I. Булим. Бухгалтерия хисоби



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

XARAJATLAR 
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlarni hisobga olishning 
navbatdagi kompleks moddalari 1.1, 1.2., 1.3, 1.4-bandlarda keltirilgan 
xarajatlar elementlari bo‘yicha ajratiladi. 
1.5.1. Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatish xarajatlari. 
1.5.1.1. Ishlab chiqarishni xom ashyo, materiallar, yonilg‘i, energiya, 
instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan 
ta’minlash xarajatlari. 
1.5.1.2. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash 
xarajatlari (texnik ko‘rik va qarov, o‘rtacha, joriy va mukammal tuzatish 
xarajatlari). Asosiy ishlab chiqarish vositalarini barcha turda (joriy, 
o‘rtacha, mukammal) tuzatishlarni xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z 
kuchi bilan o‘tkazish ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlari 
(moddiy xarajatlar, mehnat haqi to‘lash xarajatlari va boshqalar) bo‘yicha 
mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. 
Zarurat bo‘lganda, ayrim tarmoqlarning xo‘jalik yurituvchi 
subyektlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan 
mukammal tuzatish ishlarini o‘tkazish uchun mablag‘lar zahirasini tashkil 
qilishlari mumkin. Ushbu zahiraga ajratmalar "Ishlab chiqarish tusidagi 
boshqa xarajatlar" elementi tarkibida aks ettiriladi va ko‘zda tutilayotgan 
xarajatlar qiymati hamda asosiy vositalar har bir obyektini mukammal 
tuzatishlarning davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Zahiraga 
ajratmalar normasi har bir hisobot yili oxirida qayta ko‘rib chiqiladi va 
zarurat bo‘lganda yangi moliya yili uchun ajratmalar miqdori 


311 
ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Agar mukammal tuzatishga 
zahira mablag‘lari summasi ushbu obyektni tuzatishga qilingan haqiqiy 
xarajatlar summasidan oshib ketsa, oshib ketgan summa bo‘yicha tuzatish 
kiritilishi kerak; agar haqiqiy xarajatlar zahiradagidan oshib ketsa, u 
holda oshib ketgan summa "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" 
elementi tarkibida aks ettiriladi. 
1.5.1.3. Yong‘indan saqlash va qo‘riqlashni hamda xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning texnikaviy foydalanish qoidalari bilan nazarda 
tutilgan boshqa maxsus talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat 
qilish xarajatlari. 
Idoradan tashqari qo‘riqlash xarajatlari bunday qo‘riqlash mavjud 
bo‘lishini talab qiluvchi mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar 
mavjud bo‘lgan taqdirda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritilishi 
mumkin. 
1.5.1.4. Ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarni 
joriy ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar. 
1.5.1.5. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash 
va ulardan foydalanish xarajatlari, shu jumladan atrof tabiiy muhit 
ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya 
to‘lovlari. (O‘zR VM 16.06.2003 y. 270-son Qarori tahriridagi band), 
(Oldingi tahririga qarang) 
1.5.1.6. Ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan va qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatning normal sharoitlarini va texnika 
xavfsizligini ta’minlash xarajatlari. 
1.5.1.7. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita 
qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lgan sog‘liqni muhofaza qilish tadbirlari. 
1.5.1.8. Tekin ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, 
ayrim tarmoqlar xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, xo‘jalik yurituvchi 
subyekt xodimlariga beriladigan tekin uy-joy haqini to‘lash xarajatlari 
(yoki 
uy-joy, 
kommunal 
xizmatlar 
va 
boshqalar 
uchun 
pul 
kompensatsiyasi summasi). 
1.5.1.9. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va 
shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan
formali kiyim-bosh, maxsus ovqatlar) (yoki ular pasaytirilgan narxlar 
bo‘yicha sotilishi munosabati bilan imtiyozlar summasi); 
1.5.1.10. Ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan boshqaruvning 
texnik 
vositalarini, 
aloqa 
uzellarini, 
signalizatsiya 
vositalarini, 


312 
boshqaruvning boshqa texnik vositalarini, hisoblash markazlarini saqlash 
va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari; 
1.5.1.11. Qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishda band 
bo‘lgan xodimlarni tabiiy ko‘rikdan o‘tkazganlik uchun tibbiy 
muassasalarga haq to‘lash. 
1.5.2. Ishlab chiqarish xodimlarini ishlab chiqarish jarayoniga 
tegishli bo‘lgan xizmat safarlariga yuborish bo‘yicha xarajatlar. (O‘zR 
VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi band) 
1.5.3. Ishlab chiqarish xodimlarini va ishlab chiqarish aktivlarini 
majburiy va ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari. (O‘zR VM 15.10.2003 y. 
444-son Qarori tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang) 
1.5.4. Brak tufayli kelib chiqadigan yo‘qotishlar. 
1.5.5. Ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko‘ra bekor turishlar 
tufayli yo‘qotishlar. 
1.5.6. Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli 
tuzatish va ularga kafolatli xizmat ko‘rsatish xarajatlari. 
1.5.7. Mahsulot (xizmatlar)ning majburiy sertifikatsiya qilish 
xarajatlari. 
1.5.8. Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo‘qolishi 
munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va 
qarorlarisiz to‘lanadigan nafaqalar. 
1.5.9. Umumiy foydalaniladigan yo‘lovchilar transporti xizmat 
ko‘rsatmaydigan yo‘nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib 
kelish bilan bog‘liq xarajatlar. 
1.5.10. Obyektlarni davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga qurishda 
qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish bilan bog‘liq xarajatlar. (O‘zR 
VM 11.06.2003 y. 261-son Qarori tahriridagi band) 
1.5.11. Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini 
hisobdan chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar, ishlab chiqarish maqsadida 
bo‘lmagan mol-mulk yuzasidan belgilangan tartibda. (O‘zR VM 
15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi band) 
1.5.12. Qazib oluvchi tarmoqlarda tayyorgarlik ishlari bo‘yicha 
xarajatlar, agar ular kapital xarajatlarga tegishli bo‘lmasa (ya’ni asosiy 
vositalar sifatida kapitallashtirilmasa). Ushbu xarajatlar "Kelgusi davrlar 
xarajatlari" sifatida qaraladi va ularni qaytarishning belgilangan muddati 
mobaynida teng ravishda ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib olingan 
mahsulotning hajmi va miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan 
chiqariladi. Kelgusi davrlar xarajatlarini hisobdan chiqarishning 


313 
tanlangan metodi xo‘jalik yurituvchi subyektning hisobga olish siyosatida 
aks ettirilishi kerak. (O‘zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi 
band) 
1.5.13. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan xodimlarga 
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari 
to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibga 
muvofiq. (O‘zR VM 17.02.2010 y. 22-son Qarori tahriridagi kichik band) 
(Oldingi tahririga qarang) 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin