283
o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, u holda har ikkala ro‘yxatda ham o‘zini
ko‘rsatadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning im-
zosi mavjud bo‘lmagan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
14-modda. Boshlang‘ich hisob hujjatlari
Operatsiyalar amalga oshirilganligini qayd etuvchi boshlang‘ich
hisob hujjatlari va ularni o‘tkazishga doir farmoyishlar xo‘jalik oper-
atsiyalarining buxgalteriya hisobi uchun asos bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi
subyektlar tomonidan savdo va servis sohasida olinadigan tovarlar (ishlar,
xizmatlar) haqi bank korporativ plastik kartalaridan foydalangan holda
to‘langanida to‘lov terminallarining cheklari ham boshlang‘ich hisob hu-
jjatlari deb tan olinadi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlari xo‘jalik operatsiyalari amalga oshiri-
layotgan paytda yoki operatsiyalar amalga oshirib bo‘linganidan
keyin
tuziladi.
Hisobot davriga tegishli bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari, agar ular
amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo‘lsa,
tegishli
boshlang‘ich hujjat rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagi-
lardir:
-buxgalteriya hisobi subyektining nomi;
-hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy;
-xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va o‘lchov
birliklari
ko‘rsatilgan miqdor o‘lchovi (natura va pulda ifodalangan holda);
-xo‘jalik operatsiyasini bajargan shaxslarning (shaxsning) identif-
ikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan familiyasi hamda ismi va otasi ismin-
ing bosh harflari yoxud boshqa rekvizitlari ko‘rsatilgan holda lavozimlari
nomi va imzolari.
Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar
ularning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va ishonchli tuzilishi, shuningdek buxgalteri-
ya hisobida aks ettirish uchun belgilangan
muddatlarda topshirilishiga
javobgardir.
Boshlang‘ich hisob hujjatlari elektron hujjat tarzida tuzilishi va
taqdim etilishi mumkin.
Boshlang‘ich hisob hujjatlariga xo‘jalik operatsiyasi ishtirokchilari
tomonidan tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bank va kassa-pul hujjatlarida tuzatishlar hamda o‘chirib yozishlarga yo‘l
qo‘yilmaydi.