282
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteri-
ya hisobi subyektining (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan
mustasno) buxgalteriya hisobi xizmati rahbari quyidagi talablarga javob
berishi kerak:
oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda, oxirgi besh kalen-
dar yildan kamida uch yili, noiqtisodiy oliy ma’lumotga ega bo‘lgan
taqdirda esa, oxirgi o‘n kalendar yildan kamida yetti yili buxgalteriya
hisobini yuritish yoki moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoli-
yati bilan bog‘liq ish stajiga ega bo‘lish.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteri-
ya hisobi subyektining rahbari buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining
har yili malaka oshirishdan o‘tishini ta’minlashi shart.
Ushbu modda beshinchi va oltinchi qismlarining talablari majburiy
auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi subyek-
tining rahbari buxgalteriya hisobini yuritishni shartnoma asosida zim-
masiga yuklagan ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimiga nisbatan ham tat-
biq etiladi.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati
cheklangan deb topilgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan
shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bo‘lishi mumkin emas.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi
xizmati rahbarlariga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: