I. Булим. Бухгалтерия хисоби



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
 
 


280 
7-modda. Buxgalteriya hisobi obyektlari 
Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar, xa-
rajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik oper-
atsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. 
Buxgalteriya hisobi obyektlari sintetik va analitik hisoblarda yuri-
tiladi. 
8-modda. Sintetik va analitik hisob 
Sintetik hisob qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda buxgalter-
iya hisobi obyektlari haqidagi ma’lumotlarni muayyan iqtisodiy belgilari 
bo‘yicha umumlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Analitik hisob buxgalteriya hisobi obyektlari haqidagi batafsil 
buxgalteriya axborotini shakllantirish maqsadida buxgalteriya hisobining 
subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan tartibda yuritiladi. 
9-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish 
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, buxgal-
teriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga yuklatiladi. 
Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi 
standartlari, shu jumladan kichik tadbirkorlik subyektlari uchun sodda-
lashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi. 
Byudjet 
tashkilotlarining 
hamda 
davlat 
maqsadli 
jamg‘armalarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini tartibga 
solish byudjet hisobi standartlari hamda boshqa qonun hujjatlari asosida 
amalga oshiriladi. 
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi 
hamda hisobotini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
10-modda. Buxgalteriya hisobi standartlari 
Buxgalteriya hisobi standartlari buxgalteriya hisobini yuritish va 
moliyaviy hisobotni tuzishga doir minimal talablarni belgilaydi. 
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari buxgalteriya hisobini 
tashkil etish, yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir maxsus tal-
ablarni belgilaydi. 
Buxgalteriya hisobi subyektlari moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘llashi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin