182
‘q.. (agar, davosi bo‘lsa, e’tirozini yozadi)”
degan mazmundagi tilxatga
‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat qilish maqsadida, inventarizatsiya o‘tkazilgan
‘tkazadilar.Nazorat
tekshiruvi
natijalari
dalolatnoma
bilan
‘yxatdan o‘tkaziladi.
‘yxatga olish uchun korxonalarda tekshirish va saralab qayta ro‘yxatga
‘rtasida moddiy qiymatliklarning butligi, ularni saqlash qoidalarining va
‘rnatilgan boshlang’ich hisob yuritish tartibining bajarilishi ustidan
Inventarizatsiya
moddiy
javobgar
shaxslar
almashayotganda
o’tkazilayotgan bo‘lsa, ro‘yxatga olish ro‘yxatida moddiy qiymatliklarni
‘zining javobgarligiga olganligi, topshirgan shaxslar esa ularni
‘lmagan, biroq vaqtincha saqlash uchun olingan
moddiy qiymatliklarga
‘yxatlari tuziladi.
‘yxatlari texnik vositalarda yoki qo‘lda to‘ldirilishi mumkin.
‘lda tuziladigan inventarizatsiya ro‘yxatlari chiroyli husnixat bilan, aniq-
‘ldiriladi. Hech qanday o‘chirish va tuzatib yozishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
‘yxatga olish ro‘yxatlarida to‘ldirilmagan satrlar ustiga chizib qo‘yiladi.
Inventarizatsiya tugagandan keyin komissiya a’zolari va moddiy
javobgar shaxs ro‘yxatning oxirigi varag‘iga shu ro‘yxatda nechta moddiy
qiymatlikdan qancha miqdorda borligini yozib imzo chekadilar. Moddiy
javobgar shaxslardan «…hayat a’zolari boyliklarni uning xozirligida
tekshirganini, hayat a’zolariga nisbatan xech qanday da’vosi yo‘qligi va
ro‘yxatda sanalgan boyliklar masuliyatli saqlashga qabul qilinganini
tasdiqlaydigan tilxatga…» oladilar va ro‘yxatni
buxgalteriyaga
topshiradilar.
Korxona buxgalteriyasida inventarizatsiya ma’lumotlari mantiqan va
arifmetik usul bilan tekshirib ko‘riladi. Baholarda, summalarni chiqarishda
yo‘l qo‘yilgan arifmetik xatoliklar to‘g‘rilanadi va bu haqda komissiyaning
hamma a’zolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekadi. Inventarizatsiya
ro‘yxatining oxirgi betida baholar va summalarning to‘g‘riligi tekshirgan
buxgalteriya xodimi bu haqidagi yozuvni amalga oshirib imzo chekadi.
Shundan keyin inventarizatsiya natijalarini aniqlash uchun taqqoslash
183
vedomosti tuziladi. Unda hisob ma’lumotlari bilan qayta ro‘yxatga olish
ro‘yxati ma’lumotlari o‘rtasida aniqlangan farqlar qayd qilinadi.
Inventarlash va boshqa tekshirishlar paytida aniqlangan boyliklarning
haqiqatda mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan
farqlari
quyidagicha tartibga solinadi:
1. Ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy boyliklar, pul
mablag’lari va boshqa mol-mulk kirim qilinishi va tegishlicha xo’jalik
yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga yo’naltiriladi va
keyinchalik ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar aniqlanadi:
D-t – 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 -
“Tayyor
mahsulotlar” va boshqa qiymatliklarir hisobga olinadigan
schyotlar
K-t – 9710 - “Favqulodda foydalar” schyoti;
2. Belgilangan me’yorlar doirasida boyliklarning yo’qolishi xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar rahbarlarining farmoyishiga ko’ra ishlab chiqarish
va muomala chiqimlari hisobdan o’chiriladi (yo’qolish me’yorlari
haqiqatda kamomad aniqlangan taqdirdagina qo’llani). Bunda
belgilangan me’yorlar doirasida boyliklarning yo’qolishi
boyliklar
kamomadi qayta navlarga ajratishdagi ortiqcha mol bilan hisobga olgach
belgilanishiga e’tibor beriladi. Agar belgilangan tartibda o’tkazilgan
qayta navlarga ajratish bo’yicha hisobga olingandan keyin ham boyliklar
kamomadi mavjud bo’lsa, tabiiy yo’qolish me’yorlari kamomad
aniqlangan boyliklar nomi bo’yicha qo’llaniladi. Tasdiqlangan me’yorlar
bo’lmagan taqdirda yo’qolish me’yorlardan ortiqcha kamomad sifatida
qaraladi:
D-t - 9400 “Davr xarajatlari”
K-t – 1000 “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 “Tayyor
mahsulotlar”;
3. Yo’qolish me’yorlaridan ortiqcha boyliklar kamomadi,
shuningdek, boyliklar buzilishidan ko’rilgan talafotlar aybdor shaxslarga
yuklanadi
35
:
D-t - 4730 - “Xodimlarni moddiy zararlarni qoplashi bo‘yicha
qarzlari”
35
Suiiste’molliklar oqibati bo’lgan kamomad va talafotlar aniqlanganda tegishli materiallar kamomad va
talafotlar aniqlangandan so’ng 5 kun davomida tergov organlariga berilishi kerak, aniqlangan kamomad va talafotlar
summasiga esa fuqarolik da’vosi taqdim etiladi.
184
K-t - 1000 “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800
“Tayyor mahsulotlar”;
4. Boyliklarning yo’qolish va boyliklar buzilishi tufayli talafotlar
me’yorlaridan
ortiqcha kamomadi, kamomad va buzilishlarning aniq
aybdorlari aniqlanmagan hollarda, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab
chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi to’g’risidagi nizomga muvofiq
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ishlab chiqarish va muomala
chiqimlariga hisobdan chiqarilishi yoki byudjet tashkilotida moliyalashni
(fondlarni) kamaytirishga qayd etiladi.
D-t - 9400 “Davr xarajatlari”
K-t – 1000 “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800
“Tayyor mahsulotlar”;
5. Kamomatlar undirib olinganda:
D-t – 5000 - “Kassadagi pul mablag‘lari” schyoti
K-t – 4730 - “Xodimlarni moddiy zararlarni qoplashi bo‘yicha
qarzlari” schyoti.
Qayta
navlarga
ajratish
natijasida
ortiqcha
chiqish
va
kamomadlarning o’zaro hisobga olinishiga birgina
tekshirilayotgan davr
uchun, birgina tekshirilayotgan shaxsda, birgina nomdagi tovar-moddiy
boyliklarga nisbatan va ishonchli shaxs ruxsatiga ko’ra aynan bir xil
miqdorlarda istisno tarzida yo’l qo’yiladi. Bunda yo’l qo’yilgan qayta
navlarga ajratish to’g’risida moddiy javobgar shaxslar ishonchli shaxsga
batafsil tushuntirish taqdim etadilar. Moddiy javobgar shaxslar aybi
bo’lmagan holda qayta navlarga ajratishda hosil bo’lgan
qiymatdagi
kamomad farqiga inventarlash bayonnomalarida bunday farq aybdor
shaxslarga kiritilmasligi xususida komissiya mufassal tushuntirish
berilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: