I. Булим. Бухгалтерия хисоби


-modda. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

2-modda. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va 
boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. 


279 
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida 
O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hu-
jjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, 
xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 
3-modda. Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari 
Uzluksizlik, ishonchlilik, ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi 
buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplaridir. 
4-modda. Buxgalteriya hisobi 
Buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit
uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axbo-
rotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimi-
dan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan 
iboratdir. 
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining 
kamida ikkita schyotida bir vaqtda va o‘zaro bog‘liq holda pulda baholab 
aks ettirish yo‘li bilan ikki yoqlama yozuv usulida yuritiladi. 
5-modda. Buxgalteriya axboroti 
Buxgalteriya axboroti boshlang‘ich hisob hujjatlariga asoslangan, 
buxgalteriya hisobi registrlarida, moliyaviy hisobotlarda, tushuntirishlar-
da hamda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bilan bog‘liq 
boshqa hujjatlarda aks ettiriladigan buxgalteriya hisobi obyektlari 
haqidagi qayta ishlangan ma’lumotlardir. 
6-modda. Buxgalteriya hisobi subyektlari 
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respu-
blikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston 
Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho‘ba korx-
onalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgal-
teriya hisobi subyektlaridir. 
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchi shaxslar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, 
shuningdek chet el yuridik shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi 
hududidagi vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob yuritadi hamda hisobot 
taqdim etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin