I. Булим. Бухгалтерия хисоби



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

13-modda. Imzo huquqi 
Pul, tovar-moddiy boyliklarni va boshqa boyliklarni qabul qilish 
hamda berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, kredit va 
hisob-kitob majburiyatlari, shuningdek moliyaviy va boshqa hisobotlar 
buxgalteriya hisobi subyektining rahbari tomonidan yoki u belgilaydigan 
shaxslar tomonidan imzolanadi. 
Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari imzolash huquqiga ega 
bo‘lgan shaxslarning ikkita ro‘yxatini tasdiqlaydi. Birinchi ro‘yxatga 
buxgalteriya hisobi subyektida rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi 
shaxslar, ikkinchisiga esa, buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish 
vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar kiradi. Agar buxgalteriya hisobi 
subyekti rahbari buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini 


283 
o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, u holda har ikkala ro‘yxatda ham o‘zini 
ko‘rsatadi. 
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning im-
zosi mavjud bo‘lmagan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. 
14-modda. Boshlang‘ich hisob hujjatlari 
Operatsiyalar amalga oshirilganligini qayd etuvchi boshlang‘ich 
hisob hujjatlari va ularni o‘tkazishga doir farmoyishlar xo‘jalik oper-
atsiyalarining buxgalteriya hisobi uchun asos bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar tomonidan savdo va servis sohasida olinadigan tovarlar (ishlar, 
xizmatlar) haqi bank korporativ plastik kartalaridan foydalangan holda 
to‘langanida to‘lov terminallarining cheklari ham boshlang‘ich hisob hu-
jjatlari deb tan olinadi. 
Boshlang‘ich hisob hujjatlari xo‘jalik operatsiyalari amalga oshiri-
layotgan paytda yoki operatsiyalar amalga oshirib bo‘linganidan keyin 
tuziladi. 
Hisobot davriga tegishli bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari, agar ular 
amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo‘lsa, tegishli 
boshlang‘ich hujjat rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. 
Boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagi-
lardir: 
-buxgalteriya hisobi subyektining nomi; 
-hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy; 
-xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va o‘lchov birliklari 
ko‘rsatilgan miqdor o‘lchovi (natura va pulda ifodalangan holda); 
-xo‘jalik operatsiyasini bajargan shaxslarning (shaxsning) identif-
ikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan familiyasi hamda ismi va otasi ismin-
ing bosh harflari yoxud boshqa rekvizitlari ko‘rsatilgan holda lavozimlari 
nomi va imzolari. 
Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar 
ularning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va ishonchli tuzilishi, shuningdek buxgalteri-
ya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirilishiga 
javobgardir. 
Boshlang‘ich hisob hujjatlari elektron hujjat tarzida tuzilishi va 
taqdim etilishi mumkin. 
Boshlang‘ich hisob hujjatlariga xo‘jalik operatsiyasi ishtirokchilari 
tomonidan tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Bank va kassa-pul hujjatlarida tuzatishlar hamda o‘chirib yozishlarga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 


284 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin