdagi blanklar 006 - "Qat’iy hisobda turuvchi blanklar" 
nomli balansdan tashqari schyotidan, hisob beruvchi shaxslarning 
ishlatilgan qat’iy hisobdagi blanklar uchun hisobot berishiga qarab 
hisobdan chiqarib boriladi. 
Qat’iy hisobdagi blanklarning balansdan tashqari hisobi ularning 
qiymati, miqdori va nominal bo’yicha ularning umumiy hisob summasi 
bo’yicha yuritiladi. Qat’iy hisobdagi blanklarning qiymati mavjud 
bo’lmaganda, ular haqiqiy sotib olish qiymati bo’yicha hisobga olinadi.
Nuqsonli, to’ldirish paytida shikast yetkazilgan, eskirgan, 
zararlangan hamda almashtirilgan qat’iy hisobdagi blanklar korxona 
buxgalteriyasiga topshiriladi va shu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi. 
Nuqsonli, to’ldirish paytida shikast yetkazilgan, eskirgan, 
zararlangan hamda almashtirilgan qat’iy hisobdagi blanklarni yo’q qilish 
zarurat tug’ilganda, buning uchun maxsus tayinlangan komissiya 
tomonidan, yo’q qilish to’g’risidagi dalolatnoma tuzilgan holda, lekin bir 
yilda ko’pi bilan bir marotaba amalga oshiriladi. 
Kassa hisoboti (qaydnoma, reestr)ga ilova qilinadigan, buzilgan yoki 
noto’g’ri to’ldirilgan blanklar yo’q qilinmaydi, balki ustiga chizib 
qo’yiladi va ular yozilgan kunning o’zida kassa hisoboti (qaydnoma, 
reestr)ga ilova qilinadi. 
Qat’iy hisobdagi blanklarni belgilangan muddat mobaynida saqlash 
bo’yicha javobgarlik korxona rahbariga yoki u qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda tayinlagan shaxslarga yuklanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin