I. Булим. Бухгалтерия хисоби


MOLIYAVIY FAOLIYAT BO‘YICHA XARAJATLAR



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

MOLIYAVIY FAOLIYAT BO‘YICHA XARAJATLAR 
1.44. To‘lov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha 
foizlar. (O‘zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi band), 
(Oldingi tahririga qarang) 
1.45 Qimmatli qog‘ozlar qiymatini muddatidan oldin to‘lash 
munosabati bilan vujudga kelgan diskont, agar u byudjetdan qarzlarni 
to‘lash bilan bog‘liq bo‘lmasa. 
TOVAR-MODDIY ZAHIRALARNI QAYTA BAHOLASH
BILAN BOG‘LIQ XARAJATLAR MODDALARI
1.46. Qayta baholashni o‘tkazish chog‘ida paydo bo‘ladigan 
moliyaviy hisobotlarni tayyorlash maqsadida, inflyatsiya jarayonlarini 
hisobga olish uchun tovar-moddiy zahiralar qiymatining ortishi qayta 
baholash zahira schyotiga kredit qilinadi va xo‘jalik yurituvchi subyekt 
foydasi tarkibida ko‘rsatilmaydi. Biroq soliq solinadigan bazani baholash 
maqsadida qiymatning bunday oshirilishi teskari tartibda ushbu ilovaga 
muvofiq balans foydaga qo‘shiladi. 
2.1. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI BO‘YICHA: 
2.1.1. Amalda bajarilgan ishlar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektda 
qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlariga, shu 
jumladan mehnat unumdorligini hisobga olish bo‘yicha boshlang‘ich 
hujjatlarda nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlarga 
muvofiq ishbay baholar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib 
chiqqan holda ishlab chiqarish tusidagi hisoblab yozilgan ish haqi. 
2.1.2. Kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va 
maoshlarga ustamalar. 
2.1.3. Ish tartibi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan 
kompensatsiya tusidagi to‘lovlar, shu jumladan: 


332 
2.1.3.1. Texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan, tungi vaqtda, 
belgilangan vaqtdan tashqari, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) 
kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustama 
va qo‘shimcha haqlar. 
2.1.3.2. Ko‘p smenali tartibda ishlaganlik, kasblarni qo‘shib 
bajarganlik va xizmat ko‘rsatish tegrasini kengaytirganlik uchun 
ustamalar. 
2.1.3.3. Hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati 
bo‘yicha og‘ir, zararli, o‘ta zararli mehnat sharoitlarida va tabiiy-iqlim 
sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushbu 
sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar. 
2.1.3.4. Aloqa, temir yo‘l, daryo, avtomobil transporti va tosh yo‘llar 
xodimlari hamda doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan yoki qatnov tusida bo‘lgan 
boshqa xodimlar ish haqiga, yo‘lda o‘tadigan har bir sutka uchun, xo‘jalik 
yurituvchi subyekt joylashgan joydan jo‘nab ketgan vaqtidan u yerga 
qaytib kelgan vaqtigacha to‘lanadigan ustamalar. 
2.1.3.5. Qurilishda, rekonstruksiya qilishda va to‘liq ta’mirlashda 
bevosita band bo‘lgan xodimlar uchun, shuningdek qonunchilikda 
nazarda tutilgan hollarda ishlar vaxta usulida bajarilganda, ishlarning 
ko‘chma va qatnov tusidaligi uchun ustamalar. 
2.1.3.6. Yer osti ishlari bilan doimiy band bo‘lgan xodimlarga, 
ularning shaxtada (konda) ish joyiga jo‘nab ketishlaridan va orqaga 
qaytishlarigacha o‘tadigan normativ vaqt uchun qo‘shimcha haq. 
2.1.3.7. Mehnatga haq to‘lashning rayonlar bo‘yicha tartibga 
solinishiga, shu jumladan rayon koeffitsiyentlari hamda amaldagi 
qonunchilikka muvofiq cho‘l, suvsiz va yuqori tog‘ joylarida ishlaganlik 
uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan to‘lovlar. 
2.1.3.8. Xo‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joy (to‘planish 
punkti)dan ish joyiga va orqaga qaytadigan yo‘lda o‘tadigan kunlar uchun 
vaxta usulida ishlash jadvalida nazarda tutilgan yo‘lda bo‘lingan kunlar 
uchun, shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlari bo‘yicha va 
transport tashkilotlarining aybi bilan yo‘lda tutilib qolingan kunlar uchun 
tarif stavkasi, oklad miqdorida to‘lanadigan summalar (ishlar vaxta 
usulida bajarilganda). 
2.1.4. Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlab hisobga 
olingan taqdirda va qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda 
xodimlarga ish vaqtining normal davom etish muddatidan ortiqcha 
ishlaganlik munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari (ish vaqtidan 


333 
tashqari ishlaganlik uchun beriladigan dam olish kunlari) uchun haq 
to‘lash. 
2.1.5. Ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash. 
2.1.5.1. Amaldagi qonunchilikka muvofiq navbatdagi (har yilgi) va 
qo‘shimcha ta’tillar, foydalanilmagan navbatdagi (har yilgi) ta’tillar va 
qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiya, o‘smirlarning imtiyozli 
soatlari, onalarning chaqaloqni ovqatlantirish uchun ishdagi tanaffuslari
shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash. 
2.1.5.2. Asosiy ish haqi qisman saqlanib qolgan holda majburiy 
ta’tilda bo‘lgan xodimlarga to‘lovlar. 
2.1.6. Davlat vazifalarini (harbiy yig‘inlar, favqulodda vaziyatlar 
bo‘yicha yig‘inlar va hokazo) bajarganlik uchun mehnat haqi to‘lash. 
2.1.7. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan xodimlar 
mehnatiga haq to‘lash jamg‘armasiga belgilangan tartibga muvofiq 
kiritiladigan boshqa xil to‘lovlar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin