288
Agar yuridik shaxs (byudjet tashkilotlaridan tashqari) 1 oktabrdan
keyin ro‘yxatga olingan bo‘lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31
dekabrida tugaydi.
Ro‘yxatdan o‘tilguniga yoki yuridik shaxs huquqi olinguniga qadar
amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bi-
rinchi hisobot yilining moliyaviy hisobotiga kiritiladi.
25-modda. Moliyaviy hisobotni taqdim etish
Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:
davlat soliq xizmati organlariga;
ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;
davlat statistika organlariga;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.
Moliyaviy hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilishi mumkin.
Moliyaviy hisobot yilning har choragida taqdim etiladi.
Kichik
korxonalar va mikrofirmalar buxgalteriya balansidan hamda moliyaviy
natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan iborat faqat
yillik moliyaviy hisobotni
taqdim etadi.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respu-
blikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan buxgal-
teriya hisobining ayrim subyektlari uchun moliyaviy hisobotni taqdim et-
ishning boshqa muddatlari belgilanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: