316
2.2.9. Ma’muriy ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy vositalarni saqlash
va ularni tuzatish, shuningdek, eskirish (amortizatsiya) xarajatlari.
2.2.10. Yuqori tashkilotlar va yuridik shaxslar birlashmalari:
vazirliklar, idoralar,
uyushmalar, konsernlar va boshqalar xarajatlariga
ajratmalar.
2.2.11. Xodimlarni va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq
bo‘lmagan mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari.
(O‘zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi band), (Oldingi
tahririga qarang)
2.2.12. Boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish bo‘yicha
xarajatlar. (O‘zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi band)
2.2.13. Miqdordagi vakillik xarajatlari. (O‘zR VM 15.10.2003 y.
444-son Qarori tahriridagi band)
2.2.14. Umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalarga binolarni
tekin berish va kommunal xizmatlar qiymatiga haq to‘lash xarajatlari.
2.2.15. Bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lmagan,
tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega bo‘lgan jamg‘armalarni saqlash
va ulardan foydalanish bilan bog‘liq joriy xarajatlar, tabiiy atrof muhitni
ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik
uchun kompensatsiya
to‘lovlari. (O‘zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi band)
2.2.16. Xizmatlar qiymatini to‘lash hamda investitsiya aktivlarining
ishonchli boshqaruvchilari, davlatning ishonchli vakillari va ishonchli
boshqaruvchilarning mukofotlari bo‘yicha xarajatlar. (O‘zR VM
02.10.2008 y. 221-son Qarori tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang)
2.2.17. Ma’muriy maqsadlar uchun foydalaniladigan inventarlar va
xo‘jalik anjomlari qiymatini hisobdan chiqarish bo‘yicha
xarajatlar
hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda
saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar. (O‘zR Prezidentining
18.12.2006 y. PQ-532-son Qarori tahriridagi band)
Dostları ilə paylaş: