287
izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan
moliyaviy hisobotga doir
talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi subyekti moliyaviy hisobotni tuzishda mus-
taqil balansga ajratilgan o‘z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa
tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot
shakllarini kiritishi kerak.
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan
tuziladi.
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisoboti byudjet to‘g‘risidagi
qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va taqdim etiladi.
Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O‘zbekiston
Respu-
blikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy hisobotining tar-
kibi hamda mazmuni O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomoni-
dan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: