118
1.
Xo‘jalik jarayonlarini qayd qilish tartiblarini birligini ta’minlash
maqsadida.
2.
Alohida korxonalarni, tashkilotlarni, xo‘jaliklarni faoliyatini hisobga
olish uchun zarur bo‘lgan schyotlar ro‘yxatini va ularni o‘xshash
turdagi guruhlarini aniqlash (belgilash) uchun.
3.
Analitik hisob schyotlarini tashkil qilish uchun.
4.
Yig‘ma ma’lumotlarni olish uchun.
33. Schyotlar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra qanday guruhlarga
bo‘linadi?
1.
Mablag‘lar hisobga olinadigan schyotlar, xo‘jalik jarayonlarini va
ularning natijalarini hisobga olish uchun belgilangan schyotlar.
2.
Mablag‘lar hisobga olinadigan schyotlar, mablag‘larni tashkil bo‘lish
manbaalari hisobga olinadigan schyotlar, xo‘jalik jarayonlarini va
ularning natijalarini hisobga olish uchun belgilangan schyotlar.
3.
Nazorat qiluvchi schyotlar, asosiy schyotlar, xo‘jalik jarayonlari va
ularni natijalari hisobga olinadigan schyotlar.
4.
To‘g‘ri javob berilmagan;
34.Nima uchun schyotlarni tayinlanishi va tuzilishi bo‘yicha
guruhlarga ajratish talab etiladi?
1.
Schyotlar bo‘yicha debet va kredit oborotlarini taqqoslash uchun.
2.
Schyotlarda obyektlar qanday hisobga olinishini bilish uchun.
3.
Ishda qulaylik yaratish uchun.
4.
Schyotlarning nima uchun xizmat qilishi hamda ularning debet, kredit
oborotlari va hisobot davrining oxiriga qoldiqlari qanday mazmunga
ega ekanligini bilish uchun.
Dostları ilə paylaş: